Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Интенсив боғлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1 jadval
- Olivye de serr nav noki
14
1.1 jadval 35 yoshli past bo’yli meva daraxtlarining kattaligi Ekin turi va navi Balandligi, m Shox- shabbasining kengligi, m Tanasining yo’g’onligi, sm Kandil Sinap nav olmalar Tez
o’sadigan payvandtagda 7,5 7,9
127 O’rtacha past bo’yli
(dusen) payvandtagda 6,3 5,6
96 Past
bo’yli (paradizka) payvandtagda 4,2
4,4 51
Olivye de serr nav noki Tez
o’sadigan payvandtagda 6,6 6,3
93 Past bo’yli (behi) payvandtagda 4,5
6,3 53
Past bo’yli payvandtaglarga ulangan daraxtlarning ildizlari yuza joylashganligidan, yerni chim bosib ketsa, ularga salbiy ta’sir qiladi. Buning uchun, qator oralarini shudgor qilib qo’yish yoki sideratlar, sabzavot va chopiq qilinadigan ekinlar eqish ham mumkin, shox-shabbalari tutashib ketganda esa shudgor qilib qo’yish kerak. Past bo’yli daraxtlar o’tqazilgan bog’lar o’g’it va suvga talabchan bo’ladi. Daraxt o’tqazish paytida har bir tupning tagiga 8-10 kg chirigan go’ng va 150-200 kg superfosfat solinishi lozim. Daraxt hosilga kirguncha har yili bog’da gektariga (sof modda hisobida): 60-80 kg azot, 40-50 kg fosfor va 30-40 kg kaliy o’g’itlari berib turilishi kerak. Hosil beradigan daraxtlar tagiga har yili hosil miqdoriga qarab, gektariga 180 kg azot, 140 kg fosfor, 45 kg kaliy va 2-3 yilda bir marta 20-30 t organik o’g’itlar (go’ng, kompost) solib turish kerak. Iyun- avgustning boshlarida har safar 50-60 kg dan mineral o’g’it berib oziqlantiriladi. Payvandtag qancha zaif bo’lsa, daraxtlarning o’g’itga talabi shuncha ortadi. Hosilga kirgan bog’larda qator oralarini o’g’itlangan shudgor holida saqlanadi.
15
Bo’z tuproqli yerlardagi bog’lar ko’chat o’tqazilgandan keyin dastlabki 2-3 yilda, o’suv davrida 8-10 marta, o’tloq-botqoq tuproqli yerlarda esa 6-7 marta sug’oriladi. Sizot suvlari chuqur joylashgan bo’lsa, hosil berish davrida dusenga payvand qilingan 4-5 marta, paradizkaga payvand qilinganlari esa 5-6 marta sug’oriladi. Sug’orish normasi yosh bog’larda gektariga 300 m 3 , katta yoshli bog’larda esa 500 m 3 . Ko’chat o’tqazilgandan keyin dastlabki 2-3 yilgacha qator oralariga ertagi sabzavot (kartoshka, karam, pomidor va boshqa) ekiladi. Ekin ekilmagan bog’ tuprog’ini 18-25 sm chuqurlikda haydab daraxtlar atrofini oktyabr oxiri- noyabrning boshlarida qayta chopib qo’yiladi. Erta ko’klamda yerni 12-15 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yoz davomida qator oralarini 3-4 marta yumshatib begona o’tlari yo’qotib turiladi. Past bo’yli payvandtagda o’stirilgan mevali daraxtlarga butasimon, urchuqsimon, kordon, palmetta va hokazo shakllari beriladi.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling