Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana09.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#267567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
Интенсив боғлар

Shaftoli  uchun  –  tog’lcha,  bodom,  qum  olchasi,  Sibir  o’rigi,  past  bo’yli 

payvandtag bo’ladi. 



Gilos  uchun  antipka  (magaleb  olchasi)  va  oddiy  olcha  yarim  pakana 

payvandtag xizmatini o’taydi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

11 


 

  1.2. Intensiv bog’lar barpo qilish va parvarishlash xususiyatlari. 

Past  bo’yli  daraxtlar  uchun  maydon  tanlash,  ko’chat  o’tqazish  va 

parvarishlash bir qator xususiyatlarga ega. 

Past  bo’yli  daraxtlarning  ildiz  tizimi  nisbatan  kam  rivojlangan  bo’lgani  va 

har  gektarga  qalin  o’tqazilishi  sababli  tuproqning  suv-oziq  rejimini  ko’proq 

tanlaydi.  Shu  sababli  bog’lar  barpo  qilish  uchun  ajratiladigan  maydonlarning 

tuprog’i unumdor,  fizikaviy  xossalari  yaxshi bo’lishi  kerak,  tuprog’i qumoq  yoki 

yengil  qumoq  bo’lgani  ma’qul.  Sekin  o’sadigan  payvandtaglarga  ulangan 

daraxtlarning ildiz sistemasi juda yuza joylashgan sizot suvlardan kam zararlanadi. 

Dusenga ulangan ko’chatlarni sizot suvlar 1,5-1,2  m gacha, paradizkada va behida 

esa  1,5  m  chuqurda  bo’lgan  yerlarda  o’tqazish  mumkin.  Kuchsiz  sho’rlangan 

yerlarga  behiga  payvand  qilingan  nok  va  paradizkaga,  dusen  (ayniqsa  2  va  4 

tiplari) joylashtirish mumkin, buning uchun o’tloq tuproqlar ham to’g’ri keladi. 

 

Past  bo’yli  daraxtlar  o’tqaziladigan  maydonlarning  atrofiga  shamol  kuchini 



kamaytiradigan baquvvat himoya daraxtlari ekilishi kerak. 

 

Yosh bog’larni kasallik va zararkunandalarga chidamlilik darajasi ancha past 



bo’ladi.  Shuning  uchun  buning  oldini  olish  zarur.  Birinchi  yili  yosh  ko’chatlarni 

qishga  yaxshi  tayyorlanishi  uchun,  sentabr  oyining  ikkinchi  yarmidan  sug’orish 

tavsiya  yetilmaydi.  Oktabr-noyabr  oylarida  yosh  nihollar  orasi  hamda 

ko’chatlarning  qator  orasi  chopib  yumshatiladi  va  begona  o’tlardan  tozalanadi. 

Tuproqda 

namlik 


yaxshi 

saqlanadi. 

 

 

  



Bugun  yangi  bog’lar  issiqxonalarda  ham  yaratilmoqda.  Issiqxonalarning  afzalligi 

shundaki, yoqilg’i sarf qilmasdan, isitish tarmoqlarisiz ko’chatlarni parvarish qilib, 

meva-uzum hosili olishni boshqarib borish mumkin. 

       So’nggi  yillardagi  yangi  ilmiy  ishlardan  yana  biri  bu  meva  o’simliklarining 

ko’chatlarini  tuvaklarga  ekib,  ulardan  tez  va  yuqori  hosil  olishga  qaratilgan. 

Buning  uchun  balandligi  40  sm.,  yeni  35,5  sm.,  tagi  31,5  sm.  bo’lgan  sopol 

tuvaklar  olinib,  tagiga  400-500  gm.  mayda  shag’al  solinadi.  Keyin  1  qismi 

tuproqqa shuncha go’ng va qum, ya’ni 1:1:1 hajmda aralashtirib tuvakka solinadi. 




 

12 


Ko’chatning ildiz qismining uchlari kesilib, tuvakka ekib, qoniqtirib suv beriladi. 

 

Bunda tuvak tagidagi havo tashqariga chiqariladi. Bir sutkadan so’ng tuproq 



zichlanib, ustiga ozroq aralashgan tuproqdan solinadi. Tuvakdagi tuproq namligiga 

qarab,  sug’orib  turiladi,  tuproq  quruq  bo’lmasligi  lozim.  Vegetasiya  davomida 

ko’chatlarga har oyda 2 marotaba mikroyelementlar (kalsiy, selitra, magniy sulfat 

va  kalsiy  sulfati  10  litr  suvga  5  gm.  qo’shib  aralashtirib)  bilan  oziqlantiriladi. 

Sulfat,  kaliy  o’g’iti  2  oyda  1  marta  (10 litr  suvga  10  gm.  qo’shib)  oziqlantiriladi. 

Kasallik va zararkunandalarga qarshi yerta bahordan har 15 kunda bir marta 10 litr 

suvga  fertemeks  preparatidan  qo’shib,  ko’chatlarga  ishlov  berib  turiladi. 

Tuvak  ustidagi  tuproq  qatqaloq  bo’lib  qolsa,  5  sm.  chuqurlikda  tuproq 

yumshatiladi.  Ushbu  tadbirlar  o’z  vaqtida  bajarib  borilsa,  o’simlik  yaxshi  o’sib, 

baquvvat  bo’lib  rivojlanadi.  Tuvaklarda  o’stiriladigan  ko’chatlar  sopol  tuvaklarda 

o’stirib, parvarish qilingani ma’qul. Sopol tuvaklar bo’lmagan taqdirda plastmassa 

tuvaklarda ham o’stirish mumkin. Tuvaklar mumkin qadar yirik bo’lishi (bo’yi 60 

sm.,  yeni  50  sm.,  tagi  40-50  sm.),  bu  o’simlikni  yaxshi  o’sib  rivojlanib,  ikkinchi 

yildan  hosil  berishini  ta’minlaydi.  Bunday  tuvakdagi  ko’chatlardan  3-4-yili 

o’rtacha 5-8 kg gacha hosil olishmumkin. 

 

Ushbu tajriba «harakatdagi bog’» deb nomlanadi. Chunki bunday tuvaklarda 



o’stirilayotgan  mevali  ko’chatlarni  har  bir  xonadan  yegasi  o’z  uyining  xohlagan 

yeriga  qo’yib,  parvarish  qilib  hosil  olishi  mumkin.  Kelajakda  ushbu  pakana 

payvandtaglardagi  ko’chatlarni  tuvaklarda  ekilib,  sinovdan  o’tgach,  ularni 

ko’paytirish 

maqsad 

qilib 


qo’yilgan.  

Mutaxassislarimizning aytishlaricha, odatiy bog’larda 1 gektar maydonga o’rtacha 

100 tup ko’chat o’tqazilsa, intensiv bog’da bu ko’rsatkich o’n barobar ko’p, hatto 

undan ham ziyodni tashkil yetadi. Hosil ko’chatdan chiqishini hisobga olganda, 1 

gektar  yerdan  olinadigan  daromad  ham  bir  necha  barobarga  ortishi  aniq.  Yaxshi 

rivojlangan daraxt bo’yi esa 2-2,5 metrdan oshmaydi. Bu uning tagini yumshatish, 

sug’orish,  butash,  dorilash,  xullas,  barcha  turdagi  agrotexnik  tadbirlarni 

o’tkazishda, shuningdek, etishtirilgan mo’l hosilni daraxtga shikast yetkazmasdan 

yig’ishtirib olishda qulaylik tug’diradi. 



 

13 


 

Yerni  tayyorlash  usuli  odatdagidan  farq  qilmaydi.  Har  gektarga  50-60  t 

gacha  go’ng,  azot  140-150  kg,  fosfor  va  kaliy  40-60  kg  dan  (sof  modda  holida) 

beriladi.  Bu  yerga  2-3  yoshli  kuzda  noyabrda  o’tqazilishi  kerak.  Daraxt  o’tqazish 

texnikasi odatdagicha. 

 

Dusenlarga payvand qilingan keng shox-shabbasi bo’lgan olmalar oraliqlari 



6x6-5 (258-333 ta daraxt), paradizkalarga payvand qilinganlari esa 5x5-4 m (400-

500  ta  daraxt)  qilib  ekiladi.  Behiga  payvand  qilingan  noklar  4x4-3  m  (625  ta 

daraxt)  sxemasida  o’tqaziladi. Daraxt qatorlarini, agar relyef va sug’orish sharoit 

imkon  bersa,  asosiy  shamollar  yo’nalishiga  to’g’rilab  joylashtiriladi.  Bunday 

hollarda meva kam to’kiladi, shamol qatorlar bo’ylab esganda daraxtlar kamroq  

egiladi.  Vegetativ  yo’l  bilan  ko’paytirilganda  past  bo’yli  payvandtaglarning  ildiz 

bo’g’zi bo’lmaydi va qo’shimcha ildizlarni oson chiqaradi. Ularni yaxshisi 12-13 

sm  chuqurlikda  o’tqazish  kerak.  Chuqur  qilishning  afzalligi  shundaki,  daraxtlar 

kamroq yiqiladi, ildizlarning muzlab qolish xavfi kamayadi, bachkilar (past bo’yli 

daraxtlar ko’proq) chiqaradi. Daraxtlarga ishlov berishda ildizlari kam zararlanadi. 

 

Chuqur  ko’milgan  ko’chatlar  (ko’pincha  nok  ko’chatlari)  ba’zan  o’zidan 



ildiz chiqaradi. Bunday holda vaqti-vaqti bilan (har 2-3 yilda bir marta) ildizlarni 

olib tashlash lozim. 

 

Paradizka  IX  ga  payvand  qilingan  erkin  o’sayotgan  ko’chatlar  chuqur 



o’tqazilganda ham yoniga qoziq koqilgani ma’qul. O’tqazib bo’linganidan va yer 

sug’orilgandan keyin birinchi yili ko’chatlar atrofini yumshatish zarur. 

 

Past  bo’yli  daraxtlar  ko’pincha  bir  yoshligida  ko’chirib  o’tqaziladi.  Bunda 



ko’chatlarning bo’yi 70 sm dan past bo’lmasligi va ildiz tizimi yaxshi rivojlangan 

bo’lishi kerak. Bir yillik ko’chatlar odatda yaxshi tutadi.  




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling