Kurs ishlarini bajarish
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi (Uslubiy ko'rsatma).
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqdan xosil bilan chiqib ketadigan ta’sir etuvchi moddalar. (kg/ga) 1-jadval
- Xosilni, o’g’it qo’llash xisobiga o’zgarishi (ts/ga). 3-jadval
- O`g`itlarning klassifikatsiyasi 4-jadval
- KELIB CHIQISHIGA KELIB CHIQISHIGA KO`RA KO`RA AGREGAT HOLATIGA AGREGAT HOLATIGA
- OZUQA ELEMENTI TURIGA KO`RA TURIGA KO`RA ORGANIK ORGANIK O`G`ITLA O`G`ITLA
- QATTIQ O`G`ITLAR QATTIQ O`G`ITLAR ODDIY O`G`ITLAR ODDIY O`G`ITLAR MIKRO O`G`ITLAR MIKRO O`G`ITLAR
16
1.1 Tuproqqa mineral o’g’itlar solishning zaruriyati Kimyolashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va tuproqning unumdorligini oshirish borasidagi boshqa
tadbirlar qishloq
xo’jaligini yuksaltirishdagi asosiy yo’nalishlardan hisoblanadi. Qishloq xo’jaligini izchil va xar tomonlama intensivlashda kimyolashtirish aloxida axamiyat kasb etadi. Kimyolashtirish o’g’itlar, o’simliklarni muxofaza qilishning kimyoviy vositalari, gerbitsidlar, defoliantlar va desikantlardan foydalanishdan iborat. O’simlik o’sish davrida ba’zi elementlarni xavodan barg orqali, ba’zilarini tuproqdan oladi. O’simliklar tarkibiga 70 dan ortik kimyoviy elementlar kiradi. Ulardan 16 tasi: orgonogenlar deb ataladigan - uglerod, kislorod, vodorod, azot; zolli elementlar deb ataladigan - fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy va oltingugurt; mikroelementlar deb ataladigan - bor, molibden, mis, rux, kobalt, marganets va temir o’simliklarning xayot faoliyati davomida muxim axamiyatga egadir. Bir element o’rnini boshqasi bosa olmaydi, chunki ularning xar bir o’simliklarda o’ziga xos funktsiyalarni bajaradi. O’simliklar va tuproq tarkibiga boshqa elementlar xam, masalan: kremniy, natriy, xlor va boshqalar kirishi mumkin. Ammo bu yoki boshqa elementlarning bo’lishi o’simliklar xayoti uchun muxim axamiya kasb etmaydi. Yashil o’simliklarga atmosferadan keluvchi asosiy elementlar uglerod, kislorod va vodorod xisoblanadi. Bu elementlarning ulushi o’simlikning quruq. massasiga nisbatan 93,5% ni tashkil etadi, shu jumladan uglerodga - 45%, kislorodga - 42% va vodorodga - 6,5% to’g’ri keladi. O’simlikning me’yorida o’sishi va rivojlanishi uchun uni yetarli miqdordagi ozuqa moddalari bilan ta’minlanishi kerak. O’simliklar uchun azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy, oltingugurt va temir asosiy ozuqa moddalari xisoblanadi. O’simliklardagi bu elementlar miqdori yuzdan bir ulush foizdan bir necha foizgacha bo’ladi va makroelementlar deyiladi. O’simliklarga bulardan tashqari, bor, molibden, mis, marganets, rux va boshqa shular kabi bir qator o’simlik va tuproqda mingdan bir ulush foizda bo’ladigan moddalar zarurdir. Ularni mikroelementlar deyiladi. O’simliklarning xayotiy faoliyatida uglerod, kislorod va vodoroddan keyin azot
17
fosfor va kaliy xam muxim axamiyatga egadir. Bunday elementlar tutgan o’simliklarning ozuqa maxsulotlari qishloq xujaligida asosiy mineral o’g’itlar nomi bilan yuritiladi. Fosfor, azot va kaliy o’simlik uchun eng zarur ozuqa moddalardir. O’simlik bu elementlarni tuproqdan oladi, tuproqda bu moddalar miqdori yildan- yilga kamayib, tuproqning unumdorligi pasayib boradi, bu ekinning xosildorligiga salbiy ta’sir etadi. Tuproqning unumdorligini oshirish uchun yerni yetarli darajada o’g’itlanishi kerak. Go’ng - organik o’g’itlardan eng foydaligi xisoblanadi. Go’ng tarkibida uning xar tonnasida 5 kg azot, 2,5 kg fosfat angidrid va 6 kg kaliy oksid bo’ladi. Tuproqni ozuqa moddalari bilan yetarlicha ta’minlashi uchun gektariga 20 t dan 40 t gacha go’ng solinishi lozim. Organik o’g’itlar qishloq xo’jaligining kun sayin o’sib borayotgan talabini qondira olmaydi, chunki go’ng va boshqa organik o’g’itlar tarkibidagi ozuqa moddalari mineral o’g’itlardagiga nisbatan bir necha barobar kamdir. Masalan, 1 t go’ng tarkibida 5 kg azot bo’lsa, 1 t ammiakli selitrada 350 kg azot bo’ladi. Lekin, mineral o’g’itlarni bilgan xolda, me’yorida ishlatilishi kerak. Tuproqni o’g’itlashtirishning o’zigina xosildorlikni oshirishning yagona sharti bo’lib xisoblanmaydi. Buning uchun tuproqning sifatini yaxshilanishi, ekinni belgilangan vaqtda sug’orilishi, turli kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish lozimdir.
1-jadval Ta’sir etuvchi moddalar Xosildorlik Qishki bug’doy 30 s/ga
Shakar lavlagi 270 s/ga
Jo’xori ko’k poyasi
600ts/ga N 2 112
166 150
P 2 O 5
39 42 70
K 2 O 77 157
200 18
2-jadval Maxsulot turi 1t solingan o’g’it xisobiga (N 2 , P 2 O 5 , K 2 o’sishi, t N 2 P 2 O 5
K 2 O Paxta 10-14
5-6 2 Shakar lavlagi 120-160 50-55
40-50 Bug’doy
12-15 7-8
3-4
3-jadval
O’g’itsiz O’g’it bilan Paxta
8-9 27-30
Bug’doy 7-8
20-40 Shakarqamish 100-120 200-500
Mineral o’g’itlardan foydalanilganda paxta va boshqa texnika ekinlarining xosili tobora ortmoqda. Masalan, 1930 yilda O’rta Osiyo respublikalarida xar gektar yerdan 7-8 s paxta olingan bo’lsa, xozirga paytga kelib, gektaridan o’rta xisobda 29,2 s xosil olinmoqda. Tuproqga solingan xar 1 kg fosfor qo’shimcha 6-7 kg paxta, 50-60 kg kartoshka, xar 1 kg azot esa qo’shimcha ravishda 15-20 kg paxta va 150 kg kartoshka olish imkonini bermoqda. Mineral o’g’itlar ekinning xosildorligiini oshirishi bilan birgalikda maxsulotlar sifatini xam yaxshilaydi: dondagi oqsil va kartoshkadagi kraxmal miqdorlarini ko’paytiradi, paxta tolasining pishiqligini oshiradi. Xosildorlikni oshirishdagi omillarni baxolashda: AQSh da 50% gacha. Frantsiyada 50-70% gacha qo’shimcha xosil olish o’g’itlar xissasiga to’g’ri keladi. O’tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, xosildorlikning oshirishdagi o’g’itlarning ulushi MDX, mamlakatlarining qoratuproqli mintaqalarida 40-50% ga,
noqoratuproqli mintaqalarida 60-75% ga O’rta Osiyoda, xususan, O’zbekiston Respublikasi xududidagi unumdor tuproqlarda 50-60% ga to’g’ri keladi. O’simliklar yaxshi
19
o’sishi, mo’l hosil berishi va uzoq yil yashashi uchun tuproqqa o’g’it solish kerak. O’g’it tarkibida turli mineral tuzlar, mikroelementlar va boshqalar bo’ladi. O’simliklar tuproqdan o’zi uchun kerakli tuzlarni oladi. Agar kerakli mineral tuzlar yetishmasa, ularda ichki va tashqi o’zgarishlar sodir bo’lishi yoki qurib qolishi mumkin. O’simliklaming mineral tuzlarga bo’lgan ehtiyojini aniqlashga doir ko’pgina ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Natijada ularda qaysi tuz yetishmasa, qanday o’zgarishlar sodir bo’lishi aniqlangan. O’g’itlar, asosan, ikki guruhga bo’linadi. Birinchisi, hammamizga ma’lum bo’lgan organik o’g’itlar, ya’ni go’ng. Ular tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosildorligini oshiradi, o’simliklar uchun zarur bo’lgan moddalarni hosil qiladi. Ikkinchisi mineral o’gitlar. Bu o’g’itlar kimyo zavodlarida maxsus tayyorlanadi. O’zbekistonda Navoiyda, Chirchiqda va boshqa joylarda mineral o’g’itlar ishlab chiqaradigan zavodlar bor. Mineral o’g’itlar har xil bo’ladi. Ular azotli (selitra), fosforli va kaliyli o’g’itlardir. O`g`it bu- Tarkibida ozuqa elementlari tutgan tuproqqa qo`shiladigan organic va norganik (menaral) moddalar o`g`itlar deb ataladi. Ozuqa elementi bu - Tuproq tarkinida mavjud bo`lib, o`simliklarni o`sishini ta’minlovchi elementlar (ozuqa elementlari) deyiladi. Mineral o’g’itlar. - Ular o’simliklarga har xil ta’sir qiladi. Masalan, azotli o’g’itlar o’simliklarning o’sishini tezlashtirsa, fosforli va kaliyli o’g’itlar mo’l hosil to’planishiga va uning tez pishib yetilishiga yordam beradi. Qisqa qilib aytganda o’g’itlar mo’l hosil garovidir. Lekin o’g’it solishda uning me’yoriga qat’iy rioya qilish zarur. 1.2 O’g’itlar klassifikatsiyasi O’g’itlar kelib chiqishiga ko’ra, noorganik — mineral, organik, organo-mineral va bakterial turlariga klassifikatsiyalanadi. Ular qattiq, suyuq va suspenziyali xolatda bo’lishi mumkin. Mineral o’g’itlar ( yoki sun’iy o’g’itlar ). Ularni sanoatda — ishlab chiqariladi: noorganik xom ashyolarni kimyoviy yoki mexanik qayta ishlash (masalan, agroximyoviy rudalar — fosforitlar, kaliyli tuzlar, dolomitlar va xokazolarni maydalash) orqali tayyorlanadigan noorganik maxsulotlardan xosil qilinadi. Xom ashyo sifatida xizmat qiladigan xavo azotidan yoki tarkibida 20
o’simliklar uchun ozuqa bo’ladigan moddalar tutgan ayrim kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarining oraliq maxsulotlaridan olingan moddalar xam mineral o’g’itlar qatoriga kiradi. O`g`itlarning klassifikatsiyasi 4-jadval Masalan, ammoniy sulfat — kokslash pechi gazlari yoki kaprolaktam ishlab chiqarishning oraliq maxsulotlaridan olinadi. Xom ashyoni kimyoviy qayta ishlash natijasida olinadigan mineral o’g’itlar ta’sir etuvchi moddalarning yuqori kontsentratsiyaliligi bilan ajralib turadi. Organik o’g’itlar. Ulardagi elementlar o’simlik va xayvonlardan olinadigan chiqindi moddalar tarkibida bo’ladi. Bunday o’g’itlarga birinchi navbatda go’ng, shuningdek o’simlik va xayvonlardan chiqadigan chiqindilar (torf, kunjara, balik va parranda chiqindisi, suyak uni, axoli chiqindisi va turli oziq-ovqat maxsulotlari chiqindilari )ni qayta ishlash natijasida olinadigan maxsulotlar xam kiradi, bunga yashil o’g’itlarni xam kiritish mumkin. Organo- O`G`ITLAR
21
mineral o’g’itlar tarkibida organik va mineral moddalar bo’ladi; bunday o’g’itlar torf, ko’mir va boshqalar kabi organik moddalarni ammiak yoki fosfat kislota bilan qayta ishlash orqali olinadi. Ularni shuningdek go’ng yoki torfni fosforli o’g’itlar bilan aralashtirish yo’li bilan xam olinadi. Bakterial o’g’itlar - tuproqdagi va o’g’itlardagi xavo
azoti yoki
minerallashgan organik
moddalar bilan
oziqlanuvchi mikroorganizmlar tutgan preparatlar kiradi. Bunday o’g’itlar qatoriga azotobakterin, tuproq nitragini kiradi. Mineral o’g’itlar agrokimyoviy ta’siri bo’yicha to’g’ridan - to’g’ri ishlatiladigan, bilvosita foydalaniladigan va o’simliklar o’sishini boshqaruvchi preparatlar turlariga bo’linadi. To’g’ridan – to’g’ri ishlatiladigan o’g’itlar o’simliklarning bevosita oziqlanishiga mo’ljallangan. Ular tarkibida o’simliklar xayoti uchun muxim bo’lgan elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, temir, shuningdek mikroelementlar (bor, molibden, mis, rux, kobalt) tutadi. To’g’ridan – to’g’ri ishlatiladigan o’g’itlar, uz navbatida, oddiy ( bir yoqlama ) va kompleks ( ko’p yoqlama ) o’g’itlarga bo’linadi. Oddiy o’g’itlar tarkibida o’simliklar oziqlanuvchi elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, bor va boshqalardan bittasi bo’ladi. Ular xam o’z navbatida azotli, fosforli, kaliyli, mikroelementli o’g’itlar turlariga bo’linadi. Mikroo’g’itlar — kam me’yorda ( gektariga gramm va kilogrammlarda ) qo’llaniladigan o’g’itlar xisoblanadi. Tarkibida mikroelementlar tutgan — borat kislota, mis( P ) - sulfat, ammoniy molibdat va boshqa texnik tuzlar ishlatiladi. Kolchedan kuyundisi, marganetsli quyqum ( shlam ), cho’ktirilgan magniy borat va boshqa mikroelementli chiqindilar suvda erimaydi. Ularni suvda eriydigan xolatga qayta ishlanadi yoki to’g’ridan-to’g’ri o’g’it sifatida ishlatiladi. qishloq xo’jaligida suvda eriydigan xam, suvda erimaydigan xam mikroo’g’itlar ishlatiladi. Murakkab o’g’itlar — tarkibida kamida ikkita ozuqa elementi tutgan o’g’itlar xisoblanadi. Ikkilamchi komplekslar o’g’itlar ( masalan, azot-fosforli, azot-kaliyli, fosfor-kaliyli ) va uchlamchi kompleks o’g’itlar ( masalan, azot-fosfor-kaliyli ) turlarga bo’linadi. Murakkab o’g’itlar tarkibida shuningdek mikroelementlar, pestitsid va o’stiruvchi moddalar qo’shimchalari xam bo’lishi mumkin. Murakkab o’g’itlar ularni ishlab chiqarish xususiyatiga ko’ra guruxlanadi: - aralash o’g’itlar turli kukunsimon yoki donadorlangan tayyor o’g’itlarni 22
mexanik usulda aralashtirish yuli bilan olinadi; - murakkab-aralash donadorlangan o’g’itlar aralashtirish jarayonida kukunsimon tayyor o’g’itlarni suyuq reagentlar ( ammiakli suv, fosfat yoki sulfat kislota va boshqalar ) qo’shish bilan aralashtirilish orqali olinadi; - murakkab o’g’itlar yagona texnologik jarayonda xom ashyoni qayta ishlash orqali olinadi. Bilvosita foydalaniladigan o’g’itlar — o’g’itlardan foydalanish sharoitini yaxshilash maqsadida tuproqqa kimyoviy, fizik va mikrobiologik ta’sir etish uchun o’g’itlanadi, masalan, tuproq kislotaliligini neytrallash uchun maydalangan oxaktosh, dolomit yoki so’ndirilgan oxak qo’llaniladi; sho’rxok tuproqlar melioratsiyasi uchun gips ishlatiladi, shu bilan bir vaqtda u kaltsiy manbai xisoblanadi; tuproq kislotaliligini (fosforli o’g’it bilan solinadigan fosfor birikmalarining eruvchanligini oshirish maqsadida) oshirish uchun natriy bisulfit ishlatiladi. O’g’itlar fiziologik xususiyatlariga ko’ra: kislotali, fiziologik ishqoriy va fiziologik neytral turlariga bo’linadi. Fiziologik kislotali o’g’itlarga o’simliklar asosan kationlarni o’zlashtiradigan o’g’itlar kiradi, anionlar esa tuproq eritmasini kislotaliligini oshiradi, masalan, ammoniy sulfat, ammoniy nitrat, kaliy xlorid, kaliy sulfat va boshqalar. Fiziologik kislotali o’g’itlarga ammoniyli azotli o’g’itlar, shuningdek karbamid xam kirishi mumkin. Nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar ta’sirida ammiak nitrat kislotagacha oksidlanishi natijasida tuproq kislotaliligi ortadi.
Organik o`g`itlarga - hayvonlar va qushlar chiqindilari, hamda o`simliklar chiqindilarini kiritish mumkin. Anorganik o`g`itlarga - Mineral o`g`itlar, tabiatda mavjud bo`lgan yoki sintez qilingan Anorganik moddalar kiradi. Agregat holatiga ko`ra: Suyuq o`g`itlarga - kas asosidagi universal ozuqa eritmalar, kas suyuq azotli o`g`it, ammiyakli selitra asosidagi universal ozuqa eritmalarni misol qilib ko`rsatish mumkin.
23
Qattiq o`g`itlarga - natriyli selitra, kaliyli selitra, ammiyakli selitra, ammoniy sulfat, karbomid (machavina), oddiy va qo`sh superfosfatlarni misol qilib ko`rsatish mumkin.
Tarkibiga ko`ra Oddiy o`g`itlarga - o`simliklar kuli kaliy sulfat va kaliy xloridlar kiradi. Mikro o`g`itlarga - tarkibida B, Cu, Co, Mn, Zn, Mo, J kabi mikroelementlari mavjud bo`lgan o`g`itlar kiradi. Kompleks o`g`itlarga - tarkibida ikkitadan ortiq ozuqa elementi mavjud bo`lgan o`g`itlar Kompleks o`g`itlar deyiladi. Bularga- ammofos (NH 4 )
HPO 4 , kaliyli selitra KNO 3 , kabilar kiradi. Ozuqa elementi turiga ko`ra: Azotli o`g`itlarga - ammiakli selitra- NH 4 NO
3 , ammoniy sulfat- (NH) 4 SO
, natriyli selitra- NaNO 3 , kalsili selitra- Ca(NO) 3 , karbomid (mochavina)- CO(NH 2 )
, kabilar misol bo`ladi. Kaliyli o`g`itlarga - kaliy xlorid- KCl, silvinit- KCI ∙ NaCl, kaliy sulfat-K 2 SO 4 , kianit- MgSO 4 ∙ KCl ∙ 3H 2 O, hamda o`simliklar kuli misol bo`ladi. Fosforli o`g`itlarga - fosforit uni- Ca 5 (PO 4 ) 3 F, oddiy superfosfat- Ca(H 2 PO 4 ) 2 ∙ CaSO
4 ∙ 4H
2 O, qo`sh superfosfat - Ca(H 2 PO
) 2 , pretsipitat - CaHPO 4 ∙ 2 H 2 O, ammofos- Ca(H 2 PO 4 ) 2 ; (NH 4 )HPO 4 ; va NH 4 H
PO 4 , diammofos- (NH 4 ) 2 HPO 4 , leynafos- (NH4) 2 SO 4 . (NH4) 2 HPO
4 lar aralashmasi misol bo`ladi. Azotli o`g`itlar. Natriyli selitra (natriy nitrat) NaN0 3 - tarkibida 15-16% azot bo`ladi. Ammiak olishning sintetik usuli ishlab chiqilgunga qadar natriyli selitra Chilidagi guanoning tabiiy qatlamlaridan qazib olinar va asosiy azotli o`g’it x.isoblanar edi. xozirgi vaqtda oz miqdorda chiqarilayotgan natriyli selitra ammiakdan nitrat kislota olishdagi qo’shimcha maxsulot xissoblanadi. U oq yoki sarg`ish-qo’ng`ir rangli mayda kristall tuz, suvda yaxshi eriy - di. Birmuncha gigroskopik, noqulay sharoitlarda saqlanganda mushtlashib, qotib qolishi mumkin. Turli saqlanganda birlashmaydi va yaxshi sochiluvchanligini saqlab qoladi. Kalsiyli selitra (kalsiy nitrat) Ca(NO 3 ) 2 -tarkibida 13 - 15% azot bo’ladi. U nitrat 24
kislotani bo`r yoki oxak bilan neytrallash orqali bilinadi: 2HNO
3 + CaCO
3 = Ca(NO
3 ) 2 + CO 2 + N 2 O.
Kalsiy nitrat - oq rangli kristall tuz, suvda yaxshi eriydi. Nihoyatda gigroskopik bo`lib, xatto normal sharoitda saqlanganda ham juda namiqadi, suyuqlanadi va birlashib qoladi. U nam o’tkazmaydigan qilib o’ralgan xolda tashiladi va saqlanadi. Kristall kalsiyli selitraning gigroskopikligini kamaytirish uchun gidrofob qoplamlar ishlatib granullanadi. Lekin granullash ham o`g`itning noqulay fizik xossalarini batamom yoqotmaydi. Natriyli va kalsiyli selitralar-fiziologik jixatdan ishqoriy o`g`itlardir. Usimliklar Na + yoki Ca
+2 kationlariga qaraganda NO -3 anionlarni ko’proq miqdorda o’zlashtiradi va bu kationlar tuproqda qolib, uning muhitini ishqoriylashtiradi. Bu o`g`itlar kislotali chimli-podzol tuproklarda doimiy ishlatilganda sezilarli darajada neytrallovchi ta`sir etib, tuproqning kislotaliligini kamaytiradi. Tuproqda selitralar tez eriydi va tuproqning yutuvchi kompleksidagi (PPK) kationlari bilan almashinish reaktsiyalariga kirishadi: Na + yoki Ca 2+ kationlar tuproqqa yutiladi, N0 3~ anionlar esa nihoyatda xarakatchanligini saqlagan holda tuproq eritmasida qoladi. Kaliyli o`g`itlar. Kaliy hayvonlar, o`simliklar va mikroorganizmlar uchun zarur elementlar qatoriga kiradi. Kaliyning ko`p qismi o`simlik hujayrasining shirasida bo`ladi. O`simlikning tunasida engil harakatchanlikka ega bo`lib, ildizdan kechasi ajraladi va kunduzi yana singadi. O`simliklarning eski qari bargidan yomqir suvlari kaliyni ko`plab yuvadi. O`simlikda kaliy bir tekis tarqalmagan, uning ko`p qismi modda almashinuvi va hujayraning bo`linishi intensiv ravishda ketayotgan organlarida mirestemasida, yosh novdalarida bo`ladi. Kaliy o`simlikning changdonida ham ko`p bo`ladi. Makkajo`xorining changdonida 35,5% gacha bo`ladi. Kaliy o`simliklarning tovar bo`lmagan qismida ko`p bo`ladi. Kaliy o`simliklarda fotosintez jarayonini normal o`tishini taminlaydi. Fermentlar tarkibiga kirmaydi. Lekin ularning faoliyatini tezlashtiradi. Protoplazma kolloidlarining gidrofillik qobiliyatini kuchaytiradi. 25
Kaliyning tasirida o`simliklar suvni o`zida ushlab turish qobiliyatini oshiradi. qisqa muddatli qurqoqchilikka chidamliligini kuchaytiradi. Kaliy bilan oziqlanish yaxshi bo`lgan sharoitda o`simliklarda uglevodlarning tez to`planishi natijasida meva va sabzavotlarda qandning, kartoshkada kraxmalning, zig`ir va boshqa tolali ekinlada tolasining ingichkaligi va mustahkamligi ortadi. X ujayra shirasining osmotik bosimi va ekinlar sovuqqa chidamliligi ortadi. O`simliklar kaliy bilan yaxshi taminlansa, oqsil ko`p hosil bo`ladi,azotni yaxshi o`zlashriradi. Ko`pgina qishloqxo`jaligi ekinlarida kaliy azotga nisbatan ancha kam bo`ladi. Lekin hamma o`simliklar va mikroblar kaliyni fosforga nisbatan ko`p istemol qiladi. Kaliy yetishmaganda o`simlik barglarining qirralari qizil-qo`ng`ir tusga kiradi.Ularning rivojlanishi va xosilning etilishi kechikadi. O`simliklar o`zlarining har xil o`suv davrlarida kaliyni har xil miqdorda qabul qilmaydilar. Masalan, zig’ir gullashdan oldin 25,1 % gullash boshlanganda 73,7%, to`la gullaganda 98,7% qabul qiladi. Qishloq xo`jaligi ekinlari kaliyni birday talab qilmaydilar. Kaliyni nisbatan ko`p talab qiladigan qishloqxo`jalik ekinlariga qand lavlagi, karam kartoshka ildiz mevalilar, beda, kungaboqar, grechixa, don dukkakli ekinlar va makkajo`xori kiradi.Arpa, tariq, bug`doy, javdarlarning donida kaliyni miqdori kam bo`ladi. Kaliy azot va fosfordan farq qilib o`simliklarning vegetatsiya qismida ko`p bo`ladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling