Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt boshqarmasi
Download 1.7 Mb.
|
O\'quv qo\'llanma Texnalogiya 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 - Mavzu: “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi” fani va uning vazifasi
- Tayanch iboralar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MMT VAZIRLIGI SURXONDARYO VILOYATI MMT BOSHQARMASI SHO’RCHI TUMANI MMT BO’LIMIGA QARASHLI 8-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI TEXNOLOGIYA FANI O’QITUVCHISI XOLBEKOVA MOHICHEXRANING “TEXNOLOGIYA” FANIGA OID O’QUV QO’LLANMASI 1 - Mavzu: “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi” fani va uning vazifasi Reja: Texnologiya fanini o'qitish metodikasi fanining mazmuni va fanning oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalar. Texnologiya fanini o’qitish metodikasi pedagogika sohasining tarmoqlaridan biri sifatida. O’rta Osiyoda mehnat tarbiyasining tarkib topishi. Buyuk mutafakkirlarning mehnat tarbiyasiga oid fikrlari Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanining tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari Tayanch iboralar: Texnologiya, fan, o’qitish, pedagogika, tarbiya, buyuk mutafakkirlar, mamalakatlar, tarixiy taraqqiyot Talabalarni har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish va uniamalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g’oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur xis yetib, ularni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdiriboladigan shaxs – mehnat ta’limi o’qituvchisi sifatida shakllantirishdir. Shu bilan birgalikda talabalarni umumiy o’rta ta’lim maktablarining «Mehnat ta’limi» fanini DTS talablari asosida tashkil etish va o’qitish, pedagogika, psixologiya va maxsus fanlardan olgan bilimlarini mujassamlashtirgan holda ta’lim–tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish yo’llarini bo’lajak mehnat ta’lim o’qituvchilarini mavzuga oid bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish va uni o’quvchilarga o’qita olishdan iborat. Mehnat ta’limi metodikasi fanida talabalar o’qitish tamoyillari va mazmuni, shakl va metodlari, mehnat ta’limi yo’nalishi bo’yicha dasturlar mazmuni, mehnat ta’limi darslari va darsdan tashqari ishlarda o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish, o’quv va metodik adabiyotlarni o’rganish hamda tahlil qilish, darslarni rejalashtirish, meyoriy hujjatlarni yuritish, mehnat ta’limi o’quv xonalarining jixozlanishi, pedagogik amaliyotning maqsadi, vazifalari va mazmuni, kurs ishlarini bajarish, o’quv–moddiy texnik baza tahlili, respublika ta’lim markazi, tashxis markazi faoliyati bilan tanishadilar. «Mehnat ta’limi o’qitish metodikasi» fanining vazifalari quyidagilardan iborat: pedagogik-psixologik bilimlarni o’quvchilarda umummehnat va umumkasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida tadbiq etish; talabalarni umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanining maqsad va vazifalari, o’quv rejasida tutgan o’rni bilan tanishtirish; pedagogik–psixologik bilimlar, bevosita tanlangan sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish; mehnat ta’limini o’qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o’rgatish; mehnat ta’limida qo’llaniladigan didaktik tamoyillar, mehnat ta’limida o’qitish metodlari va shakllarini o’rgatish; mehnat ta’limi darslarini tashkil qilishni, rejalashtiruvchi xujjatlarni ishlab chiqishni va tahlil qilishni o’rgatish. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling