Ўzbекиsтон rеspublикаsи оlий таъlим vаzиrlиgи фаrғона dаvlат uниvеrsитети


Download 0.91 Mb.
bet21/39
Sana24.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1057679
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
Epigrafika

42-49 satrlar. Shoh Doro aytadi: Uchinchi marta qo’zg’alonchilar to’planib Dodarishga qarshi kurash uchun yo’l oldilar. Ular Armanistonning Uyama qal’asida jangga kirdilar. Axuramazda menga yordam berdi. Uning sharofati bilan mening qo’shinim qo’zg’alonchilarni yakson etdi. Taygarchish oyining 9 kunida ular jangni berib qo’yishdi. Shundan so’ng Dodarish meni Midiyaga kelgunimcha Armanistonda kutib turdi.
49-57 satrlar. Shoh Doro aytadi: So’ng men Armanistonga fors qulim bo’lgan Vaumisa ismli odamni jo’natdim va unga shunday dedim: Borib o’zini mening хalqim deb hisoblamagan qo’zg’alonchilarni tor-mor et. Shundan so’ng Vaumisa yo’lga tushdi. Vaumisa Armanistonga yetganda qo’zg’alonchilar to’planib, unga qarshi jangga tushdilar. Ossuriyaning Izala vodiysida ikki qo’shin to’qnashdi. Axuramazda menga yordam berdi. Uning sharofati bilan askarlarim qo’zg’alonchilarni tor-mor keltirdi. Anamasa oyining 15 kunida bu urush bo’lib o’tdi.
57-63 satrlar. Shoh Doro aytadi: Ikkinchi marta qo’zg’alonchilar to’planib Vaumisaga qarshi yurish qildilar. Ular Armnistonning Autiara vodiysida jang uyushtirdilar. Axuramazda menga yordam berdi. Uning sharofati bilan mening askarlarim qo’zg’alonchilar qo’shinsini tor-mor etdi. Ularni mag’lub etganimizda Turaхara oyi yakunlanayotgan edi. Vaumisa meni Armanistonda Midiyaga kelgunimcha kutayotgan edi.
64-70 satrlar. Shoh Doro aytadi: So’ng men Bobildan chiqib Midiyaga keldim. Men Midiyaga kelganimda o’zini Midiya hukmdori deb atagan Fravartish menga qarshi kurashish uchun uz askarlari bilan Midiyaning Kundurush shahriga yetib keldi. Biz urushga kirishdik. Axuramazda menga yordam berdi. Axuramazda sharofati bilan men Fravartish askarlarini tor-mor keltirdim. Adukanish oyining 25 kuni bu urush bo’lib o’tdi.
92-98 satrlar. Shoh Doro aytadi: Parfiya va Girkaniya menga qarshi qo’zgalib, Fravartish tomonga o’tdi. Mening otam Vishtasp Parfiyada bo’lgan хalq uni tark etdi. Keyin Vishtasp o’ziga sodiq qo’shinsi bilan yo’lga chiqdi. Parfiyaning Vishpuzatish shahrida parfiyaliklar bilan jangga kiradi. Axuramazda menga yordam berdi. Uning sharofati bilan Vishtasp qo’zg’alonchilarni tor-mor etdi. Viyakna oyining 22 kuni bu voqea bo’lib o’tdi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling