170
MAYDA BO‘G‘IMOYOQLILARNING MEVALI BOG‘LAR
TUPROQ QATLAMLARIDA TARQALISHI.
Elmuratova Z.U., Majidova D. Z., Juraeva Z. K., Chullieva D. E.,
Xoʼjamova Z.F., Turg‘unova N.F.
Oʼzbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulьteti
Annotatsiya. Namangan viloyati Pop tumani olma bog‘lari tuproq
qatlamlarining 30 sm. gacha bo‘lgan qatlamlarida kollembolalardan 13 ta turi,
sovutli kanalardan 6 ta turi aniqlangan.
Mayda bo`g`imoyoqlilar juda xilma-xil iqlim
sharoitlarida yashashga
moslashgan. Ularning juda ko‘p turlari o‘ta ekstrimal joylarda
ham
yashashi
mumkin. Ular tuproq gumus miqdorini oshirishda juda katta ahamiyat kasb etadi.
Undan tashqari mayda bo`g`imoyoqlilar boshqa mikroorganizmlar singari
antropogen hududlarda ekologik buzilishni aniqlashda
indikatorlik vazifasini
bajaradi [1,3].
Mayda bo‘g‘oyoqlilar yer yuzida juda keng tarqalgan va tuproq hamda
o‘simliklarning qator turlari bilan bog‘liq [5]. Ular tuproq qatlamining gumusli va
minerallarga boy qismini keng o‘zlashtirgan va ular uchun qulay bo‘lgan sharoitda
1,5-2 metr chuqurlikkacha kirib borishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda
kollembolalar tuproqning unumdorligini oshirishda hamda tuproq hosil bo‘lishida
faol ishtirok etishi isbotlangan [2, 4].
Olingan natijalarga ko‘ra mayda bo‘g‘oyoqlilarning mevali bog‘lardagi
tarqalish xususiyatlari tur tarkibi va jamoalar strukturasi aniqlandi. Namangan
viloyati Pop tumani olma bog‘lari tuproq qatlamlarining 30 sm. gacha bo‘lgan
qatlamlarida kollembolalardan 13 ta turi (
Hypogastrura mendisabali, Xenyllodes
armatus, Isotoma minuta, Desoria cinerea, Isotoma bidenticulata, Proisotoma
tuberculate, Pseudofolsomia acanthella, Folsomides parvulus, Isotoma sensibilis,
Isotoma producta, Isotomiella (Isotoma) minor, Metisotoma spiniseta,
Heteromurus nitidus), sovutli kanalardan 6 ta turi (
Synchthonius elegans,
Liochthonius kirghisicus, L. hystricinus, Lohmannida lanceolata, L. lanceolata
turemenica, Thamnacarus deserticola) uchrashi kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: