Kurs ishlarini bajarish
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi (Uslubiy ko'rsatma).
1
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
UCHUN
USLUBIY KO’RSATMA
Namangan – 2019 2
Kimyo yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan kurs ishini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma. Tuzuvchilar: G’.O.Mamajanov N.J.Abdullayev Y.R.Toshmatov
Taqrizchilar: kimyo fanlari doktori, prof. Sh.V.Abdullayev
kimyo fanlari nomzodi, dotsent R.S.Dehqonov
Ushbu uslubiy ko’rsatmalarda kimyo yo’nalishi bakalavriat talabalari uchun mo’ljallangan kurs ishlari vazifalari berilgan.
Kafedra yig’ilishida chop etishga tavsiya etilgan. Bayonnoma № “7” 22 Fevral 2019 yil
D.S.Xolmatov
© Namangan davlat universiteti, 2019 3
Berilayotgan kurs ishi kimyo yo’nalishi talabalarning “Kimyo” fanidan olgan nazariy bilimlarini umumlashtirish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Kurs ishining asosiy maqsadi kimyoni o’rganish, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, ta’lim jarayoniga qo’llashning asosiy usullarini o’zlashtirishdan iborat. Bundan ko’zlangan maqsad talabaning berilgan mavzu bo’yicha o’quv uslubiy majmuani mustaqil o’rganish va uni o’zlashtirib yoritib berishida o’z aksini topadi. Kurs ishi semestr davomida bajarilib, u fanni o’zlashtirishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Kurs ishini sifatli bajarish talabadan kimyoning alohida bo’limlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishini talab qiladi. Kurs ishini bajarishda talaba albatta: • O’ziga berilgan mavzu variantini yechishning nazariy qismi bilan tanishish; • Ma’lum hamda yetarli darajada mavzuni yoritib chiqishi; • Mavzuning nazariy va amaliy mashg’ulotlari xronologik xaritasini tayyorlab, o’qitishning interfaol usullarini tanlash; • Mavzu bo’yicha doklad tayyorlash va uni multimediali taqdimot yordamida yoritib berish; • Mavzu bo’yicha amaliy mashg’ulot vazifasini bajarish uchun interfaol usullar qo’llagan holda metodik ko’rsatmalar tayyorlash; • Mavzu bo’yicha sinov savollari tayorlash; • Mavzu bo’yicha kompyuterda o’quv nazorat dasturlaridan birida test dasturi tuzish; • Mavzu bo’yicha o’tilgan materiallarni qiyosiy tahlil qilish va xulosa chiqarishi kerak.
4
Kurs ishi quyidagi asosiy tashkil etuvchilardan iborat bo’lgan tushuntirish yozuvi ko’rinishida rasmiylashtiriladi: 1. Titul varag’i (ishning nomi, guruh raqami, talaba ismi sharifi, rahbarning ilmiy darajasi, unvoni va ismi sharifi). 2.
Taqriz 3.
Mundarija 4.
O’z ichiga quyidagilarni olgan ishning asosiy bo’limlari: a.
kirish qismi; b.
nazariy va amaliy mashg’ulotning xronologik xaritasi; c.
mavzu bo’yicha ma’ruza matni, d.
ma’ruzani yoritish uchun multimediali taqdimot; e.
amaliy mashg’ulot uchun metodik ko’rsatmalar; f.
mavzu bo’yicha nazariy savollar; g.
o’quv nazorat dasturlaridan birida tayyorlangan test dasturi; 5.
Xulosa. 6.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati. Uning har bir bandi quyidagi ko’rinishda rasmiylashtiriladi. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH Kurs ishi A4 formati (210X297 mm) oq qog’ozining bir tarafiga kompyuterda yoziladi. Zarur hollarda ilovalami (jadval, sxema, diagramma va k.) uchun katta formatdagi qog’ozda bajarilishga yo’l qo’yiladi. Matn oddiy shriftda 1,5 intervalda qora rangda chop etiladi. Shrift o’lchami - 14 (Times New Roman). Satrlararo interval 1,5. Matn chapdan 3 sm o’ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm qoldirib, kenglik bo’yicha tekislagan holda teriladi. Abzas chap tarafdan 1 sm qoldirib yoziladi. Kurs ishi hajmi mavzudan kelib chiqib ilovalardan tashqari 20-50 varaqni tashkil etadi.
5
Raqamlash titul varag’idan boshlanadi. Titul varag’i va mundarijaga sahifa raqami qo’yilmaydi. Birinchi raqam kirish qismiga qo’yiladi. Bu odatda 3 raqami bo’ladi. Sahifa raqami pastki o’rtada nuqtasiz qo’yiladi. Kurs ishi sahifalari arab raqamlari bilan raqamlanadi. Alohida sahifalardagi ilovalar (rasm, jadval, sxema, diagramma va h.k.) umumiy tartibda raqamlanadi.
Mundarija 2 sahifada joylashadi. Mundarija sarlavhalari matndagi sarlavhalami aynan takrorlashi shart. Ularni qisqartirish, boshqa ko’rinishda yoki matndan boshqacha tartibda berish mumkin emas. Barcha sarlavhalar oxirida nuqta qo’ymasdan bosh harfdan boshlanadi. Har bir sarlavhaning so’nggi harfi o’ziga mos sahifa raqamiga mos mundarijaning o’ng qismidagi sahifa raqamiga tutashadi. Mundarijaga titul varag’i kiritilmaydi. SAHIFALARNI RASMIYLASHTIRISH “KIRISH”, “ASOSIY QISM”, “AMALIY QISM”, “XULOSA”, “FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI”, “ILOVALAR” kabi tuzilmali elementlar nomlari kurs ishi tuzilmali elementlar sarlavhalari hisoblanadi. Sarlavhada “bob” so’zi yozilmaydi. Sarlavhalarda imkoniyat darajasida qisqartmalar, tor ixtisoslik atamalari, qisqartmalar, abbreviatura va matematik formulalarni ishlatmaslik kerak. Sarlavhalar sahifa o’rtasida yoki chap tarafida bo’lishi mumkin. Bo’lim va mavzular sarlavhalari yangi xatboshidan yozilishi kerak. Sarlavhalar bosh harfda, sarlavha osti birinchi harfi bosh harfda, qolganlari kichik harfda yoziladi. Oxirida nuqta qo’yilmaydi va ostiga chizilmaydi. Agar sarlavha bir necha gapdan iborat bo’lsa, ular nuqta bilan ajratiladi. Sarlavha va sarlavha ostida bo’g’in ko’chirish ishlatilmaydi. Boblarni yangi sahifadan boshlash kerak. Kichik bo’lim, mavzu va kichik mavzular sarlavhalari sahifa oxirida bo’lmasligi kerak. Ular davomida kamida uch qator matn bo’lishi kerak. Bob, bo’lim, kichik bo’lim, mavzu va kichik mavzular arab raqamlari bilan raqamlanadi. Bob (bo’lim) ishning asosiy qismi doirasida arab raqamlari bilan (1, 2, 3 va h.k.) raqamlanadi.
6
Mavzular har bir bob (bo’lim) va kichik bo’lim doirasida raqamlanadi. Mavzu raqami bob (bo’lim) raqami, podradel yoki kichik mavzu tartib raqami, ajratuvchi raqamdan iborat bo’ladi (masalan 1.1, 1,2 yoki 1.1.1, 1.1.2 va hakozo). Agar bob (bo’lim) birgina mavzudan iborat bo’lsa ham xuddi shunday raqamlanadi. Agar matn faqat mavzulardan iborat bo’lsa, u ish doirasida tartib raqamlari bilan raqamlanadi. Bob (bo’lim), mavzu, kichik mavzu raqami so’nggida nuqta qo’yilmaydi. Oxirgi raqam va birinchi harf orasida bitta bo’sh joy (probel) qoldiriladi. Tuzilmali elementlar sarlavhalari va asosiy qism boblari, birinchi mavzu sarlavhasi orasida ikki interval qoldiriladi. Matnning asosiy qism mavzu va kichik mavzui abzatsdan yoziladi. Sarlavha va matn orasida ikkita 1,5 smlik bo’sh joy bo’lishi kerak. QISQARTMALAR Kurs ishini yozishni osonlashtirish va hajmini kamaytirish maqsadida qisqartmalar ishlatiladi. Umumiy qabul qilingan qisqartmalar GOST 7.12-77 ga mos kelishi kerak. Ishda o’z qisqartmalaridan foydalanish mumkin. Bunda birinchi uchraganda tavsiflash kerak. Agar shartli belgilash va qisqartmalar soni 10 dan oshiq bo’lsa alohida “Qisqartmalar ro’yxati” bayon qilinishi kerak. Matnda qisqartmalarni quyidagicha ishlatishga yo’l qo’yilmaydi: • Matnda “>”, “<”, “=” va boshqa matematik belgilarni, shuningdek “%”, “№” belgilarini raqamsiz ishlatish; • Manfiy qiymatlar oldida matematik belgisini (“manfiy” deb yoziladi); • “GOST”, “OST”, “DST standart indekslarini ro’yxat raqamisiz yozish; • Qiymatisiz foydalanilganda fizik kattaliklar qisqartma nomlari (jadval va formulalardan tashqari). SANOQ SONLARNI YOZISH QOIDASI • Bir xonali sanoq sonlar agar o’lchov birligi bo’lmasa so’z bilan yoziladi, masalan: uch qator (3 qator emas); • Ko’p xonali sanoq sonlar raqamlar bilan yoziladi; 7
• O’lchov birligi qisqartmasi bilan kelgan sonlar raqam bilan yoziladi, masalan: 3 kg, 3 l. “kg”, “l” qisqartmalaridan keyin nuqta qo’yilmaydi. • Bir turdagi sonlarni yozishda o’lchov birligi qisqartmasi oxirgi raqamdan keyin qo’yiladi, masalan: 1, 5 va 7 mg.
• Bir va ko’p xonali tartib raqamlari so’z bilan yoziladi, masalan: birinchi. O’n yettinchi. Murakkab so’z tarkibiga kiruvchi tartib raqamlari son bilan yoziladi, masalan: Natriy xlorning 10 foizli eritmasi. 10% li eritma deb yozish ham mumkin.
Formula va tenglamalarni qora siyohda qo’lda yozishga ruxsat etiladi. Agar formula va tenglamalarga sharh bo’lsa, matnda alohida satrda ajratiladi. Har bir formula yoki tenglamadan oldin va keyin bitta bo’sh qator qoldiriladi. Formuladagi belgilarga sharh ular fomulada qay tartibda kelsa, shu tartibda beriladi Sharh “bunda” degan so’z bilan boshlanadi, ikki nuqta qo’yilmaydi, va “equation” piktogrammasi yordamida yoziladi, masalan:
bunda, m-massa, ρ-zichlik, va v –eritma hajmi. Formula va tenglamalar arab raqamlari bilan raqamlanadi va kichik qavslarga olinib, formula qatorida sahifaning o’ng tarafiga joylashtiriladi. Ishda raqamlashning faqat bitta tartibi ishlatiladi (butun matn yoki bo’lim miqyosida). Formulani boshqa satrga o’tkazish faqat matematik belgidan keyin amalga oshiriladi. Fizik kattaliklar birliklari formulaga faqatgina son qiymatlaridan keyin yoziladi. Ko’paytirishning asosiy belgisi o’rta chiziqdagi nuqta (•) hisoblanadi. Ko’paytirishning (x) belgisi ko’paytirish belgisida ko’chirish va vektorlarni ko’paytirishda ishlatiladi. Ko’paytirishning (•) belgisi fizik belgilarning harfiy 8
belgilanishi, qavslardan oldin va keyin, radikal (V), integral (j) belgilari. trigonometrik funktsiyalar argumentlari oldidan qo’yilmaydi. ILOVA (ILLUSTRATSIYA)LARNI QO’YISH 1.Rasmlar Barcha illustratsiyalar bir xil uslubda bajarilgan bo’lishi kerak. Illustratsiyalar ularga matnda birinchi murojaat bo’lgandan keyin darhol joylashtiriladi. Har bir illiustratsiyaning o’ziga tegishli sharhi bo’ladi va raqamlanadi. Illustratsiyalar butun matn yoki bo’lim miqyosida raqamlanishi mumkin. Illustratsiyalar soni ko’p bo’lsa ular tartib bilan raqamlanib, ish so’ngiga joylashtiriladi. Agar rasmlarni raqamlash bir bo’lim miqyosida bo’lsa, rasm raqami bob (bo’lim) raqami va rasmning tartib raqamini nuqta bilan ajratib qo’yiladi, masalan: 2.1 rasm Agar bitta raqam bilan belgilangan illustratsiya bir necha tasvirdan iborat bo’lsa ular kichik harflar bilan belgilanadi. (a,b,c. va h.k). Barcha illiustratsiyalarga matnda murojaat bo’lishi kerak. Illustratsiyalar alohida sahifada yoki matn orasida joylashtirilgan bo’lishi mumkin. 2. Jadvallar Jadvallar unga matnda birinchi murojaat bo’lgandan keyin darhol joylashtiriladi. Barcha jadvallar butun matn bo’ylab arab raqamlari bilan raqamlanadi. Agar ishda bitta jadval bo’lsa unda raqam qo’yilmaydi. Jadval raqamlanganda “№” belgisi ishlatilmaydi. Jadval mavzu sarlavhasi satr o’rtasidan birinchi harfi bosh qolganlari kichik harf bilan bir intervalda yoziladi. Mavzu sarlavhasi so’ngida foydalanilgan manbaalar ro’yhatiga mos ravishda jadval manbasi kvadrat qavsda yoziladi. BOG’LANISHLARNI RASMIYLASHTIRISH Matnda manbalarga bog’lanishlari foydalanilgan manbalar ro’yxatidagi tartib raqami bo’yicha qo’yilishi kerak. Manbaning tartib raqami kvadrat qavsga olinadi. Agar manbadagi aniq sahifaga murojaat qilinsa, sahifa raqami ham ko’rsatiladi, masalan: [3], [4, 6 b.].
9
Iqtiboslar qo’shtirnoq ichida bosh harfdan boshlab yoziladi. Agar iqtibos qisqartirilsa, tushirib qoldirilgan qismi o’rniga uch nuqta qo’yiladi. Masalan: A.Eynshteyn aytganidek. “Tarbiya ishiga har bir kishining individual qobiliyatini rivojlantirish haqida g’amxo’rlik qilish bilan ... e’tibor berish zarur”
Ilova matnda ko’rsatilgan tartibda foydalanilgan manbalar ro’yxatidan keyin joylashtiriladi. Ilovalarga turli jadvallar, grafiklar, algoritm blok sxemalari, dastur kodlari va boshqalar kirishi mumkin. Har bir ilova yangi sahifadan boshlanadi. Ilova butun ish bo’yicha umumiy raqamlanadi. “ILOVA” sarlavhasi yuqori o’ng burchakka yoziladi. Barcha ilovalar raqamlanadi, masalan: 1-ILOVA, I-ILOVA. Agar ilova bitta bo’lsa u raqamlanmaydi. Agar ilova sarlavhasi mavjud bo’lsa, u satr o’rtasidan bosh harfda yoziladi.
Foydalanilgan manbalar ro’yxati birinchi harfi bo’yicha alfavit tartibida joylashtiriladi. Avval o’zbek tilidagi, keyin boshqa tillardagi manbalar ko’rsatiladi. Har bir yangi manba yangi satrdan yoziladi. Hammualliflar familiyalari manbada keltirilgan tartibda ko’rsatiladi. Kitob, monografiya, hisobotlar qisqartmasiz to’liq yoziladi. Agar maqola jurnaldan olingan bo’lsa, quyidafi tartibda yoziladi: maqola muallifi, maqola nomi, ikkita yotiq chiziq (//), jurnal nomi, nuqta, nashr yili, nuqta, jurnal nomeri, nuqta, maqola sahifasi, nuqta.
1.
Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб ҳалқимиз билан бирга қурамиз. . “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. -485 б. 2. Парпиев Н.А., Рахимов Ҳ.Р., Муфтахов А.Г. Анорганик кимё (назарий асослари). - Тошкент, “Ўзбекистон”, 2000.-479 б. 10
1. Rux oksidini olinishi va xossalari. 2. Bor angidrini olinishi va xossalari. 3. Alyuminiy oksidini olinishi va xossalari. 4. Xrom (III) oksidini olinishi va xossalari. 5. Mis gidroksidini olinishi va xossalari. 6. Rux gidroksidini olinishi va xossalari. 7. Alyuminiy gidroksidini olinishi va xossalari. 8. α -qalay kislotasini olinishi va xossalari. 9. β -qalay kislotasini olinishi va xossalari. 10. Ortofosfat kislotasini olinishi va xossalari. 11. Ammoniy nitrat tuzini olinishi va xossalari. 12. Kaliy xromat tuzini olinishi va xossalari. 13. Natriy tеtraborat tuzini olinishi va xossalari. 14. Natriy sulfat tuzini olinishi va xossalari. 15. Mis nitrat tuzini olinishi va xossalari. 16. Mis sulfat tuzini olinishi va xossalari. 17. Mis (II) xlorid tuzini olinishi va xossalari. 18. Rux sulfat tuzini olinishi va xossalari. 19. Rux nitrat tuzini olinishi va xossalari. 20. Rux atsеtat tuzini olinishi va xossalari. 21. Alyuminiy nitrat tuzini olinishi va xossalari. 22. Alyuminiy sulfat tuzini olinishi va xossalari. KURS ISHINI BAJARISH UCHUN KO’RSATMALAR Quyida kurs ishi bo’yicha bir variantning qanday bajarilishi keltirilgan: Kurs ishi titul varaq bilan boshlanadi. Ikkinchi varaqda taqriz, uchinchi varaqda mundarija keltiriladi Keyingi varaqlarda kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati, kurs ishi so’ngida ilovalar joylashadi.
11
Na’muna uchun O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
KIMYO KAFEDRASI
NOORGANIK KIMYO FANIDAN “MINERALLAR KIMYOSI” mavzusida
Bajardi: kimyo yo’nalishi KM-21-17 gurux talabasi N.J.Abdullayev
Rahbar: __________G’.O.Mamajanov Sana “___”____________2019-yil.
Namangan – 2019 12
Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo’nalishi ________ guruh talabasi ________________________ ning Nooorganik kimyo
fanidan “Minerallar kimyosi” mavzusidagi yozgan kurs ishiga Taqriz
Ushbu kurs ishi “Minerallar kimyosi” mavzusida bo’lib, unda kimyoviy tushunchalar, mavzuga oid nazariyalar, fikrlar amaliy mashqlar qamrab olingan. Jumladan, minerallar kimyosi sanoatining rivojlanish tarixi va undagi ayrim kamchiliklar yoritib berilgan. Talaba kurs ishini bayon etishda fanga uslubiy qo’llanmalar internet ma’lumotlaridan foydalangan biroq ommaviy axborot nashrlaridan foydalanmagan. Bundan tashqari kurs ishini bayon etishda ba’zi bir jumlalarni, formulalarni tuzishda xatolikka yo’l qo’ygan. Yuqoridagilardan kelib chiqib hay’at azolari ijobiy ball berishlarini so’rayman.
Taqrizchi: _________________________
13
Mundarija № bet Kirish……………………………………………………………………. I Asosiy qism……………………………………………………………… I.1 Tuproqqa mineral o’g’itlar solishning zaruriyati…….……………… I.2 O’g’itlar klassifikatsiyasi………………………………………………. I.3 Ayirim og’itlar haqida ma’lumoylar……………..…………………… I.4 Yurtimizda o`g`it ishlab chiqarish......................................................... I.5 Mineral o’g’itlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari................. Xulosa........................................................................................................ Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati........................................................
14
O’rta Osiyo mintaqasida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi asosiy muammo mineral o’g’itlar yetishmasligidir. Mineral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar: O’zbekistonda yettita, Qozoqistonda uchta, Turkmanistonda uchta, Tojikiston va Qirg’izistonda esa yo’q. Ishlab turgan zavodlar azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarmoqda. Mintaqada kaliyli ma’danlar zaxirasiga boy bo’lib, Qashqadaryo viloyatida “Dexqonobod Kaliyli o’g’itlar zavodi” 200 ming t/yil, Turkmanistonda Tyubegatan koni asosida 1000 ming t/yil kaliyli o’g’it ishlab chiqarilmoqda. O’zbekistonda azot, fosfor va kaliyli o’g’itlarga bo’lgan 2005 yildagi talab quyidagicha: 100% li azot 761,82 ming. T. 100% li R 2 O 5 – 518,27 ming.t. va 100% li K 2
hisoblaganda 736,754 ming.t. azotli va 137,414 ming.t. fosforli o’g’itlar ishlab chiqarildi. 250 ming.t kaliyli o’g’it (K 2 O bo’yicha) Rossiyadan sotib olingan. O’zbekiston qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy maxsuloti paxta va dondir. Paxta xosildorligi 3 mln.t bug’doy esa 5 mln.t. dan ortiqroq. Ma’lumki, xar bir tonna paxta xar yili yerdan 45 kg azot, 15 kg R 2 O 5 va 45 kg K 2
2 O 5 , 24 kg R 2 O 5 o’zlashtiradi. Faqat ikkita qishloq xo’jalik maxsuloti (paxta va don) keltirilgan xosildorlikda xar yili yerdan 310 ming.t azot, 115 ming.t fosfor va 255 ming. t kaliy o’zlashtiradi. Boshqa maxsulotlar xam yerdan o’zi bilan katta miqdordagi ozuqa elementlarini olib chiqadi. O’zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti ko’rsatishicha, o’g’itsiz paxta xosildorligi 12 s/ga, xar gektarga 225 kg azot, 150 kg fosfor, 100 kg kaliy ishlatganda va to’g’ri agrotexnik qoidalariga amal qilinganda xosildorlik 30-35 s/ga yetishi tasdiqlangan. xozir o’rtacha paxta xosildorligi 24 s/ga teng. O’zbekiston qishloq xo’jaligi rivojlangan agrar mamlakatdir. Mexnatga loyiq axolining 40%i qishloq xo’jaligi ishlari bilan band. Paxta va boshoqli don yetishtiridigan asosiy ekinlardir. O’zbekistonning xozirgi rivojlanish bosqichida 30 milliondan ortiqroq axolini turli xil qishloq xo’jalik maxsulotlari bilan ta’minlashga katta e’tibor berilmoqda. Ekinlar xosildorligini oshirish va ularning sifatini yaxshilashda turli o’g’itlardan foydalanish asosiy omil xisoblanadi.
15
Qishloq xo’jalik maxsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda mineral o’g’itlar asosiy o’rinda turadi chunki yetishtiriladigan xosildorlikning deyarli 50% mineral o’g’itdan foydalanish xisobiga olinadi. Shuning uchun mineral o’g’itlar ishlab chiqarish muntazam o’sib boradi. Masalan, dunyo bo’yicha mineral o’g’itlarni qishloq xo’jaligida ishlatish 1994-1995 yillarda 121,8 mln. tonnani tashkil qilgan 1997-1998 yillarda esa 134,1 mln. tonnaga yetdi . Xozirgi kunda birgina Xitoy davlatida 40 mln. tonna mineral o’g’it ishlab ishlab chiqarilmoqda. 1994 – 2000 yillarda ushbu mamlakatda 17 ta azotli va 11 ta fosforli o’g’itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar qurildi. Fosfor xom ashyo zaxiralariga ega bo’lgan va o’g’it ishlab chiqarish sanoati rivojlangan mamlakatlarda qatoriga Rossiya, Qozog’iston, Ukraina, Belorusiya, Markaziy Osiyoda esa O’zbekiston Respublikasi kiradi. Mendeleyev davriy
jadvalidagi 40 dan ortiq kimyoviy elementlar o’simliklarning normal xolatida o’sishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Jumladan, azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, oltingugurt va magniy o’simlikning asosiy oziq moddalari xisoblandi. Tuproq unumdorligini oshirishda va undan olinadigan qishloq xo’jalik ekinlarining xosildorligini ko’tarishda qo’llaniladigan barcha mineral o’g’itlar ichida fosforlisi yetakchi rol o’ynaydi. Fosforli o’g’itlarga bo’lgan talabni qoplash fosfor xom ashyosini qazib olish va qayta ishlash korxonalarining quvvatini oshirish asosida bajariladi. Ishlab turgan korxona uskuna va qurilmalaridan foydalanib juda qisqa muddatda maxalliy xom ashyo manbalarini qayta ishlab o’g’it olish muxim axamiyatga ega. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling