Piroliz moyi asosida beton qorishmalari uchun superplastifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni qo’llash
Download 32.5 Kb.
|
Taqrizchi 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoni o’rganilganlik darajasi
- “Piroliz moyi asosida beton qorishmalari uchun superplastifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni qo’llash”
- Taqrizchi, Navoiy davlat konchilik va universiteti professori, t.f.d., prof . F.E.Umirov
Ismoilov Feruz Sobirovichning “Piroliz moyi asosida beton qorishmalari uchun superplastifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni qo’llash” mavzusidagi 02.00.14-Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo’yicha (texnika fanlari) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi avtoreferatiga TAQRIZ Respublikamizda kimyo sanoatida modernizatsiya qilishda, ishlab chiqarish korxonalarini mahalliy xomashyo bazalarida o’tqazish va import o’rnini bosadigan organik qo’shimchalar ishlab chiqarish va qo’llash bo’yicha bir qancha ilmiy va amaliy natijalarga erishilmoqda. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha xarakatlar strategiyasida “ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlaydigan mahsulot va texnologiyalarning tubdan yangi turlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirish” bo’yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada qurilish sanoatida beton qorishmalari uchun samarali superplastifikatorlar ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish ishlari olib borish hamda amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoni o’rganilganlik darajasi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarining qurilish sanoatida beton qorishmalari uchun organik qo’shimchalar asosida superplastifikatorlar ishlab chiqish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Yuqori samarali superplastifikator yaratish va ularni ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, chet olimlari V.G. Batrakova, L.I. Dvorkin, B.C. Izotov, V.I. Kalashnikov, T.I. Rozenberg, J. Ronsero, V.V. Stolnikova, B.D. Trinker, A.B. Usherov-Marshak V.R., Falikman va boshqalar tomonidan turli plastifikatorlar tuzilishi va fizik-mexanik qonuniyatlarni o’rganish bo’yicha ko’pgina tadqiqotlar o’tkazilgan. Respublikamizda A.T. Jalilov, N.A.Samigova, M. Iskandarova, N. Talipova, To’laganov А.А., Adilxo’jayev А.I., Asqarov B.A., Akramov X.А., А.А. Toxirov, Хоdjayev С.А., Abbasxonov N., Turapov M., Karimov M.U kabi olimlar beton qorishmasi uchun superplastifikatorlar sintez qilish muammolarini o’rganishga, mahalliy homashyo va sanoat chiqindilari asosida superplastifikator sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan kimyoviy birikmalar sinteziga katta hissa qo’shganlar. Bugungi kunda mahalliy hom ashyolar asosida yuqori samarali superplastifikator olish va ularni qo’llash kimyo sanoati uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning maqsadi piroliz moyi asosida beton qorishmalari uchun superplastifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ulari qo’llashdan iborat. Tadqiqotning ilmiy yangiligi qo’yidagilardan iborat: piroliz moyi, sulfat kislota, formaldegid va neytrallovchi birikmalar asosida sintez qilingan yangi tarkibli organik kimyoviy plastifikatsiyalovchi qo’shimchalari olingan hamda jarayonning optimal sharoitlari aniqlangan; olingan yangi superplastifikatorlar tarkibidagi funksional guruxlar va ularning fizik- kimyoviy xossalari aniqlangan; olingan superplastifikatorning sement tizimlarining fizik-mexanik xususiyatlariga ta’siri aniqlangan; olingan superplastifikator qo’shilishi bilan sement tizimlarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’rganilgan; olingan superplastifikatorlarning konsentratsiyasiga bog’liq holda beton qorishmasining oquvchanligi va mustaxkamligi aniqlangan. dissertatsiya ishida qo’yidagi kamchilik va takliflarni e’tiborga olinsa maqsadga muvofiq bo’ladi: 1. Piroliz moyi, sulfat kislota, formaldegid va neytrallovchi birikmalar asosida sintez qilingan yangi tarkibli organik kimyoviy plastifikatsiyalovchi qo’shimchalarni olgansiz. Sintez qilish jarayonida yuqoridagi xomashyolardan tashqari boshqa moddalardan ham foydalanganmisiz? 2. Avtoreferatda tadqiqot usullaridan SEM, IQ kabi tahlilllardan foydalanilgan. Avtoreferatning yozuv qismida esa tahlil natijalari keltirilmagan. Koʼrsatilgan kamchiliklar dissertatsiya ishining ilmiy va amaliy qiymatini, olingan natijalarning ahamiyatini kamaytirmaydi. Ismoilov Feruz Sobirovich tomonidan tayyorlangan dissertatsiya ishi 02.00.14-Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi dolzarb yo‘nalish bo‘yicha yuqori saviyada bajarilgan nazariy va eksperimental tadqiqot. Mazkur ish dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va chop etilgan ishlari soni bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiyasi ishi OAK tomonidan qo‘yiladigan talablariga to‘la javob beradi. Ismoilov Feruz Sobirovich tomonidan bajarilgan “Piroliz moyi asosida beton qorishmalari uchun superplastifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni qo’llash” mavzusidagi dissertatsiya ishini 02.00.14-Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi texnika fanlari bo‘yicha Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.16/30.12.2019.T.87.01 raqamli ilmiy kengashda himoya qilish uchun tavsiya etaman. Taqrizchi, Navoiy davlat konchilik va universiteti professori, t.f.d., prof. F.E.Umirov Download 32.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling