Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


-rasm. Viloyat jami meva bog’larida keyingi 3 yilda yaratilgan intensiv


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/27
Sana09.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#267567
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
Интенсив боғлар

8-rasm. Viloyat jami meva bog’larida keyingi 3 yilda yaratilgan intensiv 

bog’larning ulushi, ming/ga 

 

Samarqand  viloyatida  3181  gektar  maydonda  ana  shunday  zamonaviy  bog’lar 



yaratilgan. Bu mamlakatimizda mavjud intensiv bog’larning oltmish foizini tashkil 

yetadi.  2012  yilda  636  gektar  yerda  xorijdan  keltirilgan  pakana  va  yarim  pakana 

daraxt ko’chatlari ekilib, tomchilatib sug’orish texnologiyasi asosida yangi bog’lar 



 

23 


yaratildi. Joriy yilda esa yana o’nga yaqin joyda 500 gektardan ziyod intensiv bog’ 

tashkil etilmoqda. 

 

Bu  bog’larda  qo’llaniladigan  parvarishlash  tadbirlari  oddiy  bog’lardagidan 



farq qiladi. Birinchidan, bunday intensiv bog’larda daraxt ko’chatlari qator oralari 

3,0-3,5 m, tup orasi esa 0,9 m qilib ekilib, bir  gektardagi tup soni 2800 donagacha 

yetkaziladi,  eski  baland  tanali  bog’larda  bir  gektarga  250-300  tup  daraxt  ko’chati 

joylashtiriladi. 

 

Past  bo’yli  daraxtlar  uchun  maydon  tanlash,  ko’chat  o’tqazish  va 



parvarishlash bir qator xususiyatlarga ega. 

 

O’zbekistonda yangi intensiv bog’lar barpo etish uchun jahon banki dastlab 



2010 yilda 57 mln. AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratdi. Olmaning pakana va 

yarim pakana ko’chatlari Polsha, Gresiya va Serbiya davlatlaridan keltirildi.  

 

Ko’chat  ekish  uchun  tanlab  olingan  maydon  kuzda  50-60  sm  chuqurlikda 



haydaldi. Ko’chatlarni ekishda pakana olma ko’chatlari – 3,5x0,9 m, yarim pakana 

ko’chatlari 3,5x2,5 m sxemalarda ekildi. 

 

Ekilgan ko’chatlar birinchi yilning o’zida parvarish qilish uchun temir-beton 



ustunlar o’rnatilgan simbag’azlarga bog’lanadi. 

 

Ko’chatlarni  ekish  sxemasiga  qarab,  gektariga  325-400  dona  temir-beton 



ustunlar,  hosilli  shoxlarni  sinmasligi  uchun  diametri  2,5  mm  li  ruxlangan  simdan 

600 kg talab qilinadi. 

  

Past  bo’yli  daraxtlarning  ildiz  tizimi  nisbatan  kam  rivojlangan  bo’lgani  va 



har gektarga ularni ko’p miqdorda o’tqazilishi sababli tuproqning suv-oziq rejimini 

ko’proq  tanlaydi.  Shu  sababli  bog’lar  barpo  qilish  uchun  ajratiladigan 

maydonlarning  tuprog’i  unumdor,  fizikaviy  xossalari  yaxshi  bo’lishi  kerak, 

tuprog’i  qumoq  yoki  yengil  qumoq  bo’lgani  ma’qul.  Sekin  o’sadigan 

payvandtaglarda  ulangan  daraxtlarning  ildiz  tizimi  juda  yuza  joylashgan  sizot 

suvlardan kam zararlanadi. 

 

Past  bo’yli  daraxtlar  o’tqaziladigan  maydonlarning  atrofiga  shamol  kuchini 



kamaytiradigan baquvvat himoya daraxtlari ekilishi kerak. 


 

24 


 

Yerni  tayyorlash  usuli  odatdagidan  farq  qilmaydi.  Har  gektarga  50-60  t 

gacha  go’ng,  azot  140-150  kg,  fosfor  va  kaliy  40-60  kg  dan  (sof  modda  holida) 

beriladi. Daraxt o’tkazish texnikasi odatdagicha. 

 

Past  bo’yli  daraxtlar  ko’pincha  bir  yoshligida  ko’chirib  o’tkaziladi.  Bunda 



ko’chatlarning bo’yi 70 sm dan past bo’lmasligi va ildiz tizimi yaxshi rivojlangan 

bo’lishi kerak. Bir yillik ko’chatlar odatda yaxshi tutadi. 

 

Past  bo’yli  payvandtaglarda  ulangan  daraxtlarning  ildizlari  yuza  



joylashganligidan,  yerni  chim  bosib  ketsa,  ularga  salbiy  ta’sir  qiladi.  Buning 

uchun,  qator  oralarini  shudgor  qilib  qo’yish  yoki  sideratlar  eqish  ham  mumkin. 

Past bo’yli daraxtlar o’tqazilgan bog’lar o’g’it va suvga talabchan bo’ladi. Daraxt 

o’tqazish  paytida  har  bir  tupning  tagiga  8-10  kg  chirigan  go’ng  va  150-200  g 

superfosfat  solinishi  lozim.  Intensiv  bog’larda  tomchilatib  sug’orish  istiqbolli 

bo’lib, buning uchun qator oralarida daraxt ildiziga yaqin joylarda diametri 10-12 

mm bo’lgan plastik trubalar joylashtirilib, kichik teshiklardan suv tomchilab turadi. 

Bir  gektar  yerga  suv  sarfi  har  sug’orishda  70  m  kubni  tashkil  qiladi.  Bundan 

tashqari har bir sug’orishda oziq moddalar bilan oziqlantiriladi.   

 

Oddiy  pakana  bo’yli  bog’larda  daraxt  hosilga  kirguncha  har  yili  bog’da 



gektariga ( sof modda hisobida) 60-80 kg azot, 40-50 kg fosfor va 30-40 kg kaliy 

o’g’itlari  berib  turilishi  kerak.  Hosil  beradigan  daraxtlar  tagiga  har  yili  hosil 

miqdoriga qarab, gektariga 180 kg azot, 140 kg fosfor, 45 kg kaliy va 2-3 yilda bir 

marta  20-30  t  organik  o’g’itlar  (go’ng,  kompost)  solib  turish  kerak.  Iyun-

avgustning  boshlarida  har  safar  50-60  kg  dan  mineral  o’g’it  berib  oziqlantiriladi. 

Payvandtag  qancha  zaif  bo’lsa,  daraxtlarning  o’g’itga  talabi  shuncha  ortadi. 

Hosilga kirgan bog’larda qator oralarini  o’g’itlangan shudgor holida saqlanadi. 

 

Bo’z tuproqli yerlardagi bog’lar ko’chat o’tqazilgandan keyin dastlabki 2-3 



yilda,  o’suv  davrida  8-10  marta,  o’tloq-botqoq  tuproqli  yerlarda  esa  6-7  marta 

sug’oriladi.  Sizot  suvlari  chuqur  joylashgan  bo’lsa,  hosil  berish  davrida  dusenga 

payvand  qilingan  4-5  marta,  paradizkaga  payvand  qilinganlari  esa    5-6  marta 

sug’oriladi.  Sug’orish  normasi  yosh  daraxtli  bog’larda  gektariga  300  m

3

,  katta 



yoshli daraxtli bog’larda esa 500 m

3




 

25 



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling