Zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana06.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1335107
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
[@ustoz] BIOLOGIYA 11-SINF 2023



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI 
MAKTABGACHA VA MAKTAB 
TAʼLIMI VAZIRLIGI 
RESPUBLIKA TAʼLIM MARKAZI 
2022-2023-OʻQUV YILIDA UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABLARINING 
11-SINF OʻQUVCHILARI UCHUN BIOLOGIYA FANIDAN YAKUNIY 
DAVLAT ATTESTATSIYASINI OʻTKAZISH BOʻYICHA METODIK 
TAVSIYA VA MATERIALLAR 
 
 
 
 
 
TOSHKENT – 2023 
 


Imtihon materiallari Respublika taʼlimi markazining Biologiya fani Ilmiy-metodik 
kengashida 2023-yil 30-martdagi 1-son qarori bilan tasdiqlanib foydalanishga tavsiya 
etildi.
 
 
Tuzuvchilar: 
E. Ochilov – Respublika taʼlim markazi biologiya fani metodisti. 
S. Yodgarova – Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Tabiiy fanlarga 
ixtisoslashtirilgan maktabning oliy toifali biologiya fani oʻqituvchisi. 
Taqrizchilar: 
S. Haytbayeva – Toshkent shahar Chilonzor tumani 178-DIUM oliy toifali 
biologiya fani oʻqituvchisi. 
O. Xolmurodova – Toshkent shahri Sergeli tumani 277-IDUM biologiya fani 
oʻqituvchisi. 
 
 
Muharrirlar: 
O. Musurmonkulova – Respublika taʼlim markazi metodisti. 
U. Mamadiyev – Respublika taʼlim markazi metodisti 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


BIOLOGIYA 
XI SINF 
2022-2023-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 11-sinflarida 
biologiya fanidan yakuniy imtihon ushbu tavsiya etilgan imtihon materiallari asosida 
oʻtkaziladi. Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash maqsadida
11-sinflarda yakuniy imtihon bilet savollari ogʻzaki soʻrov shaklida oʻtkaziladi. 
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari metodbirlashmalarining yigʻilish qaroriga 
muvofiq yakuniy imtihon materiallariga 15%-20% gacha oʻzgartirishlar kiritishi 
mumkin.
Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlim 
maktablarining 5-, 7-, 8-, 9-, 10, 11-sinflari biologiya fani boʻyicha mavzularini qamrab 
olgan. Shuningdek, tavsiyada nazariy savollar, amaliy va laboratoriya ishlari boʻyicha 
baholash mezonlari keltirilgan. 
Har bir oʻquvchi bittadan biletni tanlab oladi. Biletda oʻquvchiga 3 tadan savol 
beriladi. Savollarning ikkitasi nazariy, bittasi amaliy, laboratoriya mashgʻulotiga oid 
boʻladi. Tayyorgarlik koʻrish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. 
Biologiya fanidan variativ reja boʻyicha faoliyat yuritayotgan maktablar pedagogik 
kengash qarorlari bilan qoʻshimcha savollar va masalalar kiritishi zarur. 
Har bir berilgan savolga javob “5” ballik tizim asosida baholanadi. Baholar 
umumlashtirilib oʻrtacha baho chiqariladi. Masalan: 5+4+3=12:3=4 



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling