Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Интенсив боғлар
3
Mamlakatimizda bozor
iqtisodiyoti davrida
aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa xom ashyoga bo’lgan talabini qondirish hozirgi kunda qishloq xo’jaligi oldida turgan eng muhim dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda va respublikamiz hukumati bu sohaga katta e’tibor qaratmoqda. Keyingi
yillarda O’zbekiston Respublikasi hukumatining meva- sabzavotchilik va uzumchilik sohalariga katta e’tibor qaratayotganligi, “Meva- sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo’yicha tashkiliy chora- tadbirlar to’g’risida” (2006 y.) “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni etishtirishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida” (2010 y.), “Intensiv bog’lar barpo qilish” (2008 y.), “Uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” (2013 y.) gi farmon va qarorlarida shu sohalarni yanada rivojlantirish masalalariga katta e’tibor qaratilgan.
Samarqand va qo’shni viloyatlarda meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan xo’jaliklarning mavjudligi, ayniqsa intensiv bog’lar yaratish, ulardan mo’l hosil etishtirish hamda saqlashning yangi texnologiyalarini qo’llash, ichki va tashqi bozorlar uchun arzon va sifatli meva mahsulotlari etishtirishni ko’paytirish maqsad qilib qo’yilgan. Mevachilik qishloq xo’jaligining murakkab va ko’p qirrali sohasi hisoblanadi. Meva daraxtlari turli xil tuproq, iqlim va agrotexnika sharoitida o’stirilib, ularning mevasi turli maqsadlarda yangiligicha, quritilgan va qayta ishlangan hollarda foydalaniladi. Mevachilik qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining tarmog’i sifatida asosiy vazifasi aholini ho’l mevalar, sanoatni xom ashyo bilan ta’minlashdan iborat. Mevachilik daromadli soha. Rayonlashtirilgan meva ekinlari navlari va turlari joyning tuproq-iqlim sharoitlariga to’g’ri tanlanib joylashtirilsa, tuproqqa ishlov berish va o’simlikni parvarishi bilan bog’liq barcha agrotexnika ishlari o’z vaqtida va sifatli bajarilsa mevachilik dehqonchilikning yuqori rentabelli, iqtisodiy ko’rsatkichlari yuksak tarmog’iga aylanadi.
4 O’zbekistonda, jumladan Samarqand viloyati sharoitida keyingi yillarda intensiv mevachilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi sanoatlashtirilgan mevachilikda past bo’yli payvandtaglarda o’stirilgan va ayniqsa, kuchsiz va
kuchli o’sadigan payvandtaglarda shox-shabbasi yassi (yelpig’ichsimon) shaklda qilib o’stirilgan bog’lar eng istiqbolli hisoblanadi. Intensiv bog’lar ilg’or agrotexnika usullarini (suv-oziq rejimi, mevali daraxtlarga maxsus shakl berish va butashni) hamda ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirishni talab etadi. Bu esa o’z navbatida tannarxi arzon bo’lgan mahsulot etishtirishni ta’minlaydi. Ma’lumki, intensiv bog’lar keyingi yillarda butun dunyoda keng tarqalib, rivojlanmoqda. «Intensiv» so’zining lug’aviy ma’nosi jadallashtirish demakdir. Respublikamizda yuqori hosil beruvchi pakana va yarim pakana mevali (intensiv) bog’larni barpo etishdan maqsad, respublika aholisini mevaga bo’lgan talabini to’liq qondirish, bozorlarimiz to’kin-sochinligini ta’minlash va eksport salohiyatini yildan-yilga oshirib borishdan iborat.
Tadqiqotlarga ko’ra, bir qishi yetarli darajada vitaminlarga to’yinishi uchun bir yilda o’rtacha 58,3 kilogramm meva va 13,9 kilogramm uzum iste’mol qilishi kerak. Demak, bu yillik iste’mol me’yorini 30 millionlik yurtimiz aholisi soniga ko’paytirib hisoblaydigan bo’lsak, faqat o’z ehtiyojimiz uchun yiliga 1 million 749 ming tonnadan ziyod meva hamda 417 ming tonnadan ortiq uzum etishtirishimiz talab etiladi. Intensiv bog’larning esa bu borada o’ziga xos o’rni bor, albatta. 2010 yili Respublika rahbariyatining tashabbusi bilan intensiv texnologiyalar asosida parvarishlanadigan pakana va yarim pakana olma, nok, olxo’ri, gilos va shaftoli ko’chatlari ilk bor Ukraina va Polsha davlatlaridan olib kelinib, asosan Toshkent hamda Samarqand viloyatlarining fermer xo’jaliklari yer maydonlariga ekildi. Ushbu bog’lar mamlakatimizning tuproq-iqlim sharoitiga tez moslashib, qisqa muddat — oradan bir yil o’tib, ya’ni 2011 yildan boshlab, mevali bog’larning har bir gektaridan 50-70 sentnergacha hosil olishga erishiladi.
5 Natijada bunday bog’larni yildan-yilga kengaytirish, ularni dehqon va fermer xo’jaliklarida barpo etish maqsadida hukumatimiz tomonidan aniq manzilli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Hozirgacha respublikaning barcha hududlarida jami 5,3 ming gektar, jumladan, Samarqand viloyatida 1300 gektar, Toshkent viloyatida 1000 gektar, Navoiyda 750 gektar, Qashqadaryoda 600 gektar, Surxondaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida 400 gektardan pakana va yarim pakana mevali bog’lar barpo etildi. Bundan tashqari, mamlakatimizda pakana va yarim pakana ko’chatlarni ko’paytirish maqsadida xorijdan payvandtaglar olib kelinib, R.Shreder nomidagi O’zbekiston bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti va fermer xo’jaliklarining yer maydonlarida onalik ko’chatzorlar barpo etildi. Hozirda O’zBUV ITI da yarim pakana mevali ko’chatlar yetishtirilib, dehqon va fermer xo’jaliklariga yetkazib berilmoqda.
Bizlar, bitiruv malakaviy ishini bajarishda o’z oldimizga Samarqand viloyatining Samarqand tumani sharoitida intensiv bog’larda o’tkaziladigan agrotexnologik tadbirlar va ularning iqtisodiy samaradorligini o’rganishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling