35 MAVZU: Pedagogik amaliyotga qo’yiladigan metodik talablar
Reja:
Pedagogik amaliyotning maqsadi va vazifalari.
Pedagogik amaliyot tiulari: passiv, aktiv, tanishuv va uzliksiz.
Pedagogik amaliyot jarayonida tayyorlanadigan hujjatlar.
Amaliyotchi talabaning shaxsiy ish rejasi.
Ko'rgazmali qurollar tayyorlash. Amaliyotni yakunlashga qo'yiladigan talablar.
Tayanch iboralar: pedagogik amaliyot, pedagogik-psixologik faoliyat, ishlab chiqarish asoslari, kasbga yo’naltirish, shaxsiy ish rejasi, pedagogik amaliyot kundaligi, darsning taxlili, kalendar mavzuli reja, tarbiyaviy ish rejasi, tarbiyaviy soatlar taxlili, to’garak ishlar rejasi, tarbiyaviy tadbir ssenariysi, psixologik-pedagogik tavsifnoma, dars rejasi va ishlanmasi, o’quv-ko’rgazmali qurol, tarqatma materiallar.
Pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari.
Mehnat ta’limi o’qituvchilarini tayyorlash Davlat ta’lim standard talablaridan kelib chiqqan xolda pedagogik amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilangan:
talabalarda kasbiy ishonch va barqaror pedagogik qarash- larni shakllantirish;
talabalarning pedagogik-psixologik fanlar xamda maxsus fanlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustaxkamlash va amalda qo’llash;
bo’lajak o’qituvchilarni amaliy ko’nikma va malakalar bilan, zaruriy xolatlarda umumiy psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo’llash malakalari bilan ta’minlash;
talabalarga sinf raxbari vazifalarini bajarishni, yoshlar ijtimoiy xarakati tashkilotlari bilan ishlashni o’rgatish;
talabalarni sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilinishi va o’t- kazilishi bilan tanishtirish;
talabalarga maktab o’quvchilarini fan olimpiadalariga tayyorlash rejalari bilan tanishtirish;
talabalarni maktab, o’quv-tarbiyaviy ishlarning zamonaviy axvoli, ilg’or pedagogik tajribalari bilan tanishtirish;
o’qituvchilarning muxim kasbiy va shaxsiy xislatlarini rivojlantirish;
talabalarni bevosita pedagogik-psixologik faoliyatda qatnashishlariga erishish;
talabalarni maktab o’quvchilarini pedagogik kasbga yo’naltirish va tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishga o’rgatish;
pedagogik faoliyatning sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini joriy va istiqbolli rejalashtirishni o’rgatish;
talabalarda o’qituvchining ish rejasiga maktab o’quvchilari bilan tarbiyaviy ishlarni olib borish malakasini shakllantirish;
ta’lim-tarbiyaviy ishlarning asosiy shakllari (dars, suxbat, o’yin va boshqalar)ni amaliyotga tatbiq qilishni o’rgatish;
talabalarga maktab o’quvchilari bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini kuzatish va taxlil qilishni o’rgatish;
zamonaviy o’qitish metodlarini qo’llab dars o’tishni o’rgatish kabilardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |