Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili


Download 29.18 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi29.18 Kb.
#1547308
Bog'liq
TARMOQDAGI UMUMIY VAZIYAT VA UNDAGI RAQOBATNING TAHLIli 3


TARMOQDAGI UMUMIY VAZIYAT VA UNDAGI RAQOBATNING TAHLIli 3.1.Tarmoqlar va ularning iqtisodiy tavsiflari. 3.2.Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar. 3.3.Tarmoqdagi raqobat kuchlarini tahlil qilishda Porterning “beshta kuch” modeli. 3.4.Firmani raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar. 3.1. Tarmoqlar va ularning iqtisodiy tavsiflari. Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo’lib, tahlil ikki yo’nalishda olib boriladi: Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari. Kompaya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi. Tarmoqlar o’zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat istiqbollari bo’yicha bir biridan farq qiladi. Masalan Ilmiy-texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past bo’lishi mumkin Har bir tarmoq uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalar hajmi ham bo’ladiBozorlar esa mahalliydan tortib dunyo bozorigachafarqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo’ladi. Talab ham o’sib boruvchi yoki aksincha, kamayib boruvchi bo’ladi. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda alohida usullar qo’llanilib, bu usullar tarmoqda bo’layotgan o’zgarishlar raqobat kurashini baholash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi etti omilni belgilash talab etiladi: 1. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar. 2. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi. 3. Rakobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar. 4. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif j ihatlari. 5. Raqobat kurashidagi muvaffaqiyat kaliti va muvaffaqiyatsizlik omillari. 6. Raqobat qaysi yo’nalishda borishini belgilovchi shaxslar. 7. Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi. 35 Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muhitiga xos bo’lgan va kompaniyaning strategik yo’nalishi va imkoniyatlarini eng ravshan ifodalovchi jihatlarni aniqlashdan iborat. Bunda asosiy e’tibor strategiyaga oid bir qator muhim savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. So’ngra bu savollar kompaniyadagi strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning xata-harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi. Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni tahlil qilish usullaridan kelgusida ko’pincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini tahlil qilishda ham foydalaniladi. Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni (makromuhitni) tahlil qilishda odatda soha va raqobat tahlillaridan foydalaniladi. Vaziyatni tahlil qilishda firmaning eng yaqin atrof-muhiti (makromuhiti) o’rganiladi. 6-chizmadagi yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun strategik tahlilning tuzilmasi keltirilgan. Kompaniyaning strategik tahlilining mantiqiy echimi strategiyani tanlashda muqobil variantlarga baho berishdir. Shunday qilib ushbu tahlil strategik rejani shchakllantirshning dastlabki nuqtasi hisoblanadi. Tarmoq va raqobat tahlili Kompaniyaning vaziyatli tahlili Tarmoq atrofining asosiy iqtiso-diy ta’rifini aniqlash Harakatla-nuvchi kuchlarni identifikatsiya qi-lish. Raqobat darajasini baholash. Kompaniyaning tarmoqdagi raqobat mavqeini baholash. Bundan keyin raqobatda kimlar bir xil harakat qilishini bashorat qilish. Muvaf-faqiyatning kalit omilarini aniq-lash. Tarmoqning har tomonlama jozibadorligi haqida xulosa Zamonaviy strategiyaning yaroqli darajasini baholash. SWOT tahlili o’tkazish. Firmaning nisbiy raqobat mavqeini baholash. Kompaniyaning nisbiy baho mavqei va baho raqo-batbardoshligini bholash. Kompaniya echishi lozim bo’lgan strategik yonda-shuvlar va muammolarni identifika-tsiya qilish 4 4 Identifikatsiya Kompaniyaning strategik ko’rinishini baholash Kalit davrlar: Kompaniya amalda qanday muqobillikka ega? (mavjud asosiy strategiyani yaxshilash, strategiyani tubdan o’zgartirish) Arzigulik raqobat ustunligiga erishishning eng maqbul yo’li qanday? 4 Strategiyani shakll antiri sh Yechim mezonlari Strategiya vaziyatni qanchalik yaxshi hisobga olinadi? Raqobat ustunligiga erishishga qanchalik yordam beradi? Kompaniya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi? 3.1.-chizma. Vaziyat tahlilining strategik tanlovga. 36 3.2.Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili asosiy iqtisodiy ko’rsatkiyalarni o’rganishdan boshlanadi. Bu ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat: 1. Bozor hajmi. 2. Raqobat miqyosi (mahalliy, mintaqaviy, dunyo) 3. Bozorning o’sish sur’atlari va u rivojlanishning qaysi bosqichda ekanligi 4. Raqobatchilar soni va ularning hajmi. 5. Xaridorlar soni va ularning moliyaviy imkoniyatlari. 6. Integratsiya qaerga qarab ketyapti? 7. Texnologik o’zgarishlarning yo’nalishi va sur’atlari. 8. Tarmoqqa kirish va undan chiqishning osonligi. 9. Raqobatchilar mahsuloti va xizmatlarining tabaqalanish darajasi. 10. Kompaniyaning ishlab chiqarish hajmi, yuklarni tashishni tashkil qilish, marketing va reklamani tashkil qilish tejamkorlikka erishish imkonining mavjudligi. 11. Tarmoqdagi «o’qitish tajriba» egri chizig’i ijobiy tendentsiyaga egami? UTarmoqqa zarur bo’lgan kapital sarmoyalar qo’yilayaptimi? 13.Tarmokdagi daromad darajasi umumiy daromad darajasida pastmi yoki yuqori? Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha soha «portretini» tuzib, so’ng tahlil qilish maqsadga muvofiq. Buning uchun ushbu jadvalda ayrim iqtisodiy ko’rsat-kichlarning strategik jihatdan muhimligiga doir ma’lumotlar keltirilgan. Tarmoqdagi asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarning strategik ahamiyati. 3.1.jadval Ko’rsatkich Ko’rsatkichning strategik ahamiyati Bozor hajmi Kichik bozorlarda katta va yangi raqobatchilarni jalb qilish tendentsiyasi kuzatilmaydi; katta bozorlar muayyan tarmoqlarda raqobatchilik ustunligini mustah-kamlash maqsadida turli kompaniyalarni sotib olmoqchi bo’lgan korporatsiyalarni o’ziga jalb qiladi. Bozor hajmining ortishi Jadal sur’atlar bilan o’sish yangiliklarga olib keladi, o’sishning sekinlashishi esa raqobatni kuchaytiradi va zaif raqiblarni kurashdan siqib chiqaradi Ishlab chiqarish quvvat larining ortiqchaligi yoki tanqisligi Ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari xarajatlarni ko’paytirib, daromadni kamaytiradi, ularning tanqisligi esa xarajatlarga oid teskari tendentsiyalarga olib keladi Tarmoqning da romadliligi Yuqori daromadli tarmoqlar ham yangiliklarga olib keladi Kirish chiqish to’siqlari Katta to’siqlar mavjud firmalarning mavqeini va daromadlarini himoya qiladi, to’siqlar past bo’lganda esa yangi firmalarning kirib kelishi ularga salbiy ta’sir ko’rsatadi 37 Tovar xaridorlar uchun qimmat Ko’pchilik xaridorlar tovarni eng past narxlarda sotib oladilar Standartlashtirilgan tovarlar Xaridorlar bir sotuvchidan boshqasiga oson o’tishlari mumkin. Tex nologiyaning tez o’zgarishi Texnologiya va asbob-uskunalarga ajratilgan investitsiya-lar ularning eskirib qolishi tufayli o’zini oqlamay qolish xavfi kuchayadi Kapitalga qo’yilgan talablar Katta talablar investitsiyalarga oid qarorlarga tanqidiy munosabatda bo’ladi, investitsiyalash payti muhim bo’lib boradi, kirish va chiqish to’siqlari kuchayadi Vertikal integratsiya Kapitalga nisbatan qo’yilgan talablar kuchayib boradi, ko’pincha raqobatli differentsiatsiya hamda integratsiya darajasi turlicha bo’lgan firmalar o’rtasidagi qiymat differentsiatsiyagi kuchayadi Ko’lamdan tejash Narx bo’yicha raqobatlashish uchun zarur bo’lgan bozor hajmi kattalashadi Tovarning tez yangilanishi Tovarning hayot tsikli qisqaradi 3.3. Tarmoqdagi raqobat kuchlarini tahlil qilishda Maykl Porterning «beshta kuch» modeli Garvard universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi kuchlarni quyidagicha guruhlagan: 1. Tarmoq ichida sotuvchilar o’rtasidagi raqobat. 2. Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o’z tovarlari bilan bu tamoqdagi xaridorlarni egallab olishga harakat qilishi. 3. Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi. 4. Xom ashyo va butlovchi qismlar etkazib beruvchilarning o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari. 5. Xaridorlarning o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari. 6. Bu tahlil firma mazkur tarmokda duch kelishi mumkin bo’lgan qulay shtlar va xavf-xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi. Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan (7-chizma) U mazkur modelni asoslab berar ekan, bu ko’rsatkichlarning ta’sir kuchi qanchalik yuqori bo’lsa, mavjud kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati shunchalik kam bo’lishini ta’kidlagan edi. Buning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay imkoniyatlar vujudga keltiradi. Kompaniya o’z strategiyasini o’zgartirib, ushbu ko’rsatkichlarni o’z foydasiga o’zgartirishi mumkin. Potentsial raqobatchilarning kirish xavfi (Porterning birinchi kuchi) kompaniyaning daromadlariga tahdid solishi mumkin. Ikkinchi tomondan, agar bu xavf kichik bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirib, o’z daromadlarini ko’paytirishi mumkin. Bu omilning 38 raqobatchilik kuchi to’sio’larining (tarmoqqa kirish qiymatining) balandligiga kuchli dara-jada bog’liq. Bunday to’sio’larning uch asosiy manbai bor. -xaridorlarning savdo markasiga sodio’ligi (kirib kelayotgan kompaniyalar buni katta investitsiyalar evaziga bartaraf qilishlari mumkin); -xarajatlar bo’yicha mutlaq ustunliklar (ishlab chiqarish xarajatlarining yanada kamligi mavjud kompaniyalar uchun, yangi kompaniyalar erishishi qiyin bo’lgan katta ustunliklarni beradi); -ko’lamdan tejash (bunday ustunlikka odatda katta kompaniyalar ega bo’ladilap). U ya’ni standartlashtirilgan mahsulotni yoppasiga ishlab chiqarishda xarajatlarning kamaytirilishi, xom ashyo, material va tarkibiy qismlarni katta mikdorlarda sotib olishdagi chegirmalar, reklamaga sarflanadigan xarajatlarning kamaytirilishi va hokazolar bilan bog’liq. Bularning barchasi ishlab chiqarishni endi boshlayotgan kompaniyalar uchun katta qiyinchiliklar tug’diradi. Porter nazariyasi bo’yicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud bo’lgan kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu erda ham to’rt omilning ta’sirini ko’rsatib o’tish mumkin: -tarmoqdagi; -raqobat tuzilmasi; -talabning shart-sharoitlari; -tarmoqqa kirish to’sio’larining balandligi. Potentsial raqobatchilarning kirish xavfi Etkazib beruvchilarning «savdolashish» imkoniyati Amaldagi firmalar (sotuvchilar) o’rtasidagi raqobat Xaridorlarning «savdolashish» O’rinbosar mahsulotlar xavfi 3.2.chizma. M. Porterning «beshta kuch» modeli Tarmoqdagi raqobatning tuzilmasi tarmokdagi konsolidatsiya dara-jasiga (uning fragmentlanganligi, oligopoliya yoki monopoliya sharoit-lari mavjudligi) bog’liq. Fragmentlangan tarmokda potentsia xatarlar qulay imkoniyatlarga qaraganda ko’proq bo’ladi, chunki bunday tarmokdarga kirib kelish nisbatan engil. Konsolidatsiyalangan tarmoo’larda odatda katta va musta kompa-niyalar faoliyat ko’rsatadilar. Binobarin, bir kompaniyaning raqobatchi-lik faoliyati boshqa raqobatchilarning bozordagi ulushiga bevosita ta ’-sir qiladi, natijada ular 39 tezda bunga javoban harakat qiladi va raqobat kuchayadi. Bunday kompaniyalarning «narx urushi» olib borish imkoniyati raqobatning asosiy xatarli kuchidir. Bunday hollarda kompaniyalar sifat ustunliklari bo’yicha raqobatlashishga intiladilar ya’ni «rakrbatchilik urushi» savdo markasiga sodio’lik va «narx urushi» exdgsholini kamay-tirish mavqelaridan olib boriladi. Bundam taktikaning muvaffaqiyati tarmokda mahsulotni tabaqalash imkoniyatlariga bog’liq. Tarmokda talabning o’sib borishi raqobatning susayishiga va ayni paytda ekspansiya uchun katta imkoniyatlar vujudga kelishiga olib keladi Talab bozor bilan birga o’sib boradi. Kompaniyalar investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ularga bo’lgan e’tiborni kuchaytiradi. Aksincha, o’sishning sekinlashuvi raqobatni kuchaytirib yubo-radi, natijada, kompaniyalar sotish bozorlarini faqat boshqa kompa-niyalardan tortib olish hisobigagina qo’lga kiritishlari mumkin bo’lib qoladi. Shunday qilib, talabning kamayishi raqobatning kuchayishiga olib keladigan asosiy xavfdir. Tarmokda talab kamaygan paytda chiqish to’siqlari jiddiy xavfga ayla-nadi. Chiqish to’siqlari iqtisodiy va hissiy omillar bo’lib, ular kompa-niyaning daromadi juda oz bo’lgan hollarda ham qo’llab-quvvatlab turadi. Natijada ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari paydo bo’ladi, bu esa narx raqobatining jonlanishiga olib keladi, chunki kompaniyalar bekor turgan iuvvatlardan foydalanishga urinib, narxni pasaytirib yubordilar. Odatda chiqish to’siqlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: - asbob-uskunalarga ajratilgan investitsiyalarni boshqa muqobil ishlarga ishlatib bo’lmaydi va agar kompaniya bu sohani tark etsa, uskunalarni tashlab yuborishga to’g ’ri keladi; - chiqish qiymatining ishdan bo’shatiladigan ishchilarga to ’lanadigan mablag’lar hisobiga qat’iy belgilab qo’yilganligi; - xo’jalikning o’rta bo’g’inlari o’rtasidagi strategik o’zaro munosabatlar, masalan, senergizm yoki ular o’rtasidagi integratsiya; -tarmoqqa iqtisodiy bog’lio’lik; masalan, agar kompaniya diversiyalanmagan bo’lsa, u tarmokda qolishga majbur bo’ladi. Tarmoqdagi firmaga ta ’sir qilayotgan raqobat kuchlari tarmoqning tsikli mobaynida o ’zgarib, rivojlanib boradi. Tarmoqning jadal suratlar bilan o’sishi raqobat kuchlarini zaiflashtirib qo’yadi. Bu bosqichda ekspansiya va bozor sohalarini egallab olish uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. O ’sish sekinlashgan paytda raqobat-ning va ayniqsa napx raqobatining xavfi kuchayib ketadi. Etuklik bosqichida raqobat xavfi kamayadi, narx raqobatini narx peshqa-damlarining kelishuvi hisobiga cheklash imkoniyati vujudga keladi. Shuning uchun bu bosqichda daromadlar nisbatan yuqori bo’ladi. Bu bos-qichda narxga bog’liq bo’lmagan raqobat katta rol o ’ynashi 40 mumkin bo’lib, u mahsulotlarni tabaqalash ustunliklaridan foydalanadigan kompaniyalar uchun juda muhimdir. Tanazzul bosqichida vaziyat o ’zgaradi Chiqish to ’sio’lari yuqori bo’lsa, raqobat juda kuchayadi, daromad kamayadi va narx urushi xavfi vujudga keladi. Porterning «uchinchi kuchi» xaridorlarning «savdolashish» imkoniyatidir. U eng yaxshi sifat yoki xizmat ko’rsatishga bo’lgan talab tufayli narxlarga tazyiq ko’rsatish xavfini vujudga keltiradi. Zaif xaridorlar esa, aksincha, narxlarning o’sishiga va daromadning ortishiga yo’l qo’yadilar. Xaridorlar quyidagi hollarda ayniqsa kuchli bo’ladi: - etkazib beruvchi soha bir necha kichik kompaniyalardan tarkib topgan bo’lib, xaridorlar kam bo’lganda; - xaridorlar tovarlarni katta mikdorda sotib olganda; -tarmoq o’z faoliyat turidan kelib chiqqan holda xaridorlarga kuchli darajada bog’liq bo’lganda; - xaridorlar bir necha etkazib beruvchi tarmoo’lar ichidan eng past iklif qilayotgan bittasini tanlash imkoniyatiga ega bo’lganda (bu trmokda narx raqobatini kuchaypiradi); - xaridorlar uchun turli kompaniyalardan tovar soting olishni pdtsy jihatdan yaxlit bitta xarid deb qarash mumkin bo’lganda va hokazo. To’rtinchi raqobat kuchi - etkazib beruvchilarning tazyiq ko’rsatishidir. Bu tazyiq natijasida etkazib beruvchilar narxlarni kutarish bilan taxdid solib, kompaniyalarni etkazib berilayotgan lot mikdorini kamaytirishga majbur qiladi va daromadni pasaytiradi. Bunga muqobil ravishda - zaif etkazib beruvchilar o’z mahsulotlariga bulgan narxni pasaytirishga va yuqoriroq sifatni talab qilishga imkon beradilar. Quyidagi hollarda etkazib beruvchilar tomonidan ko’rsatiladigan tazyiq ayniqsa, kuchli bo’ladi: - etkazib berilayotgan mahsulotning o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bulib, u kompaniyaning ishonchli mahsuloti bo’lganda; - tarmoqdagi kompaniyalar ta’minotchi firmalar uchun bo’lmaganda; - etkazib berilayotgan mahsulotlarning sifati yuqoriligi tus kompaniyalarning boshqa mahsulotga o’tishi qimmatga tushganda; -etkazib beruvchilar ilgari tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalanganda; -sotib oluvchi kompaniyalar orqaga tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalana olmaganda. Beshinchi raqobatchi kuch - tovarning o’rnini bosuvchi mahsulotlarning paydo bo’lish xavfidir. Tovarning o’rnini to’liq oladigan mahsulotlarning mavjudligi jiddiy xavf tug’diradi va kompaniya narxlarini hamda daromadlarini cheklab qo’yadi. Ammo, kompaniya mahsulotlarining o’rnini bosa 41 oladigan tovarlar kam bo’lsa kompaniya narxlarni oshirishi va qo’shimcha daromad olishi mumkin. Kompaniyaning strategiyasi bu dalildan foydalana olishi lozim. Tarmokdagi raqobat darajasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: Shafqatsiz raqobat. Jadal raqobat. Me’yordagi raqobat. Jalb qiluvchi zaif raqobat. Bozorga yangi kirib kelgan firma yangi ishlab chiqarish quvva-tiga, ayrim hollarda kattagina resurslarga ham ega bo’lish mumkin. Bunday firmalar bozorda o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi. Bozorda yangi raqobatchining paydo bo’lishi quyida omil-larga bog’liq: bozorga kirish borasidagi to’sio’lar; bozorda ishlayotgan kompaniyalarning reaktsiyasi; ishlab chiqarish miqiyosining tejamkorligi {bunday ustunli bozorda ishlayotgan katta hajmga ega bo’lgan kompaniyalarda bo’ladi. Yangi firma esa bozorga birdaniga katta hajm bilan chiqolmaydi); texnologiya va nou-xau ga erishish imkoniyatining yo’o’ligi; «o’qitish tajriba» egri chizig’ining samarasi; xaridorlarning ma’lum tovar markalariga moyilligi; - korxona hajmiga bog’liq bo’lmagan xarajatlarning teng emasliga; - sotish kanallariga kira olish; -nazorat qiluvchi organlarning harakatlari (litsenziya| ruxsatnomalar); - tariflar va tarifdan tashqari cheklashlar (dempingga qarshi| qonunchilik, mahalliy firmalarning majburiy ishtiroki). 3.2.2. Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar. Bozordagi vaziyat tez-tez o’zgarib turadi, chunki bozorda" ishlayotgan kompaniyalar bozorga kirib kelayotgan yangi firmalarni o’z siyosatini o’zgartirishga majbur qiladi. Bozorda eng ko’p ta’sir qiladigan kuchlar «raqobatni harakatlantiruvchi kuchlari), deb ataladi. Bu kuchlarni taxlil qilish ikki bosqichdan iborat: 1.Harakatlantiruvchi kuchlarni aniqlash. 2.Ushbu kuchlar ta’sirini aniqlash. Bozorda eng ko’p uchraydigan harakatlantiruvchi kuchlar quyidagilardan iborat: - iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli tendentsiyalaridagi o’zgarish; - iste’molchilar tarkibi va tovarlardan foydalanish usullarining o’zgarishi; - yangi mahsulotlarni joriy qilish; -texnologik o’zgarishlar; - marketing tizimidagi o’zgarishlar; 42 -yirik firmalarning bozorga kirishi yoki chiqishi; -nou-xau ning tarqalish darajasi; - tarmoo’lar keng qamrovliligining o’sishi; - unumdorlik va xaraj atlar tarkibining o ’zgarishi; -xaridorlar moyilligining tabaqalangan tovarlardan standart tovarlarga o’tishi; -davlat qonunchiliga va siyosatidagi o’zgarishlarning ta’siri; - ijobiy qadriyatlar, moyilliklar va turmush tarzining o’zgarishi; -noanio’lik va tavakkalchilik omillari ta’sirining kamayishi. 3.2.3. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari Tarmoqdagi raqobat tarkibini o’rganishdagi keyingi qadam bu Gshglashayotgan kompaniyalarning, bozordagi o’rnini anio’lashdir. milyagi firmalar raqobat mavqeini taqqoslashning asosiy i strategik guruhlar haritasini tuzishdir. Strategik guruhlar xaritasi - tarmokda raqobatlashayotgan fir-malarning raqobat mavqelarini aks ettiruvchi asbobdir. Bu tahliliy usul tarmoqning umumiy taxlili va har bir firmaning bozordagi mavqeini bir - biriga bog’laydi. Buning uchun tarmokda ishlayotgan barcha kompaniya va firmalar strategik guruxlarga bo’linadi. Strategik guruxlarga raqobat uslubi va bozordagi mavqei bir xil bo’lgan firmalar kiritiladi. Bozordagi asosiy rakobatchilar necha bo’lsa, strategik guruhlar soni ham shuncha bo’ladi, ammo buning uchun raqobatchilarning har biri o’zining rakobat usuliga va bozorda o’z mavqeiga ega bo’lishi lozim. Strategik guruhlar xaritasini tuzish tartibi quyidagicha: 1.Tarmokdagi firmalarning bir-biridan farqlantiruvchi belgilari anio’lanadi. 2. Xaritaning qo’lari bo’ylab turli tavsiflashlarning juftligi tushiriladi. 3. Firmalar xaritaga ikki o’zgaruvchan ko’rsatkichlarga asosan joylashggiriladi. 4. Bitta strategik zonaga kirgan firmalar strategik guruhga birlashtiriladi. 5. Har bir strategak guruh atrofida aylana chiziladi. Aylananing diametri har bir strategik guruhning bozordagi o’rni proportsional bo’ladi. Ana shu ko’rsatkichlardan foydalm strategik guruxdarning ikki o’lchamli xaritasini tuzish mumkin. Bir tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan firmalarning nisbiy raqobat mavqelarini o’rganish uchun strategik guruhlash jarayonlari, foydalaniladi. Bir strategik guruxdagi kompaniyalar mahsulotlar ko’lamin kengligi, tovar harakati kanallaridan foydalanish usullari, qxd texnologik yondatuvlar, vertikal integratsiyalanish darajasi, servis texnologik xizmat ko’rsatish (xarakteri) tabiati 43 kabi turli belgi bo’yicha birlashishlari mumkin. Tarmokda bozorga nisbatan str ate yondashuvlari bir xil bo’lgan bitta strategik guruh mavjud bo’lishi mumkin. Strategik guruhlar xaritasini tuzish va firmalarni u yoki guruh tarkibiga kiritish quyidagicha amalga oshiriladi: 1. Tarmokdagi firmalarni bir-biridan farqlovchi raqobat tavsiflar anio’lanadi ( narx, sifat, faoliyat geografiney, integra darajasi, mahsulot nomenklaturasi va hokazo). 2.Firmalarning holati ikki chiziqli chizmaga joylashtiri (tanlab olingan xususiyatlari bo’yicha). Bir strategik sohaga to’g’ri keladigan firmalar anio’lanadi. Har bir guruhning tarmoqdagi umumiy savdo hajmidagi ulutsh anio’lanadi. Shunday qilib, tarmoqni strategik guruhlashning yuqorida ayti| o’tilgan ikki o’lchovli xaritasi tuziladi Agar jiddiy tafovutlar soni ikkitadan ortiq bo’lmasa, bir necha xarita tuzish maqsadga muvofiqdir. Gurli strategik guruhlar bir-biriga qanchalik yaqin joylashgan bo’lsa ular o’rtasidagi raqobat shunchalik kuchli bo’ladi. Eng yaqin raqobatchilarning fe’l-atvorini o’rganish juda muhim. R akobatchilarning strategiyasini, ularning kelgusida qanday y o ’l tutishni bilm ay turib, ular bilan m uvaffaqiyatli raqobatlashish pi emas. Raqobatchilar nima qilayotganligi va nima qilmoqchi bulganligini bilish kompaniyaning strategik faoliyati uchun nihoyatda zarur, aks holda u har doim mudofaa istehkomida bo’lishga majbur buladi. Raqobatchilarningstrategiyalari 4-jadval yordamida aniklanadi.Odatda, raqobatchilarning maqsadi va strategiyalari xakidagi m a’lumotlarni ushbu jadval yordamida umumlashtirish muayyan rakobatchilik xatarlari va mavqelarini baholash uchun etarlidir. Firmalarning raqobatchilikdagi kelgusi mavqelarini baholash uchun ularning bozordagi o ’z ahvolini yaxshilash imkoniyatlariga e ’tiborni karatish lozim. Agressiv raqobatchilar yangi strategik tashabbuslar manbaidir. Uz maqsadiga erishgan raqobatchilar o ’zlarining hozirgi strategi yasini amalga oshirishda davom etadilar. Bezovta va m oliyaviy jixatdan og’ir ahvolda qolgan raqiblar xujumchi yoki mudofaachi sifatida yangi-yangi strategik xattiharakatlarni qo’llashlari mumkin. Shu bois o ’zingizni ushbu kompaniya menejerlarining o ’rniga qo’yib kurishingiz va ularning qanday yo’l tutishi mumkinligini mulohaza kilib ko’rishingiz mumkin. 3.4. Firmani raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar. Agar firma yoki kompaniya o’z raqiblarining xat harakatlarini kuzatib bormasa, u ko’zini bog’lab raqobatlashmoqchi bo’lgan hisoblanadi. Xuddi 44 shaxmatdagadek, raqobat kurashida ham raqibining keyingi yurishini oldindan ko’ra bilish katta ahamiyatga ega. Agar raqibining keyingi qadamini bilmasa kompaniya g’alaba qozona olmaydi. Bu boradagi raqobat kura quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi: Raqiblar strategiyasini anio’lash. Buning uchun raqib kompaniya faoliyatining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari, uning bozordagi mavqei, strategik maqsadlari, raqobat strategiyani o’rganishi zarur. Kelajakda tarmoqning etakchisi bo’lish yoki etakchi bo’lgan firmalarni anio’lash. Buning uchun xar bir firmaning potentsial imkoniyatlarini o’rganib ularning ichidan boshqalardan o’zib ketish o’qini uzib bo’lgan firmalar belgilanadi. Kelajakda qaysi firmalar o’z mavqeini yo’qotadi, qaysi biri etakchi bo’lii mumkinligini to’g’ri belgilash firma strategiyasini tuzishda ahamiyat kasb etadi. Raqiblarning keyingi qadamini oldindan ko’ra bilish Tajovvuzkor raqib odatda qandaydir yangi strategik qadam qo’yadi. O’zining bozordagi mavqeidan qanoatlanadigan firmalar esa amaldagi strategiyasini saqlab turadi.Omadsiz firmalarnin) ahvoli shu qadar yomon bo’ladiki, oqibatda ular yaxshi o’ylamasdanham hujumga o’tishga majbur bo’ladilar. Raqibning keyingi qadamini oldindan aytib berish uchun o’sha kompaniyadagi vaziyatnirahbariyatning kayfiyatini, ularning fikrlash tarzini bilish lozim. Raqib xaqida axborot yig’ishga qaratilgan (razvedka) faoliyati uning harakatlarini oldindan bilish va samarali qarshi choralar ko’rish imkonini beradi. Muvaffakiyatning asosiy omillari (MAO). Muayyan tarmoqdagi moliyaviy va raqobatli muvaffaqiyatning asosiy belgilovchi omillarini aniklash lozim. Ularni aniklash - strategiya ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlaridan biri sanaladi. Ular ya’ni muvaffaqiyatning asosiy omillari strategiyani ishlab chiqishda hal qiluvchi vazifani bajarishi mumkin. Biroq muvaffaqiyatning asosiy omillari turli tarmokdarda har xil bo’ladi. Odatda bir tarmoqqa shunga o’xshash uch-to’rtta omil xarakterli bo’lib, ularning bir-ikkitasi eng muhimi bo’lib hisoblanadi va tahlilning vazifasi ularni aniklashdan iborat bo’ladi. Quyida MAOning turlari va ularning tarkibiy qismlari sanab o’tilgan: 1. Texnologiyaga bog’liq omillar: - ilmiy tadqiqotlar saviyasi; - ishlab chiqarish jarayonlarida innovatsiyalarga qodirlik; - mahsulotda innovatsiyalarga qodirlik; - mazkur texnologiyada ekspertlarning roli. 2 Ishlab chiqarish bilan bog’liq omillar. 45 -kam xarajatli ishlab chiqarishning samaradorligi (ishlab chikarish ko’lamidan tejash, to’plangan tajriba samarasi); -ishlab chiqarish sifati; -ishlab chiqarish xarajatlarining kam bo’lishi, kafolatlanadigan xolda joylashtirilishi; -tegishli malakali ishchi kuchi bilan ta’minlash, yuqori mehnat unumdorligi (ayniqsa, ko’p mehnat talab qiladigan sohalarda); -arzon loyihalashtirish va texnik ta’minot; -ishlab chiqarishning model va o’lchamlarining o’zgarishiga moslashuvchanligi. Z. Taqsimlash bilan bogliq omillar: -distribyutorlar dilerlarning qudratli tarmog’i; -chakana savdodan tushadigan daromadlar extimoli; -kompaniyaning o’z tarmog’i; - tezkor etkazib berish. 4. Marketing bilan bog’liq omillar: -savdoning yaxshi sinalgan, tekshirilgan usuli; -qulay, arzon servis va texnik xizmat ko’rsatish; -xarid talablarining muayyan qondirilishi; -tovarlar diapazonining kengligi; tijorat san’ati; -jozibali dizayn va joylash qrash ; -xaridorlar uchun kafolatlar. 4.Malakaga bog’liq omillar - noyob iste’dodlar; - sifatni nazorat qilish «nou-xau» si; - loyihalash sohasidagi ekspertlar; -texnologiya sohasidagi ekspertlar; - aniq va sodda reklama qilish qobiliyati; - ITTKI bosqichida ishlab chiqarish natijasida yangi mahsulotlarni tahlil qilish va ularni tez bozorga olib chiqa olish. 6. Tashkilotning imkoniyatlariga bog’liq omillar: - oliy darajadagi axborot tizimlari; -o’zgarib turgan bozor sharoitlariga tez moslasha olish qobiliyati; -boshqaruv mahorati va boshqaruv sohasidagi «nou-xau»larning mavjudligi. 7. MAOning boshqa turlari: - ijobiy imidj va obro’; - o’zini peshqadam deb his qiliga; - qulay joylashuv, - xushmuomala va muloyim xizmat ko’rsatish; - patent himoyasi; 46 - umumiy xarajatlarning kamligi. Bundan tashqari, tarmoqning jozibadorligiga umumiy baho berish lozim. («Menejment asoslari» kursiga qarang) Muvaffaqiyatning kalit omillari (M.K.O) raqobatbardosh bo’lish va moliyaviy barqarorlikka erishish uchun firma ta’minlashi lozim bo’lgan raqobat imkoniyatlari va faoliyat natijalaridir. M.K.O shunday omillarki, ularga firma aloxida e’tibor berishi kerak, chunki ular firmaning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligini belgilab beradi. Masalan, pivo sanoatida ishlab chiqarish quvvatlarining to’liq bandligini ta’minlash shunday omilga kiradi (bu ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi). Muvaffaqiyatning asosiy omillari har bir tarmoqda o’ziga xos xususiyatga, ko’rinishga ega bo’ladi. Ayrim tarmoo’larda MKOlar 3-4 ta bo’lishi mumkin Lekin ularning bir-ikkitisigina hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Tarmoq va undagi raqobat tahlili orqali pirovar, tarmoqning jozibadorligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi ko’rsatkichlar asos qilib olinadi: -tarmoqning o’sish imkoniyatlari; -harakatlantiruvchi kuchlarning tarmoqqa ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi; - tarmoqqa yirik firmalarning kirish (chiqish) imkoniyatlar: - talabning barqarorligi; - raqobat kuchlari ta’sirining kuchayishi yoki zaiflashishi; - tarmoq oldida turgan muammolarning jiddiyligi; - tavakkalchilik va noanio’lik darajasi; - raqobat natijasida tarmokdagi daromad darajasin: pasayishi yoki ko’tarilishi. Soha va raqobat tahlillarini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar l.Sohaviy muhitning asosiy iqtisodiy tavsiflari (bozorning o’sishi, geografik xususiyatlari, tarmoqning tuzilmasi, iqtisodiy mavqei, investitsiyalarga bo’lgan talablar va hokazo) 2. Harakatlantiruvchi kuchlar 3. Raqobat tahlili 3.1. Raqobatlashuvchi sotuvchilar o’rtasidagi musobaqa (kuchli, o’rtacha, zaif, raqobat vositasi) 3.2.Potentsial kirish xavfi (kuchli, o’rtacha, zaif, kirish to’sio’larining tarkibi) 3.3.Tovarning o’rnini bosuvchi mahsulotlarning raqobati (kuchli, o’rtacha yoki zaif (nima uchun?) 47 3 4. Etkazib beruvchilarning «savdolasha olish» qobiliyati (kuchli, o’rtacha yoki zaif (nima uchun?) 3.5 Iste’molchilarning «savdolasha olish» qobiliyati (kuchli, o’rtacha yoki zaif(nima uchun?) 4. Asosiy kompaniyalarning (strategik guruhlarning) raqobatchilik mavqei 4.1 Qulay mavqelash (nima uchun?) 4 2 Noqulay potitsiyalash (nima uchun?) 5. Raqobat tahlili 5.1. Asosiy raqobatchilarning strategik yondashuvlari (amalga oshirishi mumkin bo’lgan xatti-harakatlari) 5.2. Kimni va nima uchun kuzatish kerak? 6. Muvaffaqiyatning asosiy omillari 7. Tarmoqning istiqbollari va umumiy jozibadorligi. 7.1. Tarmoqni jozibali qiluvchi omillar 7.2. Tovarning jozibadorligini kamaytiradigan omillar 7.3. Tarmoqning o’ziga xos natijalari (muammolari) 7.4. Rentabellik istiqbollari (ijobiy, salbiy).
Download 29.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling