Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Интенсив боғлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Adabiyotlar bo’yicha ma’lumotlar.
6
1.1. Intensiv bog’lar barpo qilishning ahamiyati.
O’zbekistonda keyingi paytlarda intensiv mevachilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmokda. Mevachilikning tashkil etishni takomillashgan usullarini joriy qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini, shu jumladan, hosilni yig’ib-terib olish va tovar mahsulotga ishlov berishni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish, agrotexnika usullarini (shu jumladan, past bo’yli payvandtaglarni) hamda o’simliklarni kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish tadbirlarini, bog’lar hosildorligini oshiradigan boshqa usullarni qo’llash yo’li bilan hal qilinadi. Hozirgi sanoatlashtirilgan mevachilikda past bo’yli payvandtaglarda o’stirilgan va ayniqsa, kuchsiz
va kuchli
o’sadigan payvandtaglarda shox-shabbasi yassi
(yelpig’ichsimon) shaklda qilib o’stirilgan bog’lar eng istiqbolli hisoblanadi. Intensiv bog’lar ilg’or agrotexnika usullarini (suv-oziq rejimi, mevali daraxtlarga maxsus shakl berish va butashni) hamda ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirishni talab etadi.
Meva daraxtlaridan yuqori hosil olish uchun boshqa tadbirlar qatorida mevali daraxtlarni past bo’yli payvandtaglarda o’stirish usuli ham qo’llaniladi. Shox-shabbasi kichik hajmli bo’lib, barvaqt hosil beradigan o’simliklar past (pakana) bo’yli deb ataladi. Past bo’yli daraxtlar ikki guruhga bo’linadi, tabiiy va sun’iy past bo’yli daraxtlar.
Birinchi guruhga past bo’yliligi – irsiy xususiyat bo’lgan meva daraxtlari kiradi. Bunga olmaning ba’zi eski navlari Pepinka (Pepinka – Litovskaya, Turkman olmasi, Chulanovka va boshqalar) navlari, nokning Vilyams letniy, Lyubimisa Klapa va boshqalar, shuningdek seleksionerlar tomonidan yaratilgan navlar (shafran Kitayka olmasi, Tayejnoye, Plodorodnaya Michurina olchasi, Severnaya Michurina behisi) va boshqalar kiradi. O’zbekistonda V.V.Kuznesov past bo’yli olmaning Pervenes Samarkanda navini yaratgan. Sun’iy past bo’yli daraxtlar oddiy past bo’yli daraxtlarning oziqlanishini cheklab qo’yish yo’li bilan hosil qilinadi. Daraxtlarning o’sishini cheklaydigan bir nechta usullar bor:
a) sekin o’sadigan past bo’yli payvandtaglarga payvand qilish; 7
b) tuvakda yoki bochkada o’stirish, bunda tuproqning hajmi kam bo’lishi va yetarli oziqlanmasligi natijasida daraxt sekin o’sadi, masalan sitrus va manzarali o’simliklarni xonada o’stirish;
v) daraxt hajmini qisqartirish maqsadida shox-shabbasini doimiy ravishda kesib turish, shuningdek shoxlarini bukib yoki burab qo’yish yo’li bilan shox- shabbasiga oziq moddalari yetib borishini cheklab qo’yish;
g) shoxlarni egib qo’yish; d) butoqlarni halqalash va boshqalar. Keyingi yillarda daraxtlarga maxsus moddalar - retardantlarni purkash yo’li bilan ularning o’sishini to’xtatib turishning kimyoviy usuli ishlab chiqildi. Har xil navlarni buta yoki mayda daraxtchalar shaklida o’sadigan va ildizlari sust rivojlangan past bo’yli payvandtaglarga payvandlash usuli eng ko’p tarqalgan.
Past bo’yli payvandtaglardan pakana daraxtlar olish payvandtagning payvandustga ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liqdir.
Meva daraxtlarni past bo’yli payvandtaglarda o’stirishning o’ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor.
Past bo’yli daraxtlarning harakterli xususiyati – ularning kichik bo’lishidir. Oddiy va past bo’yli payvandtaglarda ulangan daraxtlar dastlabki yillarda deyarli bir xilda o’sadi. Lekin, o’sishdagi farq asta-sekin sezila boshlaydi va daraxtlar hosilga kira boshlashi bilan yaqqol ko’rinadi. Past bo’yli payvandtaglardagi daraxtlarga nisbatan ikki barobar kichikroq va shox-shabbasi ikki yarim barobar ingichkadir. Yarim pakana payvandtaglarda o’stirilgan daraxtlar oraliq o’rinni egallaydi. Ammo, daraxtlarning o’sishi (pakana payvandaglarga payvandlangan daraxtlarning) payvandga ham kuchli darajada bog’liqdir. Masalan, dusenga payvand qilingan 16 yoshli olma daraxtlari shox-shabbasining balandligi Kandil – Sinapda 5,2, Rozmarin belыy 5,5 m va Belflerda 3,8 m ga teng bo’lgan.
Past bo’yli daraxtlarning kichik bo’lishi ularni parvarishlashni; butash, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashishni va hosilni terib olishni osonlashtiradi. Lekin, erkin o’stirilgan past bo’yli daraxt bog’larida qatorlar orasi 8 yaqin bo’lganligi uchun yerni ishlashni mexanizasiyalashtirish (mashinalar yordamida ishlash) qiyin.
Past bo’yli payvandtaglarda o’stirilganda oddiy daraxtlarga nisbatan 4-5 yil, yarim pakana payvandtaglarda esa 2-3 yil ertaroq hosilga kiradi. Behiga payvandlangan nok ko’chati o’tqazilgandan keyin uchinchi - to’rtinchi yilda hosilga kiradi. Olma bilan nokning to’la hosilga kirishi kuchli o’sadigan payvandtaglardagiga qaraganda 6-12 yil oldinroq boshlanadi. Barvaqt hosilga kirish past bo’yli daraxtlarning muhim biologik xususiyati va xo’jalik uchun qimmatli belgisidir. Past bo’yli pavandtaglarda o’stirilgan daraxtlarning yer usti qismlarida hujayra shirasining yuqori konsentrasiyasida bo’lishi erta boshlanadi va bu hol ularning barvaqt hosilga kirishini ta’minlaydi. Hosilga kirish esa o’sishni cheklab qo’yadi (past bo’ylilik). Bundan tashqari, barglarda to’planadigan plastik moddalarning 60 % gacha hosil shakllanishga va qolgan qismi vegetativ organlarga sarflanadi.
Past bo’yli daraxtlarni hosildorligi tez o’sadigan daraxtlarnikidan past bo’ladi. Ammo, past bo’yli payvandtaglarda o’stirilgan daraxtlar oddiy daraxtlarga qaraganda ancha qalin o’tqazilgandan hamisha oddiy daraxtlarga qaraganda gektaridan ikki barobar va undan ham serhosil bo’ladi.
Past bo’yli daraxtlarning meva berishida solkashlik hollari kam uchraydi, bu o’suv jarayonlarning juda erta tugallanishiga va barglarning kech kuzgacha daraxtda saqlanib turishiga bog’liq bo’lsa kerak; bu esa daraxtda oziq moddalarning ko’p to’planishiga yordam beradi.
Meva daraxtlari sekin o’sadigan payvandtaglarda o’stirilganda, mevalarning sifati, ularning o’rtacha bir tekisligi yaxshilanadi, shiradorligi ortadi, ularning ta’mi va rangi yaxshilanadi. Shu bilan birga past bo’yli payvandtaglarda o’stirilgan olmazor bog’larni tegishlicha parvarish qilinsa ular a’lo sifatli tovar hosil beradi - terib olingan jami hosilning 90-95 % i standart mevalar, shu jumladan, 80 % birinchi nav mevalar bo’ladi. Pakana meva daraxtlarning unchalik uzoq yashamasligi ko’pincha, ularning salbiy tomoni deb hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan karash noto’g’ridir, chunki pakana meva daraxtlar o’zining 25-30 yillik
9 hayoti davrida 45-50 yil yashaydigan baland tanali meva daraxtlari beradigan miqdordagi hosilni beradi. Shu bilan birga pakana meva daraxtlaridan ekib barpo qilingan bog’dorchilik eski navlarni birmuncha qimmatli yangi navlar bilan tezda almashtirish imkonini beradi.
O’zbekistonda akademik R.R.Shreder past bo’yli payvandtaglarga ulangan ko’chat ekilgan bog’larni ko’paytirish tashabbuskori bo’lgan, u 1909 yilda Toshkent atrofida 2 gektar yerga sekin o’sadigan olma va tokzor barpo etgan.
1905 yilda Toshkent atrofidagi bog’dorchilik xo’jaliklarida Qrimdan keltirilgan past bo’yli payvandtaglarga ulangan olma va nok daraxtlari yaxlit massivlar tarzida, shuningdek kuchli o’sadigan daraxt qatorlarini to’ldiruvchi (zichlashtiruvchi) ekinlar sifatida o’tqaziladi va bu yerda ular juda yaxshi sifatli ko’p hosil bera boshlagan. 1954 yilda ularning hammasini sovuq urib ketgan.
Ko’pchilik mamlakatlarda sekin o’sadigan payvandtaglardan hamma joyda har xil foydalaniladi. U Angliya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Belgiya, Germaniya, va Ispaniyada eng keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda bu mamlakatlarda bog’larning 72 % iga sekin o’sadigan payvandtaglarga ulangan ko’chatlar o’tqazilgan. Keyingi yillarda AKShda urug’ mevali bog’larning 40-50 % i past bo’yli payvandtaglarda o’stirilmokda.
Mamlakatimizda olma daraxti uchun sekin o’sadigan payvandtag sifatida past bo’yli olmaning ayrim tur xillardan foydalaniladi. Ularga dusen va paradizka yoki jannat olmasi kiradi.
Dusen payvandlangan navni yarim pakana bo’yli, paradizka esa pakana bo’lib o’sadigan qiladi. Ularning bir qator morfologik belgilari va biologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladigan bir nechta xillari bor. Past bo’yli va o’rtacha payvandtaglarning kelib chiqishi to’g’risida ko’pgina turli fikrlar aytib utilgan. Shubxasiz, ularning ko’pi Kavkaz ortida va O’rta Osiyoda yovvoyi holda o’sadigan past bo’yli olmaga taalluklidir. Ularda Marga Hidzor nav olma (Armanistonda), Hamandulli (Gruziyada), dipchek olma (Ozarbayjonda), turkman olmasi (Bobarab va Hazorasp olmasi). Turkmaniston va Xorazmda, shuningdek
10
V.I.Budagovskiy chiqargan bir qancha boshqa past bo’yli olma navlari diqqatga sazovor bo’lgan.
chiqarmaydi, lekin ildiz bo’g’zidan ildiz yoki novdalar chiqaradi. Novda va shoxlari qoramtir, deyarli qora rangda bo’lib, oq yasmiqchalar bilan qoplangan. Ekilgandan keyin 3-4 yilda hosilga kiradi. Mevalari mayda, tekis qizil bo’ladi. O’sishdan to’xtagani uchun paradizkaga qaraganda sovuqqa ancha chidamli bo’ladi va qishgacha uning novdalari yaxshi yetiladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling