Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Интенсив боғлар
2. Samarqand viloyatida intensiv bog’lar barpo qilishning holati to’g’risida. 2.1. Viloyat tumanlarida yillar bo’yicha barpo qilingan intensiv bog’lar to’g’risida ma’lumotlar
Samarqand viloyatida jami 32,0 ming gektar mevali bog’lar mavjud bo’lib, shundan 22,3 ming gektari hosilli va 9,7 gektari yosh bog’lar hisoblanadi.
Samarqand viloyatida mamlakatimizda birinchilardan bo’lib intensiv ya’ni pakana va yarim pakana yangi mevali bog’lar barpo qilish boshlandi. Keng miqiyosda intensiv bog’lar barpo qilish 2009 yildan boshlanib, 2010 yilning kuzida va 2011 yilning bahorida jami viloyatda 639 gektar tomchilatib sug’oriladigan bog’lar, 2012 yilda, 210 gektar bog’lar barpo qilindi. Shu jumladan Samarqand tumanida 120 ga, Payariq tumanida 205 ga, Pastdarg’om tumanida 150 ga.
2012 yilda 638 gektarda tomchilatib sug’orish – ya’ni intensiv texnologiya qo’llanilib, 2013 yilning o’zida 225 gektar bog’larda tomchilatib sug’orish amalda qo’llanildi.
2013 yilda Jomboy tumanida – 3 ta fermer xo’jaligida 116 gektar, Samarqand tumanida 10 ta fermer xo’jaligi 95,4 gektar, Ishtixon tumanida 1 ta fermer xo’jaligi 3,5 gektar va payariq tumanida 1 ta fermer xo’jaligi 5 gektarda tomchilatib sug’orishni joriy qildi.
Samarqand tumanida yangi intensiv bog’lar barpo qilish uchun 377 ming dona meva ko’chati talab etilib, harid qilish uchun 2,8 mlrd so’m mablag’ sarflandi. Shundan 167 gektar (74%) urug’li mevalar, 58 gektar (26%0 danakli mevali bog’lardir.
Samarqand tumanida urug’li mevali bog’larda ko’chatlar 0,9 x 3 m, dpnakli mevalar 2 x 3 m sxemada ekilgan. Samarqand viloyatida 2013 yilda 202,5 ming tonna meva etishtirildi, yoki 2012 yilga nisbatan 60 ming tonna meva hosili olindi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling