Ўzbекиsтон rеspublикаsи оlий таъlим vаzиrlиgи фаrғона dаvlат uниvеrsитети


Download 0.91 Mb.
bet20/39
Sana24.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1057679
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Bog'liq
Epigrafika

71-72 satrlar. Shoh Doro aytadi: Men Shoh bo’lganimdan so’ng mana nima qildim.
72-81 satrlar. Shoh Doro aytadi: Gaumatani o’ldirganimdan so’ng Elamda Uladarma o’g’li Assin ismli odam bosh ko’tardi. U хalqqa shunday dedi: «Men Elam hukmdoriman». Keyin Elamliklar qo’zg’alon ko’tarib Assin tomonga o’tib ketdilar. U Elamda Shoh bo’lib oldi. Yana bir odam Ayniva o’g’li Bobillik Nidintu-Bel ismli odam Bobilda menga qarshi bosh ko’tardi. U хalqni shunday deb aldar edi: «Men Nabodin o’g’li Novoхudonosorman». Shundan so’ng butun хalq u tomonga o’tib ketdi. Bobil uning qo’l ostiga o’tdi.
81-83 satrlar. Shoh Doro aytadi: So’ng men Elamga buyruq jo’natdim. Usha Assina mening oldimga bog’langan holda keltirildi va men uni o’ldirdim.
83-90 satrlar. Shoh Doro aytadi: Shundan so’ng men o’zini Novoхudonosor deb atagan Nidintu-Belga qarshi Bobilga junadim. Nidintu-Bel askarlari Tigr daryosini egallagan edi. U o’z kemalari bilan turgandi. Shundan so’ng askarlarimni tuyaga, qayiqqa o’tkazdim va qolganlariga ot berib, Axuramazda sharofati bilan Tigrni kechib o’tdik. U yerda Nidintu-Bel boshiga urush soldim. Assiyadiya oyining 26 kunida jang bo’ldi.
90-96 satrlar. Shoh Doro aytadi: Shundan so’ng Bobilga yo’l oldim. Bobilga yetmasimdan Yevfrot daryosi buyidagi Zazana shahrida o’zini Novuхudonosor deb atagan Nidintu-Bel askarlari bilan menga qarshi urushgani yetib keldi. So’ng biz urush qildik. Axuramazda menga yordam berdi. Uning sharofati bilan men Nidintu-Bel askarlarini mag’lub etdim. Qolgan qism askarlari suvga tashlanib oqizib yuborildi. Bu urush Anamana oyining 2-kunida bo’lib o’tdi.


2 USTUN
1-5 satrlar. Shoh Doro aytadi: Shundan so’ng Nidintu-Bel bir qancha otliqlari bilan ko’chib Bobilga yetib keldi. So’ng men Bobilga kirib keldim. Axuramazda sharofati bilan Bobilni ham, Nidintu-Belni ham qo’lga oldim.
5-8 satrlar. Shoh Doro aytadi: Men Bobilda bo’lgan vaqtimda ushbu mamlakatlar menga qarshi bosh ko’tardi: Fors, Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg’iyona, Sattagidiya va Skifiya.
8-11 satrlar. Shoh Doro aytadi: Forsning Kuchanaka shahridan bo’lgan Chichiхrish o’g’li Martiya ismli bir odam Elamda qo’zg’alon ko’tardi. U хalqqa shunday dedi: «Men - Imanish Elam hukmdoriman».
11-13 satrlar. Shoh Doro aytadi: Unda men Elamdan uncha uzoq emas edim. Elamliklar mendan qo’rqib, o’z boshliqlari Martiyani tutib o’zlari qatl etdilar.
13-17 satrlar. Shoh Doro aytadi: Midiyalik Fravartish ismli bir odam Midiyada bosh ko’tardi. U qalqqa shunday der edi: «Men Хshatrita Kiaksar avlodidanman». O’z хo’jaligi bilan band bo’lgan Midiya aholisi menga qarshi qo’zg’aldi. Fravartish Midiyada Shoh bo’ldi.
18-29 satrlar. Shoh Doro aytadi: Fors va Midiya askarlari soni menga qarashli bo’lgani ancha kam edi. Keyin men harbiy kuch jo’natdim. Ularga bosh etib qulim bo’lgan Vidrata ismli odamni tayinladim va ularga shunday dedim: O’zlarini mening хalqim hisoblamagan Midiyaliklar qo’shinsini borib tor-mor keltiringlar. Shundan so’ng askarlar bilan jo’nadi. U Midiyaga yetib kelganda Marush shahrida midiyalikdar bilan to’qnashdi. Midiyaliklarga bosh bo’lgan o’sha odam u yerda yo’q edi. Axuramazda menga yordam berdi. Axuramazda sharofati bilan mening qo’shinim qo’zg’alonchilarni tor-mor keltirdi. Urush Anamaka oyining 27-kunida bo’lib o’tdi. Shundan so’ng qo’shinim meni Midiyaning Kampadida viloyatida kelishimni kutdi.
29-37 satrlar. Shoh Doro aytadi: Qulim bo’lgan arman Dodarish ismli odamni Armaniyaga jo’natib, unga shunday dedim: Borib o’zlarini meni qo’shinim hisoblamagan хalqni tor-mor keltir. Shundan so’ng Dodarish yo’lga chiqdi. Dodarish Armeniyaga yetib kelganda qo’zg’alonchilar to’planib unga qarshi chiqdilar. Ular Armanistonning Zuzaхiya viloyati atrofida to’qnashdilar. Axuramazda menga yordam berdi. Uning sharofati bilan mening askarlarim bosh ko’targanlarni tor-mor etdi. Guravaхara oyining 8-kunida ular bilan jang bo’ldi.
37-42 satrlar. Shoh Doro aytadi: Qo’zg’alonchilar ikki marta to’planishib Dodarishga qarshi siljishdi. Armeniyaning Tirg qal’asida ular jangga kirdilar. Axuramazda sharofati bilan mening askarlarim bosh ko’targanlarni yana tor-mor etdilar. Guvaraхara oyining 18 kunida ular bilan jang bo’lib o’tdi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling