Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


Xorijiy va respublikamiz olimlarining statik va moslashuvchan


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/105
Sana07.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1753475
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105
Bog'liq
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2

Xorijiy va respublikamiz olimlarining statik va moslashuvchan 
byudjetlarga oid ta'riflari
11-jadval 
T/r 
Mualliflar 
Fikri 
Manba 
1. 
Bobojonov O.,
Jumaniyozov 
K. 
Moslashtiriladigan byudjet bu 
keyinchalik 
haqiqiy 
sharoitga 
moslashtirish (mahsulotning hajmi, 
faoliyatining darajasi) uchun doimiy va 
o‗zgaruvchan xarajatlarni chegaralash 
yordamida tuzilgan byudjetdir 
Bobojonov O., 
Jumaniyozov K. 
Boshqaruv hisobi. 
Darslik. -T.: TDIU, 
2005. 197 b. 
2. 
Kukukina I.G. 
Moslashuvchan 
byudjetlar–sotish 
hajmini relevant diapazonini qamrab 
oladigan byudjetlarning komplektidir. 
Kukukina I.G. 
Upravlencheskiy 
uchet. Ucheb. 
posobie. -M.: 
Finansi i statistika. 
2004. 
3. 
Chaya 
V.T.,
Chupaxina N.I.
Rejalashtirish jarayonida kelgusi 
kalendar' yil uchun tuzilgan byudjet 
statik byudjet hisoblanadi, chunki u 
sotish va ishlab chiqarishni ma'lum bir 
miqdoridan kelib chiqib tuziladi.
Nazorat 
maqsadlari 
uchun 
byudjetlardan 
chetlanishlarni 
tahlil 
qilishdan oldin byudjetlarga haqiqiy 
Chaya V.T., 
Chupaxina N.I. 
Upravlencheskiy 
uchet. Uchebnoe 
posobie. – M.: 
Eksmo, 2009. 298 s. 


170 
ishlab chiqarish hajmiga mos holda 
tegishli tuzatishlar kiritilishi lozim. 
Buning 
uchun 
moslashuvchan 
byudjetdan foydalaniladi 
4. 
Voronova 
Ye.Yu. 
Nazorat 
qilinadigan 
chetga 
chiqishlarni aniqlashda moslashuvchan 
byudjetlarni 
tuzish 
muhim 
rol' 
o‗ynaydi 
Voronova Ye.Yu.
Upravlencheskiy 
uchet. Uchebn. Izd. 
Yurayt. 2011. 412-
413 s. 
5. 
Vaxrushina 
M.A. 
Moslashuvchan 
byudjet 
sotishni 
haqiqiy hajmi hisobga olingan holda 
tuzatishlar 
kiritilgan 
daromad 
va 
xarajatlarni aks ettiradi.
Statik byudjetda esa aksi, ya'ni 
rejalashtirilgan sotish hajmidan kelib 
chiqib 
hisoblangan 
daromad 
va 
xarajatlar aks ettiriladi. 
Vaxrushina M.A. 
Buxgalterskiy 
upravlencheskiy 
uchet: Uchebnik. – 
6-e izd., ispr. – M.: 
Omega-L, 2007. 
Jaxonning yetakchi kompaniyalarida moslashuvchan byudjet uzoq vaqtdan 
beri samarali joriy etilib kelinadi. Masalan, o‗tgan asrning 80-yillarida Royal 
Dutch/Shell Group kompaniyasi moslashuvchan byudjetdan samarali foydalangan. 
O‗sha vaqtda ko‗pgina neft' bilan shug‗ullanuvchi kompaniyalar 1990 yillarga 
borib 1 barrel neftning narxi 60-80 AQSh dollariga yetadi, deb bashorat qilgan va 
mazkur narxdan kelib chiqib o‗zlarining istiqboldagi rivojlantirish strategik 
rejalarini ishlab chiqqan. Royal Dutch/Shell Group kompaniyasi esa istiqbolda 
rivojlanishining yuz berishi mumkin bo‗lgan 3 ta variantini ishlab chiqqan. 
Ulardan birida neftning narxi eng past darajaga tushib ketish variantining ehtiyot 
shartlari ko‗rib chiqilgan. 1990 yillarga kelib, neftning bir barrelining narxi 25 
AQSh dollariga tushib qolgan. Moslashuvchan byudjetdan foydalanganligi tufayli 


171 
Royal Dutch/Shell Group kompaniyasi ushbu yuz bergan sharoitda ham boshqa 
korxonalarga nisbatan yaxshiroq rivojlana boshlagan. 
Xorij tajribasi va mamlakatimiz amaliyotini o‗rganish korxonalarda statik va 
moslashuvchan byudjetlarni tuzish, ular o‗rtasidagi chetlanishlarni tahlil qilish 
muhim ahamiyat kasb etishini ko‗rsatdi. Agar o‗zgaruvchan xarajatlarning haqiqiy 
miqdori statik byudjetdagidan farq qilsa, lekin moslashuvchan byudjetdagi reja 
ko‗rsatkichlaridan oshmasa, u holda mazkur chetlanishni me'yoriy yoki maqbul 
deb hisoblash mumkin. 
Xarajatlarni moslashuvchan byudjetdagi reja ko‗rsatkichlaridan oldindan 
belgilangan summaga ortishi mazkur chetlanishni yuzaga kelishiga sabab bo‗lgan 
omillarni aniqlash maqsadida batafsil ko‗rib chiqiladi.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, moslashuvchan byudjetlashtirish vositasini 
byudjetning oxirgi bosqichda tasdiqlashdan oldin variasion tahlil doirasida ham 
qo‗llash maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Bayon qilingan fikr-mulohazalarni umumlashtirish asosida paxta tozalash 
korxonalari uchun moslashuvchan byudjetni shakllantirish jarayonini quyidagi 
ketma-ketligi tavsiya etiladi (21-chizma).

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling