Ilmiy Kengash ilmiy kotibi t.f.d., professor D.Chuyanov:
Hurmatli Ilmiy kengash raisi va Ilmiy kengash a’zolari!
Xudaynazarov Dilshod Xushvaqtovich to‘g‘risida va uning hujjatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar bilan Sizlarni tanishtirib o‘taman.
Xudaynazarov Dilshod Xushvaqtovich 1982 yilda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tug‘ilgan.
2005-yilda Toshkent avtomobil va yullar institutining bakalavriyatini,
2013-yilda Toshkent davlat texnika universitetning magistraturasini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 2013-2015 yillarda Toshkent davlat texnika universitetning “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasi assistenti.
2015-2016 yillarda Toshkent davlat texnika universitetning “Mashina mexanizmlari va detallari” kafedrasi assistenti.
2016-2017 yillarda Toshkent davlat texnika universitetning “Materiallar qarshiligi” kafedrasi assistenti.
2017-2020 yillarda Toshkent davlat texnika universitetning “Materiallar qarshiligi va mashina detallari” kafedrasi assistenti lavozimida ish faoliyatini olib borgan.
2020 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent davlat texnika universitetning “Materiallar qarshiligi va mashina detallari” kafedrasi kata o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Shu kungacha D.X.Xudaynazarovning 20 dan ortiq ilmiy ishlari mavjud bo‘lib, dissertatsiya ishi bo‘yicha 12 ta ilmiy ish chop etilgan. Shulardan 1 ta patent, 3 tasi OAK ro‘yxatidagi ilmiy-texnik jurnallarda (1 ta xorijiy va 2 ta Respublika jurnallari), 6 ta xalqaro va 2 ta Respublika miqyosidagi konferensiya to‘plamlarida.
D. Xudaynazarov malakaviy imtihonlarni topshirgan, mutaxassislik bo‘yicha 78 (yaxshi), chet tili (ingliz) bo‘yicha 71 ball bilan baholangan.
-Tuproqqa ishlov berish mashinalari va nazariyasi (qo‘shimcha) -71 ball
- Qishloq xo‘jalik texnikalariga texnik servis ko‘rsatishni tashkil etish (qo‘shimcha) -72 ball
- Qishloq xo‘jaligi mashinalarida yangi texnik yechimlar (qo‘shimcha) -73 ball
Dissertatsiya ishi yakuni bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotnomasini olgan.
Xudaynazarov Dilshod Xushvaqtovich oilali 2 nafar farzandi bor.
Ilmiy Kengashga taqdim etilgan barcha hujjatlar OAK talablariga javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |