Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Byudjet chetlanishlarining muhimlik darajasi mezonlari
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
Byudjet chetlanishlarining muhimlik darajasi mezonlari
9-jadval T/r Chetlanishlarni yo„l qo„yish mumkin bo„lgan darajasi Chetlanish darajasi 1. Chetlanishlarni to‗liq yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan darajasi 1 2. Chetlanishlarni eng kam miqdorda yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan darajasi 2 3. Chetlanishlarni o‗rtacha miqdorda yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan darajasi 3 4. Chetlanishlarni yuqori miqdorda yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan darajasi 4 5. Chetlanishlarni yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lmagan darajasi 5 162 Shuni ham e'tirof etish lozimki, chetlanishlarning sabablarini turkumlash muhim ahamiyatga ega. Chunki turkumlash ularni guruhlash va qarorlar qabul qilishning axborot bazasi sifatida ishlatish imkoniyatini beradi. Muhimlilik darajasi va chetlanishlar bo„yicha boshqaruv tadbirlarining asosiy mezonlari 10 - jadval T/r Ko„rsatkichlar Tadbirlarning nomi 1. Chetlanishlarni to‗liq yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan darajasi Bunday holat odatda an'anaviy hol hisoblanadi 2. Chetlanishlarni eng kam miqdorda yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan darajasi Chetlanishlarni retrospektiv tahlilini o‗tkazish va ularni sodir bo‗lishini takrorlanishini baholash. Takrorlanish ko‗rsatkichi yuqori bo‗lganda ularga te-gishli tuzatishlar kiritish bo‗yicha kerakli qarorlar qabul qilish 3. Chetlanishlarni o‗rtacha miqdorda yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan darajasi Chetlanishlarni yuzaga kelish sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish bo‗yicha tegishli tadbirlarni ishlab chi-qish, jumladan xarajatlarning nafligi, ularni me'yoriy bazasi, daromad qismini to‗ldirish tartibi, byudjet verstkasi texnologiyasi, uning bajarilish moni-toringini o‗tkazish tartibi auditini o‗tkazish va h.k. 4. Chetlanishlarni yuqori miqdorda yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan darajasi Chetlanishlarni yuzaga kelish sabablarini tezkor aniqlash, ularni bartaraf etish bo‗yicha tegishli tezkor tadbirlarni ishlab chiqish, jumladan, xarajat va tushumlarni barcha tashuvchilari bo‗yicha inventarizasiya qilish, me'yoriy-ma'lumot beruvchining ma'lumotlari to‗liqligi va aniqligini tezkor tekshirish, byudjet verstkasi sifati va uning bajarilish monitoringini 163 audit qilish va h.k. 5. Chetlanishlarni yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lmagan darajasi Chetlanishlarni yuzaga kelish sabab-larini tezkor aniqlash, byudjetni to‗ldirish manbalari va ularni sarflanish yo‗nalishlarini inventarizasiya qilish, xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarni boshqarish sifati va inqirozga qarshi xarakterdagi choralarni audit qilish. Bizningcha, chetlanishlar sabablarini nafaqat miqdori va qiymati bo‗yicha, balki yuzaga kelish ehtimoli mezonlari, muhimligi, ob'ektiv yoki sub'ektivligi darajasi bo‗yicha ham guruhlarga ajratish lozim. Shuni ta'kidlash kerakki, turli xo‗jalik yurituvchi sub'ektlardagi barcha byudjet chetlanishlarining o‗ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan yagona klassifikatorni ishlab chiqishning imkoni yo‗q. Chetlanishlarni boshqaruv hisobi schyotlari tizimida hisobga olish uchun tadqiqotchi N.A. Yermakova taklif qilgan quyidagi schyotlarni tadqiqot ob'ektida qo‗llash tavsiya qilinadi: 2090 - «Xarajatlar byudjeti bo‗yicha chetlanishlar» cchyoti, 9490 - «Sotish byudjeti bo‗yicha chetlanishlar» schyoti. 2090 - «Xarajatlar byudjeti bo‗yicha chetlanishlar» schyotining kreditida javobgarlik markazlari bo‗yicha rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining umumiy summasi, debetida esa haqiqiy xarajatlar hisobga olinadi. Ushbu schyotning debet va kredit aylanmalarining farqi byudjet chetlanishlari summasini ko‗rsatadi. Ushbu chetlanishlar tegishli balans schyotlariga qo‗shimcha yozuv yoki «qizil storno» usuli orqali hisobdan chiqariladi. Ushbu schyotga qo‗shimcha ravishda javobgarlik markazlarining turlari bo‗yicha analitik schyotlar ochish mumkin. Bunda byudjet xarajatlari xarajat elementlari yoki moddalar kesimida tizimdan tashqarida hisobga olinadi. 164 Sotish byudjeti bo‗yicha chetlanishlarni hisobga olish uchun 9490-«Sotish byudjeti bo‗yicha chetlanishlar» schyoti qo‗llaniladi. Ushbu schyotning debetida byudjet bo‗yicha sotuvdan tushgan tushum, krediti bo‗yicha esa sotuvdan tushgan haqiqiy tushum soliqlarni hisobga olgan holda aks ettiriladi. Debet va kredit aylanmalarining farqi byudjet chetlanishlarining summasini bildiradi. Ushbu chetlanishlar «Sotishlar» schyotiga qo‗shimcha yozuv yoki «qizil storno» usuli bilan hisobdan chiqariladi. Ushbu schyotga mahsulotlar nomenklaturasi va assortiment guruhlari kesimida subschyotlar ochish mumkin. Chetlanishlar bo‗yicha boshqarish natijalarni taqqoslashga asoslangan bo‗lib, uni «To‗g‗ri aloqa orqali nazorat qilish» va «Teskari aloqa orqali nazorat qilish» kabi turlari mavjud. Teskari aloqa orqali nazorat qilish byudjet va haqiqiy natijalarni taqqoslashni nazarda tutadi hamda istiqbolga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Tadqiqotlar hozirgi kun talabi to‗g‗ri aloqa orqali nazorat qilishning umumqabul qilingan tartibiga qo‗shimcha sifatida uzluksiz vaziyat tahlili o‗tkazishni taqozo qilayotganligini ko‗rsatmoqda. Vaziyat tahlili deganda xo‗jalik jarayoni sodir bo‗lgan sharoitda korxona maqsadi va uni asosida hisoblangan maqsadli byudjet ko‗rsatkichlari haqqoniyligini baholash tushuniladi. Byudjetlashtirish–biznesni moliyaviy rejalashtirishning juda muhim va mas'uliyatli tizimi bo‗lganligi sababli unda tegishli teskari aloqa bo‗lishi shart. Teskari aloqa rolini byudjet bajarilishi nazorati bajarishi lozim. Amaliyotda byudjet nazoratining ko‗plab turlaridan foydalaniladi (15-ilova). Ilovani o‗rganish shuni ko‗rsatmoqdaki, byudjet nazorati turlari turlicha maqsadlar va amalga oshirish shakllariga ega, biroq ular uyg‗unlikda va o‗zaro hamkorlikda amalga oshiriladi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, byudjet siklini yakuniy bosqichi bo‗lib, yig‗ma byudjet bajarilishi tahlilini o‗tkazish hisoblanadi va u ba'zan reja-fakt tahlili deb ham ataladi hamda quyidagi uchta bosqichda o‗tkaziladi: 165 1-bosqich. Yig‗ma byudjetning reja va haqiqiy «chiqish shakllari» asosida chetlanishlar o‗rganiladi. Bu hali tahlilga kirmaydi, chetlanishlarni o‗rganish, qayd etish bo‗lib, asosiy vazifasi jarayonlarga baho berishdan iboratdir. 2-bosqich. Uchta asosiy yig‗ma byudjetlar: operasion, investisiya va moliyaviy quyi byudjetlarining bajarilishi bo‗yicha chetlanishlar tahlili o‗tkaziladi va xulosalar tayyorlanadi. 3-bosqich. Mazkur bosqich sintez bosqichidir va unda byudjetostilarni batafsil omilli tahlili o‗tkaziladi. Undan so‗ng SWOT-tahlili asosida yig‗ma byudjetlar bajarilishi haqida korxona miqyosida xulosalar chiqarish imkoniyati paydo bo‗ladi va ushbu tahlil aslida kelgusi davr uchun byudjetlar ishlab chiqish uchun asos bo‗ladi. Tahlilning mazkur metodologiyasi ―ikki tomonlamali‖ tahlil hisoblanadi: masalan, operasion byudjetlar tahlili (ikkinchi bosqich) o‗z navbatida uchta bosqichga bo‗linadi: dastlab yuzaki o‗rganish amalga oshiriladi (vertikal tahlil), so‗ngra tadqiq etilayotgan chetlanishlarning asosiy mazmuni o‗rganiladi (gorizontal tahlil) va oxirida vertikal tahlil (shakllar) va gorizontal tahlil (mazmun) natijalari sintezi asosida xulosalar tayyorlanadi. Amaliyotda byudjet bajarilishi tahlilining ko‗plab turlari qo‗llaniladi (16-ilova). Korxonalarida byudjet bajarilishi ikkita sababga ko‗ra: birinchidan, byudjetlashtirish kontrollingini olib borish uchun, ikkinchidan, tahlil jarayoni yuqorida ta'kidlanganidek byudjetlashtirish siklini uzviy qismi hisoblanganligi sababli ham chuqur tahlil qilinishi kerak. Byudjet bajarilishi haqidagi hisobot byudjetlashtirish jarayonining ajralmas qismi bo‗lib, uni nazorat qilishda muhim rol' o‗ynaydi. Bunda hisobotlar byudjet ko‗rsatkichlarining haqiqiy ma'lumotlarini rejalashtirilgan (me'yorlashtirilgan) ko‗rsatkichlar bilan taqqoslagan holda oy, kvartal va yillik muddatlar bo‗yicha shakllantiriladi. Mazkur hisobotlar orqali haqiqiy va byudjet ko‗rsatkichlari hamda ular o‗rtasidagi chetlanishlar (izohlari bilan), mas'uliyat markazi ko‗rsatkichlari, 166 faoliyatning oldingi davrlari va turli bo‗linmalar kesimidagi natijalari, korxona xodimlarining ishlagan ish vaqtlari, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi va boshqalar haqida ma'lumotlarga ega bo‗lish mumkin. Ushbu hisobotlar uchun joriy va kelgusi nazoratning natijalari asos bo‗lib xizmat qiladi. Ushbu hisobotlardan tashqari amaliyotda zarurat tug‗ilgan vaqtda rahbariyatning topshirig‗i bilan bir martalik hisobotlar ham tuzilishi mumkin. Biroq, shuni ham unutmaslik lozimki, byudjet bajarilishi haqidagi hisobotlar tuzish bo‗yicha universal tavsiyalar mavjud emas. Bunda ko‗plab omillarni doimiy ravishda o‗rganib borish, tahlil qilish, grafiklar chizish va muhim ma'lumotlarni ajratib ko‗rsatish va moliyaviy bo‗lmagan ko‗rsatkichlar bilan hisobotlarni kengaytirishga e'tibor qaratish lozim. Byudjet bajarilishi haqidagi hisobotlarni tuzish masalasi iqtisodiy adabiyotlarda batafsil bayon qilingan. Jumladan, tadqiqotchi Ye. Koba tomonidan byudjetlar ijrosining asosiy ko‗rsatkichlari bo‗yicha nazorat qilish imkoniyatini beradigan hisobot shakllari tavsiya qilingan. Mazkur hisobot boshlang‗ich hujjatlar asosida to‗ldiriladi va uning ko‗rsatkichlari tarkibi rahbar-xodimlar talabi va ehtiyojiga qarab yanada kengaytirilishi va detallashtirilishi mumkin. Buning uchun hisobotlar tuzishda komp'yuter dasturlaridan foydalanish kerak va u hisobot shakli hamda ko‗rsatkichlarini har qanday zarur boshqaruv kesimida tez, tizimli va o‗zaro aloqadorlikda shakllantirish imkoniyatini beradi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling