Ўзбекистон Республикаси Олий аттестация комиссияси Раёсатининг 015 йил январдаги 12–сонли қарорига асосан, Тошкент автомобил-йўллар институти, Тошкент давлат техника университети


Download 30.86 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi30.86 Kb.
#1553367
1   2   3   4
Bog'liq
ОЛИБ БОРИШ Химояга кабул килиш ҚФ,1

Ilmiy Kengash raisi F.M.Mamatov:
Yuqorida ta’kidlangandek, dissertatsiya ishi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarda muhokama etilgan, ruhsat bersalaringiz men seminarning qaror qismini o‘qib bersam:
Ilmiy seminar qaror qiladi:
1. F.Q.Qurbonovning “Baliqlar uchun ozuqa tarqatadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishi tugallangan ilmiy-tadqiqot ishi bo‘lib, bajarilgan tadqiqot ishlari 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi pasportining 9-bandi “O‘simlikshunoslik va chorvachilik uchun qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, ishchi organlari, texnologik jihozlari va boshqa mexanizatsiya vositalarining texnologik jarayonlari, parametrlari va ish rejimlarini asoslashning ilmiy-texnik yechimlari”ga mos keladi. Dissertatsiya ishi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy Kengashda himoya qilishga tavsiya etilsin.
2. Rasmiy opponentlar sifatida texnika fanlari doktori, dotsent Karshiyev Faxriddin Umarovich (05.07.01), texnika fanlari doktori, dotsent Musurmonov Azzam Turdiyevich (05.07.01), texnika fanlari falsafa doktori, (PhD) Jumatov Yakubbay Karimbayevich (05.07.01), texnika fanlari nomzodi Nuritov Ikrom Rajabovich (05.07.01) tavsiya etilsin.
3. Yetakchi tashkilot sifatida “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarni sertifikatlash va sinash markazi” tavsiya etilsin.
Ilmiy Kengash raisi F.M.Mamatov:
Seminar qaroriga asoslangan holda ushbu yig‘ilishimizning quyidagi qaror loyihasi taklif etiladi:
1. Talabgor Qurbonov Fazliddin Qulmamatovichning 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha “Baliqlar uchun ozuqa tarqatadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusida bajargan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyaga qabul qilinsin.
2. Rasmiy opponentlar sifatida texnika fanlari doktori, dotsent Musurmonov Azzam Turdiyevich (05.07.01), texnika fanlari doktori, dotsent Karshiyev Faxriddin Umarovich (05.07.01)tavsiya etilsin.
3. Yetakchi tashkilot sifatida “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarni sertifikatlash va sinash markazi” tavsiya etilsin.

Download 30.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling