Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Интенсив боғлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Intensiv bog’lar barpo qilish va parvarishlash xususiyatlari.
Shaftoli uchun – tog’lcha, bodom, qum olchasi, Sibir o’rigi, past bo’yli
payvandtag bo’ladi. Gilos uchun antipka (magaleb olchasi) va oddiy olcha yarim pakana payvandtag xizmatini o’taydi.
11
1.2. Intensiv bog’lar barpo qilish va parvarishlash xususiyatlari. Past bo’yli daraxtlar uchun maydon tanlash, ko’chat o’tqazish va parvarishlash bir qator xususiyatlarga ega. Past bo’yli daraxtlarning ildiz tizimi nisbatan kam rivojlangan bo’lgani va har gektarga qalin o’tqazilishi sababli tuproqning suv-oziq rejimini ko’proq tanlaydi. Shu sababli bog’lar barpo qilish uchun ajratiladigan maydonlarning tuprog’i unumdor, fizikaviy xossalari yaxshi bo’lishi kerak, tuprog’i qumoq yoki yengil qumoq bo’lgani ma’qul. Sekin o’sadigan payvandtaglarga ulangan daraxtlarning ildiz sistemasi juda yuza joylashgan sizot suvlardan kam zararlanadi. Dusenga ulangan ko’chatlarni sizot suvlar 1,5-1,2 m gacha, paradizkada va behida esa 1,5 m chuqurda bo’lgan yerlarda o’tqazish mumkin. Kuchsiz sho’rlangan yerlarga behiga payvand qilingan nok va paradizkaga, dusen (ayniqsa 2 va 4 tiplari) joylashtirish mumkin, buning uchun o’tloq tuproqlar ham to’g’ri keladi.
Past bo’yli daraxtlar o’tqaziladigan maydonlarning atrofiga shamol kuchini kamaytiradigan baquvvat himoya daraxtlari ekilishi kerak.
Yosh bog’larni kasallik va zararkunandalarga chidamlilik darajasi ancha past bo’ladi. Shuning uchun buning oldini olish zarur. Birinchi yili yosh ko’chatlarni qishga yaxshi tayyorlanishi uchun, sentabr oyining ikkinchi yarmidan sug’orish tavsiya yetilmaydi. Oktabr-noyabr oylarida yosh nihollar orasi hamda ko’chatlarning qator orasi chopib yumshatiladi va begona o’tlardan tozalanadi. Tuproqda namlik
yaxshi saqlanadi.
Bugun yangi bog’lar issiqxonalarda ham yaratilmoqda. Issiqxonalarning afzalligi shundaki, yoqilg’i sarf qilmasdan, isitish tarmoqlarisiz ko’chatlarni parvarish qilib, meva-uzum hosili olishni boshqarib borish mumkin. So’nggi yillardagi yangi ilmiy ishlardan yana biri bu meva o’simliklarining ko’chatlarini tuvaklarga ekib, ulardan tez va yuqori hosil olishga qaratilgan. Buning uchun balandligi 40 sm., yeni 35,5 sm., tagi 31,5 sm. bo’lgan sopol tuvaklar olinib, tagiga 400-500 gm. mayda shag’al solinadi. Keyin 1 qismi tuproqqa shuncha go’ng va qum, ya’ni 1:1:1 hajmda aralashtirib tuvakka solinadi. 12
Ko’chatning ildiz qismining uchlari kesilib, tuvakka ekib, qoniqtirib suv beriladi.
Bunda tuvak tagidagi havo tashqariga chiqariladi. Bir sutkadan so’ng tuproq zichlanib, ustiga ozroq aralashgan tuproqdan solinadi. Tuvakdagi tuproq namligiga qarab, sug’orib turiladi, tuproq quruq bo’lmasligi lozim. Vegetasiya davomida ko’chatlarga har oyda 2 marotaba mikroyelementlar (kalsiy, selitra, magniy sulfat va kalsiy sulfati 10 litr suvga 5 gm. qo’shib aralashtirib) bilan oziqlantiriladi. Sulfat, kaliy o’g’iti 2 oyda 1 marta (10 litr suvga 10 gm. qo’shib) oziqlantiriladi. Kasallik va zararkunandalarga qarshi yerta bahordan har 15 kunda bir marta 10 litr suvga fertemeks preparatidan qo’shib, ko’chatlarga ishlov berib turiladi. Tuvak ustidagi tuproq qatqaloq bo’lib qolsa, 5 sm. chuqurlikda tuproq yumshatiladi. Ushbu tadbirlar o’z vaqtida bajarib borilsa, o’simlik yaxshi o’sib, baquvvat bo’lib rivojlanadi. Tuvaklarda o’stiriladigan ko’chatlar sopol tuvaklarda o’stirib, parvarish qilingani ma’qul. Sopol tuvaklar bo’lmagan taqdirda plastmassa tuvaklarda ham o’stirish mumkin. Tuvaklar mumkin qadar yirik bo’lishi (bo’yi 60 sm., yeni 50 sm., tagi 40-50 sm.), bu o’simlikni yaxshi o’sib rivojlanib, ikkinchi yildan hosil berishini ta’minlaydi. Bunday tuvakdagi ko’chatlardan 3-4-yili o’rtacha 5-8 kg gacha hosil olishmumkin.
Ushbu tajriba «harakatdagi bog’» deb nomlanadi. Chunki bunday tuvaklarda o’stirilayotgan mevali ko’chatlarni har bir xonadan yegasi o’z uyining xohlagan yeriga qo’yib, parvarish qilib hosil olishi mumkin. Kelajakda ushbu pakana payvandtaglardagi ko’chatlarni tuvaklarda ekilib, sinovdan o’tgach, ularni ko’paytirish maqsad qilib
qo’yilgan. Mutaxassislarimizning aytishlaricha, odatiy bog’larda 1 gektar maydonga o’rtacha 100 tup ko’chat o’tqazilsa, intensiv bog’da bu ko’rsatkich o’n barobar ko’p, hatto undan ham ziyodni tashkil yetadi. Hosil ko’chatdan chiqishini hisobga olganda, 1 gektar yerdan olinadigan daromad ham bir necha barobarga ortishi aniq. Yaxshi rivojlangan daraxt bo’yi esa 2-2,5 metrdan oshmaydi. Bu uning tagini yumshatish, sug’orish, butash, dorilash, xullas, barcha turdagi agrotexnik tadbirlarni o’tkazishda, shuningdek, etishtirilgan mo’l hosilni daraxtga shikast yetkazmasdan yig’ishtirib olishda qulaylik tug’diradi.
13
Yerni tayyorlash usuli odatdagidan farq qilmaydi. Har gektarga 50-60 t gacha go’ng, azot 140-150 kg, fosfor va kaliy 40-60 kg dan (sof modda holida) beriladi. Bu yerga 2-3 yoshli kuzda noyabrda o’tqazilishi kerak. Daraxt o’tqazish texnikasi odatdagicha.
Dusenlarga payvand qilingan keng shox-shabbasi bo’lgan olmalar oraliqlari 6x6-5 (258-333 ta daraxt), paradizkalarga payvand qilinganlari esa 5x5-4 m (400- 500 ta daraxt) qilib ekiladi. Behiga payvand qilingan noklar 4x4-3 m (625 ta daraxt) sxemasida o’tqaziladi. Daraxt qatorlarini, agar relyef va sug’orish sharoit imkon bersa, asosiy shamollar yo’nalishiga to’g’rilab joylashtiriladi. Bunday hollarda meva kam to’kiladi, shamol qatorlar bo’ylab esganda daraxtlar kamroq egiladi. Vegetativ yo’l bilan ko’paytirilganda past bo’yli payvandtaglarning ildiz bo’g’zi bo’lmaydi va qo’shimcha ildizlarni oson chiqaradi. Ularni yaxshisi 12-13 sm chuqurlikda o’tqazish kerak. Chuqur qilishning afzalligi shundaki, daraxtlar kamroq yiqiladi, ildizlarning muzlab qolish xavfi kamayadi, bachkilar (past bo’yli daraxtlar ko’proq) chiqaradi. Daraxtlarga ishlov berishda ildizlari kam zararlanadi.
Chuqur ko’milgan ko’chatlar (ko’pincha nok ko’chatlari) ba’zan o’zidan ildiz chiqaradi. Bunday holda vaqti-vaqti bilan (har 2-3 yilda bir marta) ildizlarni olib tashlash lozim.
Paradizka IX ga payvand qilingan erkin o’sayotgan ko’chatlar chuqur o’tqazilganda ham yoniga qoziq koqilgani ma’qul. O’tqazib bo’linganidan va yer sug’orilgandan keyin birinchi yili ko’chatlar atrofini yumshatish zarur.
Past bo’yli daraxtlar ko’pincha bir yoshligida ko’chirib o’tqaziladi. Bunda ko’chatlarning bo’yi 70 sm dan past bo’lmasligi va ildiz tizimi yaxshi rivojlangan bo’lishi kerak. Bir yillik ko’chatlar odatda yaxshi tutadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling