Zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
[@ustoz] BIOLOGIYA 11-SINF 2023
22-BILET 1. Tirik organizmlar oʻrtasidagi munosabat: antibioz munosabatlarni tushuntiring. 2. Hayvonlarda tana qoplami evolyutsiyasini gapirib bering. 3. Suv havzalaridagi oziq zanjirni quyidagi organizmlar fitoplankton→ zooplankton→mayda baliq→yirik baliq tashkil qiladi. Ekologik piramidagi barcha organizmni massasi 55 550 kg. a) ekologik piramidaning necha % ini mayda baliq tashkil qiladi? b) umumiy biomassaning necha foizini produsentlar tashkil qiladi? c) yirik baliqlar biomassasi necha kilogrammga ortgan? 23-BILET 1. Hayvonlarda nerv sistemasining filogenezi haqida maʼlumot bering. 2. Rasmdan foydalanib oziq zanjiri tuzing. Bu qanday turdagi oziq zanjiri? 3. Pomidor oʻsimligida mevasining qizil rangda boʻlishi sariq rangi ustidan toʻliq dominantlik qiladi. Qizil mevali pomidor oʻsimliklari sariq mevali oʻsimliklar bilan chatishtirilganda F 1 da olingan oʻsimliklarning hammasi qizil mevali boʻlgan. F 2 da olingan oʻsimliklarning 520 tasi qizil va 174 tasi sariq mevali boʻlgan. a) Chatishtirish uchun olingan oʻsimliklarning oʻsimliklarning genotipini aniqlang. b) F 1 oʻsimliklari gomozigotali qizil mevali va sariq mevali oʻsimliklar bilan chatishtirilsa, necha xil genotipga ega organizm olinadi? c) Bekross chatishtirishda oʻrganilayotgan belgining irsiylanishi boʻyicha qanday natija olish mumkin? 24-BILET 1. Ekologik piramidalar: son, biomassa va energiya piramidalari nimani aks ettiradi? Ularning oʻziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 2. Baqa ontogenezidagi rivojlanish bosqichlari va davrlarini aniqlang: 3. Laboratoriya ishi. Tirik organizmlarning muhitga moslashganligini oʻrganish. Toshbaqalarning choʻl muhitiga moslashganligi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling