Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy Kengash yig‘ilishini OLIB BORISh TARTIBI
RAIS: Assalomu alaykum Ilmiy kengash yig‘ilishi qatnashchilari!
Kengash majlisida Oliy attestatsiya komissiyasi rais qarori bilan tasdiqlangan 15 nafar kengash a’zolarining ___ nafari qatnashmoqda, majlisni olib borish uchun vakolat yetarli, - qanday taklif bor, zaldan taklif berildi.
“- ochilsin!”
Rais: Taklif ovozga qo‘yiladi: - tarafdorlar __ nafar, qarshilar yo‘q, betaraflar yo‘q.
Majlis “ochiq” deb e’lon qilinadi.
Kengash majlisi kun tartibi tarqatilgan.
KUN TARTIBI
1. Xudaynazarov Dilshod Xushvaqtovichning 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun takomillashgan ozuqalarni tarqatish qurilmasining parametr va ish rejimlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishini himoyaga qabul qilish.
Ilmiy rahbar: Karshiyev Faxriddin Umarovich
texnika fanlari doktori, dosent.
Rais: Kun tartibi bo‘yicha qanday taklif bor?
- zaldan taklif berildi “tasdiqlansin”
Rais: “tasdiqlansin” degan taklifni ovozga qo‘yadi:
- tarafdorlar ___ nafar, -qarshilar yo‘q, - betaraflar yo‘q.
Ovoz natijasiga ko‘ra kun tartibi tasdiqlandi.
Rais: Kun tartibidagi 1-masalani ko‘rib chiqishga o‘tamiz.
1. Xudaynazarov Dilshod Xushvaqtovichning 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun takomillashgan ozuqalarni tarqatish qurilmasining parametr va ish rejimlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishini himoyaga qabul qilish.
Dissertatsiya ishi Qarsh muhandislik-iqtisodiyot institutida bajarilgan.
Ilmiy seminarning 2023 yilning 29 aprelda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida, mazkur dissertatsiya ishi ko‘rib chiqilib, ijobiy xulosa berilgan.
Tadqiqotchi va u tayyorlagan dissertatsiya ishi yuzasidan topshirilgan hujjatlar haqida qisqacha ma’lumot berish uchun so‘z Ilmiy Kengash ilmiy kotibiga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |