Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги


Download 2.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/146
Sana23.07.2023
Hajmi2.39 Mb.
#1661948
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   146
Bog'liq
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)

 
 


170 
MAYDA BO‘G‘IMOYOQLILARNING MEVALI BOG‘LAR 
TUPROQ QATLAMLARIDA TARQALISHI. 
Elmuratova Z.U., Majidova D. Z., Juraeva Z. K., Chullieva D. E., 
Xoʼjamova Z.F., Turg‘unova N.F. 
Oʼzbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulьteti 
Annotatsiya. Namangan viloyati Pop tumani olma bog‘lari tuproq 
qatlamlarining 30 sm. gacha bo‘lgan qatlamlarida kollembolalardan 13 ta turi, 
sovutli kanalardan 6 ta turi aniqlangan.
Mayda bo`g`imoyoqlilar juda xilma-xil iqlim sharoitlarida yashashga 
moslashgan. Ularning juda ko‘p turlari o‘ta ekstrimal joylarda ham yashashi 
mumkin. Ular tuproq gumus miqdorini oshirishda juda katta ahamiyat kasb etadi. 
Undan tashqari mayda bo`g`imoyoqlilar boshqa mikroorganizmlar singari 
antropogen hududlarda ekologik buzilishni aniqlashda indikatorlik vazifasini 
bajaradi [1,3].
Mayda bo‘g‘oyoqlilar yer yuzida juda keng tarqalgan va tuproq hamda 
o‘simliklarning qator turlari bilan bog‘liq [5]. Ular tuproq qatlamining gumusli va 
minerallarga boy qismini keng o‘zlashtirgan va ular uchun qulay bo‘lgan sharoitda 
1,5-2 metr chuqurlikkacha kirib borishi mumkin. Shu bilan bir qatorda 
kollembolalar tuproqning unumdorligini oshirishda hamda tuproq hosil bo‘lishida 
faol ishtirok etishi isbotlangan [2, 4]. 
Olingan natijalarga ko‘ra mayda bo‘g‘oyoqlilarning mevali bog‘lardagi 
tarqalish xususiyatlari tur tarkibi va jamoalar strukturasi aniqlandi. Namangan 
viloyati Pop tumani olma bog‘lari tuproq qatlamlarining 30 sm. gacha bo‘lgan 
qatlamlarida kollembolalardan 13 ta turi (Hypogastrura mendisabali, Xenyllodes 
armatus, Isotoma minuta, Desoria cinerea, Isotoma bidenticulata, Proisotoma 
tuberculate, Pseudofolsomia acanthella, Folsomides parvulus, Isotoma sensibilis, 
Isotoma producta, Isotomiella (Isotoma) minor, Metisotoma spiniseta, 
Heteromurus nitidus), sovutli kanalardan 6 ta turi (Synchthonius elegans, 
Liochthonius kirghisicus, L. hystricinus, Lohmannida lanceolata, L. lanceolata 
turemenica, Thamnacarus deserticola) uchrashi kuzatildi. 

Download 2.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling