Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy Kengash yig‘ilishini OLIB BORISh TARTIBI
RAIS: Assalomu alaykum Ilmiy kengash yig‘ilishi qatnashchilari!
Kengash majlisida Oliy attestatsiya komissiyasi rais qarori bilan tasdiqlangan 15 nafar kengash a’zolarining ___ nafari qatnashmoqda, majlisni olib borish uchun vakolat yetarli, - qanday taklif bor, zaldan taklif berildi.
“- ochilsin!”
Rais: Taklif ovozga qo‘yiladi: - tarafdorlar __ nafar, qarshilar yo‘q, betaraflar yo‘q.
Majlis “ochiq” deb e’lon qilinadi.
Kengash majlisi kun tartibi tarqatilgan.
KUN TARTIBI
1. Qurbonov Fazliddin Qulmamatovichning 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Baliqlar uchun ozuqa tarqatadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishini himoyaga qabul qilish.
Ilmiy rahbar: Astanaqulov Komil Dulliyevich
texnika fanlari doktori, professor.
Rais: Kun tartibi bo‘yicha qanday taklif bor?
- zaldan taklif berildi “tasdiqlansin”
Rais: “tasdiqlansin” degan taklifni ovozga qo‘yadi:
- tarafdorlar ___ nafar, -qarshilar yo‘q, - betaraflar yo‘q.
Ovoz natijasiga ko‘ra kun tartibi tasdiqlandi.
Rais: Kun tartibidagi 1-masalani ko‘rib chiqishga o‘tamiz.
1.Qurbonov Fazliddin Qulmamatovichning 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Baliqlar uchun ozuqa tarqatadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishini himoyaga qabul qilish.
Dissertatsiya ishi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
“Toshkent davlat agrar universitetining birinchi prorektori S.Islamovning 17 mart 2023 yil 01/15-3-761-sonli xatiga asosan talabgor Qurbonov Fazliddin Qulmamatovichning dissertatsiya ishi Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarga yuborilgan.
Ilmiy seminarning 2023 yilning 29 aprelda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida, mazkur dissertatsiya ishi ko‘rib chiqilib, ijobiy xulosa berilgan.
Tadqiqotchi va u tayyorlagan dissertatsiya ishi yuzasidan topshirilgan hujjatlar haqida qisqacha ma’lumot berish uchun so‘z Ilmiy Kengash ilmiy kotibiga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |