Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Byudjetlashtirishni tashkil etilishi va byudjet nazorati
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
5. Byudjetlashtirishni tashkil etilishi va byudjet nazorati. 5.1. Byudjetlashtirishni tashkil etilishi. ―Byudjetlashtirishni joriy qilish va tahlil‖ kengashi paxta sanoati korxonalarida byudjet tuzilishi uchun ma'lumotlar yetkazib berishi lozim bo‗lgan boshqa bo‗limlar bilan o‗zaro hamkorlikda byudjetlashtirishni joriy etish bilan shug‗ullanishi lozim. ―Byudjetlashtirishni joriy qilish va tahlil‖ kengashi (moliyaviy mas'uliyat markazlari rahbarlari bilan birgalikda) byudjetlarni tuzadi va byudjet davri ichida ularga tegishli tuzatishlarni kiritib boradi. Buxgalteriya xizmati byudjet bajarilishi haqidagi xisobotlarni tayyorlash va kerakli ma'lumotlarni yetkazib berishga mas'ul hisoblanadi. Paxta tozalash korxonalarida byudjetlarni tuzish yuqorida ta'kidlaganidek, paxta xomashyosini tayyorlash byudjetini ishlab chiqishdan boshlanadi. U O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan paxta xomashyosi tayyorlashning prognoz hajmlaridan kelib chiqib tuziladi. Ushbu byudjetda paxta xomashyosini tayyorlash (tayyorlov hajmi, sifati, saqlash shartlari va boshqalar) va uni tannarxiga oid ma'lumotlar aks ettiriladi. Shuningdek, mazkur byudjetda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning nomenklaturasi va navlari, ularning miqdori va ishlab chiqarish davrlari (muddatlari) hamda mahsulotning sifati yuzasidan beriladigan topshiriqlar batafsil aks ettiriladi. Paxta xomashyosini qayta ishlash byudjetini tuzish paxta balansini tuzishdan boshlanadi. Unda rejalashtirilgan hajmda tola va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlaydigan paxta resurslari miqdori aniqlanadi. Paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash uchun bevosita mehnat, material va ustama xarajatlardan tashkil topadigan mahsulot birligi tannarxini aniqlash lozim. Shuning uchun ishlab chiqarish byudjeti paxta xomashyosining ishlatilishi, bevosita yordamchi materiallar xarajatlari, ehtiyot qismlar xarajatlari va bevosita mehnat xarajatlari bo‗limlaridan iborat bo‗ladi. 278 Bevosita mehnat xarajatlari bo‗limida rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmini bajarish uchun kerakli ish vaqti soatlarda aniqlanadi. Bunda mahsulot yoki xizmat birligi miqdori bir birlikka to‗g‗ri keladigan mehnat xarajatlariga ko‗paytiriladi. Amaliyotni o‗rganish hozirgi kunda tarmoqda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida katta salmoqqa egaligi sababli ―Ehtiyot qismlar ishlatilishi byudjeti‖ni alohida tuzishni maqsadga muvofiqligini ko‗rsatmoqda. ―Umumishlab chiqarish xarajatlari‖ byudjeti ishlab chiqarish infrastrukturasini saqlash xarajatlari va u bilan bog‗liq to‗lovlarni aks ettiradi. Doimiy xarajatlar byudjeti kelajakda faoliyat yuritish uchun zarur bo‗lgan joriy operasion xarajatlarni batafsil rejasini ifodalaydi. Yuqorida sanab o‗tilgan byudjetlar ma'lumotlari va paxta xomashyosini tayyorlashning prognoz hajmlaridan kelib chiqib sotish byudjeti tuziladi. Innovasiya byudjetlari bosh byudjet tarkibiga kiradi va yangi texnika, texnologiyaga uzoq muddatli moliyaviy qo‗yilmalarni sarflash bo‗yicha reja vazifasini bajaradi. Maxsus byudjetlar tarkibiga kiruvchi urug‗lik chigit tayyorlash sexi byudjetida fermer xo‗jaliklariga yetkazilib beriladigan urug‗lik chigit miqdori aniqlanadi. Quritish-tozalash sexi tayyorlov maskanlari qoshida o‗zini o‗zi ta'minlash tamoyili asosida tashkil etiladi. Shu sababli mazkur byudjetda ushbu sexning xarajati va daromadlari aniqlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‗tishda paxta tozalash korxonalarida soliq byudjetini tuzish zaruratga aylanmoqda. Chunki soliq to‗lovlari mazkur korxonalar xarajatlari tarkibida salmoqli ulushga ega bo‗lib bormoqda. Soliq byudjetini bajarish orqali soliqlarni minimallashtirish va soliq siyosati samaradorligini oshirishga erishish mumkin. Pul mablag‗lari byudjeti korxonaga rejasini o‗z imkoniyati bilan solishtirish, ya'ni mablag‗iga qarab faoliyat yuritish imkonini beradi va korxona hisob siyosatiga bog‗liq bo‗lmaydi. 279 ―Daromad va xarajatlar‖ byudjetining asosiy vazifasi korxonani byudjet davridagi moliyaviy natijasini ko‗rsatib berishdan iborat bo‗lib, kutilayotgan rentabellik va zararsizlik nuqtasini hisoblash, muhim yo‗nalishlarni aniqlash hamda boshqa vazifalarni hal qilish imkonini beradi. Byudjet sikli uslubiy nuqtai nazardan juda murakkab bo‗lgan va ko‗p maqsadli hujjat hisoblangan hamda korxonaning hisob siyosatiga bog‗liq bo‗lgan prognoz buxgalteriya balansini tuzish bilan yakunlanadi. Bosh byudjet eng so‗nggida direktorga tasdiqlatish uchun taqdim etiladi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling