Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
-rasm. Viloyat jami meva bog’larida keyingi 3 yilda yaratilgan intensiv
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Интенсив боғлар
8-rasm. Viloyat jami meva bog’larida keyingi 3 yilda yaratilgan intensiv
bog’larning ulushi, ming/ga
Samarqand viloyatida 3181 gektar maydonda ana shunday zamonaviy bog’lar yaratilgan. Bu mamlakatimizda mavjud intensiv bog’larning oltmish foizini tashkil yetadi. 2012 yilda 636 gektar yerda xorijdan keltirilgan pakana va yarim pakana daraxt ko’chatlari ekilib, tomchilatib sug’orish texnologiyasi asosida yangi bog’lar
23
yaratildi. Joriy yilda esa yana o’nga yaqin joyda 500 gektardan ziyod intensiv bog’ tashkil etilmoqda.
Bu bog’larda qo’llaniladigan parvarishlash tadbirlari oddiy bog’lardagidan farq qiladi. Birinchidan, bunday intensiv bog’larda daraxt ko’chatlari qator oralari 3,0-3,5 m, tup orasi esa 0,9 m qilib ekilib, bir gektardagi tup soni 2800 donagacha yetkaziladi, eski baland tanali bog’larda bir gektarga 250-300 tup daraxt ko’chati joylashtiriladi.
Past bo’yli daraxtlar uchun maydon tanlash, ko’chat o’tqazish va parvarishlash bir qator xususiyatlarga ega.
O’zbekistonda yangi intensiv bog’lar barpo etish uchun jahon banki dastlab 2010 yilda 57 mln. AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratdi. Olmaning pakana va yarim pakana ko’chatlari Polsha, Gresiya va Serbiya davlatlaridan keltirildi.
Ko’chat ekish uchun tanlab olingan maydon kuzda 50-60 sm chuqurlikda haydaldi. Ko’chatlarni ekishda pakana olma ko’chatlari – 3,5x0,9 m, yarim pakana ko’chatlari 3,5x2,5 m sxemalarda ekildi.
Ekilgan ko’chatlar birinchi yilning o’zida parvarish qilish uchun temir-beton ustunlar o’rnatilgan simbag’azlarga bog’lanadi.
Ko’chatlarni ekish sxemasiga qarab, gektariga 325-400 dona temir-beton ustunlar, hosilli shoxlarni sinmasligi uchun diametri 2,5 mm li ruxlangan simdan 600 kg talab qilinadi.
Past bo’yli daraxtlarning ildiz tizimi nisbatan kam rivojlangan bo’lgani va har gektarga ularni ko’p miqdorda o’tqazilishi sababli tuproqning suv-oziq rejimini ko’proq tanlaydi. Shu sababli bog’lar barpo qilish uchun ajratiladigan maydonlarning tuprog’i unumdor, fizikaviy xossalari yaxshi bo’lishi kerak, tuprog’i qumoq yoki yengil qumoq bo’lgani ma’qul. Sekin o’sadigan payvandtaglarda ulangan daraxtlarning ildiz tizimi juda yuza joylashgan sizot suvlardan kam zararlanadi.
Past bo’yli daraxtlar o’tqaziladigan maydonlarning atrofiga shamol kuchini kamaytiradigan baquvvat himoya daraxtlari ekilishi kerak. 24
Yerni tayyorlash usuli odatdagidan farq qilmaydi. Har gektarga 50-60 t gacha go’ng, azot 140-150 kg, fosfor va kaliy 40-60 kg dan (sof modda holida) beriladi. Daraxt o’tkazish texnikasi odatdagicha.
Past bo’yli daraxtlar ko’pincha bir yoshligida ko’chirib o’tkaziladi. Bunda ko’chatlarning bo’yi 70 sm dan past bo’lmasligi va ildiz tizimi yaxshi rivojlangan bo’lishi kerak. Bir yillik ko’chatlar odatda yaxshi tutadi.
Past bo’yli payvandtaglarda ulangan daraxtlarning ildizlari yuza joylashganligidan, yerni chim bosib ketsa, ularga salbiy ta’sir qiladi. Buning uchun, qator oralarini shudgor qilib qo’yish yoki sideratlar eqish ham mumkin. Past bo’yli daraxtlar o’tqazilgan bog’lar o’g’it va suvga talabchan bo’ladi. Daraxt o’tqazish paytida har bir tupning tagiga 8-10 kg chirigan go’ng va 150-200 g superfosfat solinishi lozim. Intensiv bog’larda tomchilatib sug’orish istiqbolli bo’lib, buning uchun qator oralarida daraxt ildiziga yaqin joylarda diametri 10-12 mm bo’lgan plastik trubalar joylashtirilib, kichik teshiklardan suv tomchilab turadi. Bir gektar yerga suv sarfi har sug’orishda 70 m kubni tashkil qiladi. Bundan tashqari har bir sug’orishda oziq moddalar bilan oziqlantiriladi.
Oddiy pakana bo’yli bog’larda daraxt hosilga kirguncha har yili bog’da gektariga ( sof modda hisobida) 60-80 kg azot, 40-50 kg fosfor va 30-40 kg kaliy o’g’itlari berib turilishi kerak. Hosil beradigan daraxtlar tagiga har yili hosil miqdoriga qarab, gektariga 180 kg azot, 140 kg fosfor, 45 kg kaliy va 2-3 yilda bir marta 20-30 t organik o’g’itlar (go’ng, kompost) solib turish kerak. Iyun- avgustning boshlarida har safar 50-60 kg dan mineral o’g’it berib oziqlantiriladi. Payvandtag qancha zaif bo’lsa, daraxtlarning o’g’itga talabi shuncha ortadi. Hosilga kirgan bog’larda qator oralarini o’g’itlangan shudgor holida saqlanadi.
Bo’z tuproqli yerlardagi bog’lar ko’chat o’tqazilgandan keyin dastlabki 2-3 yilda, o’suv davrida 8-10 marta, o’tloq-botqoq tuproqli yerlarda esa 6-7 marta sug’oriladi. Sizot suvlari chuqur joylashgan bo’lsa, hosil berish davrida dusenga payvand qilingan 4-5 marta, paradizkaga payvand qilinganlari esa 5-6 marta sug’oriladi. Sug’orish normasi yosh daraxtli bog’larda gektariga 300 m 3 , katta yoshli daraxtli bog’larda esa 500 m 3 . |
ma'muriyatiga murojaat qiling