Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Byudjetlashtirish tizimining vazifalari
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Byudjetlar shakllantirilayotganda rioya qilinishi lozim bo„lgan talablar.
- 3. Byudjetning tarkibiy tuzilmasi.
1. Byudjetlashtirish tizimining vazifalari. Byudjetlashtirish tizimining
vazifalari quyidagilardan iborat: - faoliyatni byudjetlashtirish va byudjetlarni menejerlarga yetkazilishini ta'minlash; - korxonaning turli bo‗limlari faoliyatini muvofiqlashtirish va o‗zaro hamkorligi uyg‗unligini ta'minlash; - menejerlar faoliyati samaradorligini baholash va rag‗batlantirish hamda ularni o‗qitish; 273 - faoliyat turlarini boshqarish va nazorat qilish. 2. Byudjetlar shakllantirilayotganda rioya qilinishi lozim bo„lgan talablar. Byudjetlar shakllantirilayotganda quyidagi talablarga rioya qilinishi lozim: - dastavval byudjetlar tuzish davri, ishlab chiqish muddati, tartibi, nazorat tizimi va boshqalar aniqlab olinishi, ular batafsil hamda puxta o‗ylab chiqilgan bo‗lishi kerak; - byudjetlar tuzilayotganda yaxshi natijalarga erishishga yo‗naltiradigan va bajarish mumkin bo‗lgan maqsadlar belgilanishi kerak (aks holda, tegishli samaraga erishib bo‗lmaydi); - shakllantirilayotgan byudjetlar imkon darajasida aniq bo‗lishi bilan birga, ba'zi bir ko‗rsatkichlarni byudjetlarni bajarilishi davrida qayta ko‗rib chiqishga to‗g‗ri kelishi mumkinligiga ham tayyor bo‗lish kerak; - byudjetda faqat muhim va foydalanuvchilar ehtiyojini qon¬diradigan ma'lumotlargina aks ettirilishi lozim; - byudjetlar bajarilishi doimiy ravishda reja ko‗rsatkichlarni haqiqatdagisi bilan taqqoslash orqali nazorat qilinishi va natijada byudjetlarga tegishli o‗zgartirishlar kiritilishi kerak; - barcha byudjetlar qat'iy ketma-ketlikda tuzilishi, ya'ni har bir byudjet avvalgi byudjetda aks ettirilgan ma'lumotlarga asoslanishi va ularning mantiqiy davomi bo‗lishi lozim. 3. Byudjetning tarkibiy tuzilmasi. Paxta tozalash korxonalarida byudjetlarni tuzish paxta xomashyosini tayyorlash byudjetini ishlab chiqishdan boshlanadi. Ushbu byudjetda paxta xomashyosini tayyorlash (tayyorlov hajmi, sifati, saqlash shartlari va boshqalar) va uning tannarxiga oid ma'lumotlar aks ettiriladi. Ushbu byudjetning ko‗rsatkichlari O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan paxta xomashyo tayyorlashning prognoz hajmlaridan kelib chiqib tuziladi. Yuqoridagi har ikkala byudjetlar asosida ishlab chiqarish byudjeti tuziladi. Ushbu byudjetni boshqacha qilib, paxta xomashyosi, uskunalar unumdorligining 274 texnik normalarini o‗zlashtirish darajasi va ishlab chiqarishdagi boshqa tashkiliy- texnikaviy omillar nazarda tutilgan byudjet davridagi tola ishlab chiqarish topshirig‗i deb ham atash mumkin. Unda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning nomenklaturasi va navlari, ularning miqdori va ishlab chiqarish davrlari (muddatlari) hamda mahsulotning sifati yuzasidan beriladigan topshiriqlar batafsil aks ettiriladi. Mahsulot ishlab chiqarish byudjetini tuzish paxta balansini tuzishdan boshlanadi. Balansda mo‗ljallangan hajmda tola va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlaydigan paxta resurslari aniqlanadi. Paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash uchun bevosita mehnat, material va ustama xarajatlardan tashkil topadigan mahsulot birligi tannarxini aniqlash lozim. Shuning uchun bosh byudjetni keyingi bosqichida paxta xomashyosi ishlatilishi, bevosita yordamchi materiallar xarajatlari, ehtiyot qismlar va bevosita mehnat xarajatlari byudjeti tuziladi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan paxta xomashyo tayyorlashning prognoz hajmlaridan kelib chiqib sotish byudjeti tuziladi. Hozirgi kunda tarmoqda ehtiyot qismlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida katta salmoqqa egaligi sababli paxta tozalash korxonalarida ―Ehtiyot qismlar ishlatilishi byudjeti‖ni alohida tuzish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bevosita mehnat xarajatlari byudjeti rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmini bajarish uchun kerakli ish vaqtini soatlarda aniqlaydi. Bunda mahsulot yoki xizmat birligi miqdori bir birlikka to‗g‗ri keladigan mehnat xarajatlariga ko‗paytiriladi. ―Umumishlab chiqarish xarajatlari‖ byudjeti ishlab chiqarish infratuzilmasini saqlash xarajatlari va u bilan bog‗liq to‗lovlarni aks ettiradi. Doimiy xarajatlar byudjeti kelajakda faoliyatni yuritish uchun zarur bo‗lgan joriy operasion xarajatlarning rejasini batafsil ifoda etadi. Jarayonlarni rejalashtirish bilan moliyaviy rejalashtirish oralig‗ida investision rejalashtirish amalga oshiriladi, ya'ni investisiya byudjetlari tuziladi. 275 Ushbu byudjet bosh byudjet tarkibiga kiradi va yangi texnika, texnologiyaga uzoq muddatli moliyaviy qo‗yilmalarni sarflash bo‗yicha reja vazifasini bajaradi. Maxsus byudjetlar tarkibiga kiruvchi urug‗lik chigit tayyorlash sexi byudjetida fermer xo‗jaliklariga yetkazilib beriladigan urug‗lik chigit miqdori aniqlanadi. Quritish-tozalash sexi tayyorlov maskanlari qoshida o‗zini o‗zi ta'minlash tamoyili asosida tashkil etiladi. Shu sababli mazkur byudjetda ushbu sexning xarajati va daromadlari aniqlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‗tishda paxta tozalash korxonalarida soliq byudjetini tuzish zaruratga aylanmoqda. Chunki soliq to‗lovlari mazkur korxonalar xarajatlari tarkibida salmoqli ulushga egadir. Soliq byudjetini bajarish orqali soliqlarni minimallashtirish va soliq siyosatini samaraliligini oshirishga erishish mumkin. Daromad va xarajatlar byudjetini asosiy vazifasi korxonani byudjet davridagi moliyaviy natijasini ko‗rsatib berishdan iborat bo‗lib, kutilayotgan rentabellik va zararsizlik nuqtasini hisoblash, muhim yo‗nalishlarni aniqlash hamda boshqa vazifalarni hal qilish imkonini beradi. Pul mablag‗lari byudjeti korxonaga rejasini o‗z imkoniyati bilan solishtirish, ya'ni mablag‗iga qarab faoliyat ko‗rsatish imkonini beradi va korxona hisob siyosatiga bog‗liq bo‗lmaydi. Byudjet sikli uslubiy nuqtai nazardan juda murakkab bo‗lgan va ko‗p maqsadli hujjat hisoblangan hamda korxonaning hisob siyosatiga bog‗liq bo‗lgan prognoz balansini tuzish bilan yakunlanadi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling