Ўzbекиsтон rеspublикаsи оlий таъlим vаzиrlиgи фаrғона dаvlат uниvеrsитети


Download 0.91 Mb.
bet13/39
Sana24.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1057679
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
Epigrafika

1-variant
Birinchi bitik: Kambiz ulug’ shoh, shohlar shohi, shoh o’gli Kir, Ahamon.
Ikkinchi bitik: Kir, ulug’ shoh, shohlar shohi, Kambizning o’g’li Ahamon.


2 - variant
Birinchi bitik: Kseroks ulug’ shoh, shohlar shohi, Doroning o’g’li Ahamon.
Ikkinchi bitik: Doro ulug’ shoh, shohlar shohi, Gistaspning o’g’li Ahamon.

Xo’sh bu variantlarning qaysi biri to’g’ri? Yozuvning qaysi biri to’g’ri o’qilgan?


Uzoq fikr yuritgandan keyin Gratofend birinchi variantni xato deb hisoblaydi. “Kir” va “Kambiz” so’zlari bitta harf “K” dan boshlanyapti. Lekin agar birinchi variantni to’g’ri deb oladigan bo’lsak, “K” bilan boshlanadigan so’zda, belgilar soni oz. “Kir” nomi esa qisqacha. Shuning uchun unda bitta variant qoladi va u ishonch bilan tarjima qiladi.
“Kseroks ulug’ shoh, shohlar shohi, shoh Doroning o’g’li Ahamon.”
“Doro ulug’ shoh, shohlar shohi, Gistaspning o’g’li Ahamon.”
Gratofendning bu tarjimasi har bir belgisigacha to’g’ri edi. Lekin bu ishlar umumiy ishning yarmi edi xolos. Galdagi vazifa butun belgilarni deshifrovka qilish edi. Ya’ni har bir belgini qadimgi Eron tilida qanday tovush ifodalashini o’rganish zarur di. Bu ishga Gritofendga “Avesto” dan foydalanadi.
Avestoda Gretofend o’qigan shoh ismlari quyidagicha uchrardi: “Hsharsho (Kserks), Draheysh (Doriy), Goshtasp(Gistasp).
Shunday qilib qadimgi Eron yozuvining 12 belgisi aniq bo’lgan. Gretofend shulardan 9 tasini o’qib chiqqan: x, sh, a, r, d, e, y, g, o, t, s, p.
Lekin Germaniyada Gratofendning ishlari qadrlanmagan.
Demak, 1802 yili eron yozuvining dastlabki 9 belgisi deshifrovka qilingan bo’lsa, 35 yil o’tgach qadimgi fors yozuvi butunlay deshifrovka qilingan edi. Bu ishni fors tili bilimdonlari- Byurnef va Lassen amalga oshiradi.
Byurnuf va Lassen do’st bo’lib, Byurnef do’sti Lassenga o’z ishlari haqida doimo xabardor qilib turgan. Bir xatida Lassenga do’sti ba’zi bir geografik joylarning nomlarini deshifrovka qilinishini yozgan, boshqa bir xil belgilarni qanday ma’no anglatishini yozgan edi. Uchinchi xatini hatto hazil qilib mixxatda yozgan edi.
Byurnuf o’z tadqiqotlarini sinchiklab davom ettirar, tadqiqotlarini sekinlik bilan nashrga tayyorlar edi. Lassen do’stining ko’magidan foydalanib, butun qadimgi fors alifbosini deshifrovka qiladi. Bu haqida do’stiga xabar bermay, tadqiqotlari nashr qilingandan keyingini kitobni yuboradi.
Qadimgi fors yozuvini deshifrovka qilish bu ikki do’stga Gratofendning tadqiqotlari beqiyos yordam bergan. Ularning tadqiqotlariga albaster vazaga bitilgan to’rt tilli matn xizmat qilgan. Bularning ikkitasi qadimgi misrchada va qadimgi forschada bitilgan edi. Bu davda misr yozuvi o’qilgan bo’lib, Kserksning nomi misrcha yozuvda misrcha talaffuzda Hsharsha deb o’qilgan. Bu huddi forschadagi Hsharsha ismiga juda mos edi. Shunday qilib albaster ko’zadagi to’rt tilli yozuv qadimgi fors tilining o’qib chiqilishida muhim ro’l o’ynagan. Shundan keyin qadimgi hind-evropa tillari oilasiga mansubligi aniqlandi.




              1. Download 0.91 Mb.

                Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling