Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалик вазирлиги


Download 410.79 Kb.
bet1/8
Sana31.01.2024
Hajmi410.79 Kb.
#1833120
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BMI uslubiy ko\'rsatma (Iqtisod)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI



IQTISODIYOT FAKULTETI

OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI IQTISODIYOTI KAFEDRASI




Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va himoya qilish boʻyicha
USLUBIY KOʻRSATMA


5230100- “Iqtisodiyot” bakalavriat yoʻnalishi talabalari uchun



1
Samarqand – 2022



Tuzuvchilar: TDIU SF «Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi» kafedrasi mudiri, PhD O.Pardayeva, professor O.Murtazayev, dotsentlar I.Gʻaniyev, F.Ahrorov, katta oʻqituvchi Gʻ.Ibragimov


Ushbu uslubiy koʻrsatma 5230100-“Iqtisodiyot” yoʻnalishi boʻyicha bitiruv malakaviy ishi bajaruvchi talabalarga moʻljallangan.


Uslubiy koʻrsatma Oʻzbekiston Respublikasi OOʻMTVning 2010 yil 9 iyunda 225-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalarida bakalavrlarning bitiruv malakaviy ishini bajarishga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qoidalarga asosan tayyorlandi.
U «Iqtisodiyot» fakulteti uslubiy hay’ati (2022 yil 25-avgust 1-sonli bayonnoma) va ilmiy kengashida (2022 yil 26-avgust 1-sonli bayonnoma) muhokama qilinib, ma’qullangan va chop etishga tavsiya qilingan
TDIU Samarqand filiali ilmiy kengashida 2022 yil 29-avgustda muhokama qilinib, 1-sonli bayonnoma bilan ma’qullangan va chop etishga tavsiya qilingan.

Taqrizchilar:


Arabov N.U. – SamDU “Inson resurslarini boshqarish” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori
Turdibekov H.I. – TDIU Samarqand filiali “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti, i.f.n.

KIRISH


5230100-“Iqtisodiyot” yoʻnalishi boʻyicha ta’lim olayotgan talabalarning oʻquv jarayoni bitiruv malakaviy ish yozish va uni muvaffaqiyatli himoya etish bilan yakunlanadi. Bitiruv malakaviy ish talabaning oʻqish jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan. Uslubiy koʻrsatmaning asosiy maqsadi talabani bitiruv malakaviy ishini bajarish, rasmiylashtirish va himoya qilishi tartibi va usullari bilan tanishtirishdir. Bularni barchasi talabaning bitiruv malakaviy ish yozish jarayonida xatolarga yoʻl qoʻymaslik va ishni sifatini oshirishga yordam beradi.


Bitiruv malakaviy ishini bajarish maqsadi:

  • ta’lim boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qoʻllash;

  • ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qoʻyilish jarayonidan boshlab, uni toʻla nihoyasiga yetkazish boʻyicha qaror qabul qilishda boʻlgan ma’suliyatni his etishga oʻrgatish;

  • zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorlikligini ta’minlash hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining mavzusini tanlashda talabalarga kafedra tomonidan tasdiqlangan bitiruv malakaviy ishlar roʻyxatida koʻrsatilgan mavzularni erkin tanlash huquqi beriladi. Ba’zida talaba oʻzining mavzusini ham taklif qilishi mumkin. Lekin bu tasdiqlovchi materiallarga asoslangan va dolzarb muammo boʻlishi kerak.
Bitiruvchi talabalar bitiruv malakaviy ishining mavzusini tanlashlarida kafedra tomonidan maslahat soatlari uyushtiriladi.
Bitiruv malakaviy ishini kafedraning davlat va xoʻjalik shartnomalari bilan bogʻliq boʻlgan mavzular boʻyicha ham bajarishi mumkin.



Download 410.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling