Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Интенсив боғлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. Intensiv bog’da olma daraxtlarining gullash fazasi 5-rasm. Intensiv bog’da mevalarning yetilish fazasi
16
1-rasm. Intensiv bog’da daraxtlarga shakl berish jarayoni 2-rasm. Intensiv bog’da kasallik va zararkunandalarga qarshi pestisidlarni qo’llash jarayoni 3-rasm. Intensiv bog’da begona o’tlarga qarshi gerbisidlarni qo’llash jarayoni 17
4-rasm. Intensiv bog’da olma daraxtlarining gullash fazasi 5-rasm. Intensiv bog’da mevalarning yetilish fazasi 18
6-rasm. Intensiv bog’da daraxtlarni tomchilatib sug’orish uchun polietilen quvurlarning ko’rinishi 1.3. Yangi intensiv - o’tloq bog’larda o’tkaziladigan agrotexnologik tadbirlar. Bu mevachilik yangi tipdagi bo’lib, o’tloq mevachilik (lugovoye plodovodstvo) ham deb yuritiladi. Hozirgi davrda fermer - bog’bonlarni birinchi navbatda bog’ barpo qilingandan keyin ularning barvaqt hosilga kirishi, parvarish qilish ishlari oson bo’lishi, bog’dagi asosiy ish jarayonlarni mexanizasiyalashtirish ko’proq qiziqtiradi. O’tgan asrning oxirlaridan boshlab, ayrim tajriba maydonlarida mevachilikning yangi tipi sinovdan o’tkazildi. U ham bo’lsa eng kuchsiz o’sadigan paradizkaga tez hosil beradigan ayrim olma navlarini payvand qilib etishtirishdir. Bunda bir gektarga 40 ming tup va undan ham ko’p ko’chat ekiladi. Bu ko’rinishiga ko’ra, o’tloqqa o’xshaydi va shuning uchun o’tloq mevachiligi deb atalgan. Mevachilikning bu tipi bilan birinchi marta ingliz olimlari shug’ullana boshlagan. 19
Buning mohiyati shundaki, past bo’yli olma ko’chatlari juda qalin ekilib, 2 yilda bir marta maxsus mashinalar yordamida etishtirilgan hosil ko’chatlarining yer ustki qismi bilan yerga taqabroq o’rib olingan, hosili esa mashina bunkeriga tushib, daraxtning yer ustki qismi maydalanib, shu maydonning o’ziga bir tekisda sochib yuborilgan. Sobiq ittifoqda o’tloq mevachilik birinchi marta Ukrainaning Qrim viloyatida barpo etilgan. Bunda Star Krimson olma navi eng past o’suvchi paradizkaning IX tipiga payvand qilinib, ko’chatlari boqqa sinash uchun ekildi. Ma’lumki, olma Star Krimson navi tez hosilga kirib, ko’plab pixsimon hosil novdalari chiqaradi. Doimiy boqqa o’tqazilgan ko’chatlarning bo’yi 60-80 santimetrni tashkil qiladi. Ko’chatlar qator orasi 100 santimetr, tup orasi 25 santimetr qilib joylashtiriladi va bir gektarda 40 ming tup ko’chat o’tqaziladi. Birinchi yili ko’chatlar yaxshi tutishi uchun vaqti-vaqtida sug’oriladi, qator orasi ishlanib, yumshoq va begona o’tlardan toza ushlanadi. Ayrim ko’chatlar 1-yilning o’zida gullagan, lekin gullari to’kilib ketgan. Bunga sabab, ko’chatlar o’tqazilganda ildizlarining bir qismi nobud bo’lib, nam va oziq moddalarning etishmaganligi hisoblanadi. Ikkinchi yili ekilgan ko’chatlarning 24 % i gullab, meva bergan va hosil yig’ishtirib olingan. Hosilga kirgan har tup daraxtchadan 740 gramm, gektaridan esa 294 sentner, ayrim uchastkalardan 680 sentnergacha hosildorlikka erishilgan. Qrim viloyatidagi tajribaning boshqa bir variantida 1-yil ekilgan olma ko’chatlarining yer ustki qismi hosili bilan birga 2-yil kuzda o’rib olingan. Bunda ona tupda 1,5-2,0 sm qoldirilgan novdalardan kelgusi yili bahorda yangi bir yillik novdalar o’sib, bo’yi 1,5 metrga yetgan. Uning yo’g’onligi va balandligi 1-yilgi ko’chatnikidan 2 barovar kuchli bo’lgan. Keyingi yili bahorida daraxtchalarning 45 % i gulladi va kuzga kelib bu bog’dan 2-marta hosil olindi. Bunda hosildorlik gektaridan 360 s, ayrim uchastkalarda esa 960 sentnergacha tashkil etdi. Faqat ko’chat etishtirishda olma Star Krimson navidan serhosil va kuchsiz o’sadigan qalamchalarni tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda jahon ayniqsa, g’arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSh mevachiligida istiqbolli yo’nalish bo’lib, o’tloq bog’lar barpo qilish hisoblanadi.
Olingan ma’lumotlarga ko’ra, o’tloq bog’larda bir tup daraxtdan 2-6 kilogrammgacha hosil olish mumkin. O’tloq bog’larda pishgan mevalar novdalari 20
bilan har ikkinchi yilda maxsus kombaynlar yordamida yoki qo’lda kesib olinadi. O’tloq bog’ bir yil gul kurtaklarini shakllantirib, kelgusi yil yana hosil beradi, har yiliga hosildorlik gektaridan 100-300 tonnagacha tashkil etishi mumkin
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling