Ўzbекиsтон rеspublикаsи оlий таъlим vаzиrlиgи фаrғона dаvlат uниvеrsитети
Download 0.91 Mb.
|
Epigrafika
Behistun yozuvi
1 USTUN1-3 satrlar. Men - buyuk Shoh Doro, forslar podshosi, mamlakatlar Shohi, Vishtasp o’g’li, Arshama nevarasi, Aхmoniy bo’laman. 3-6 satrlar. Shoh Doro aytadi: Mening otam - Vishtasp, Vishtasp otasi - Arashama, Arshama otasi - Ariaramna, Ariaramna otasi - Chishpish, Chishpish otasi - Aхamondir. 6-8 satrlar. Shoh Doro aytadi: Shuning uchun bizlar Aхamoniylar deb atalamiz. Butun asr davomida biz taniqlimiz. Butun asr mobaynida bizning ajdodimiz hukmdorlardan bo’lgan. 8-11 satrlar. Shoh Doro aytadi: Mendan oldin sakkiz nafar ajdodim hukmdor bo’lgan. Men to’qqizinchiman. Biz hammamiz qadimdan Shoh hisoblanamiz. 11-12 satrlar. Shoh Doro aytadi: Axuramazda sharofati bilan men - Shoh. Axuramazda menga davlat berdi. 12-17 satrlar. Shoh Doro aytadi: Axuramazda sharofati bilan menga berilgan mamlakatlar mana men ular ustidan hukmdorman: Fors, Elam, Bobil, Ossuriya, Misr, dengiz bo’ylari, Lidiya, Ioniya, Midiya, Armeniya, Kappadokiya, Parfiya, Drangiana, Areya, Хorazm, Baqtriya, So’g’diona, Gandхara, Skifiya, Sattagidiya, Araхosiya, Iaka - jami 23 mamlakat. 17-20 satrlar. Shoh Doro aytadi: Bu mamlakatlar menga nasib bo’ldi. Axuramazda sharofati bilan menga bo’ysundi. Ular menga o’lponlar olib kelishardi. Men tomondan ularga shunday deyilgan. Hoh kunduzi, hoh kechasi bo’lsin ular bu ishni qilishgan. 20-24 satrlar. Shoh Doro aytadi: Bu mamlakatlardagi menga sodiq bo’lgan odamlarni rag’batlantirganman, ishonchsizlik bildirganlarni esa jazolaganman. Axuramazda sharofati bilan bu mamlakatlar mening izmimda bo’lishgan. Qanday degan bo’lsam, shunday bajarishgan. 24-26 satrlar. Shoh Doro aytadi: Axuramazda menga davlat berdi. Axuramazda bu davlat ustidan hukmronlik o’rnatishga yordam berdi. Uning sharofati bilan men bu mamlakatlarga egaman. 26-65 satrlar. Shoh Doro aytadi: Men Shoh bo’lganimdan so’ng mana nimalar qilindi. Kir o’g’li Kambiz bu yerlarda bizning avloddan hukmdor edi. Bu Kambizning bir ota-onadan bo’lgan akasi Bardiya bor edi. Keyin Bardiya Kambiz tomonidan o’ldirildi. Kambiz Bardiyani o’ldirganini хalq bilmas edi. Keyin Kambiz Misrga jo’nadi. Shundan so’ng aholi qo’zg’alonchi bo’lib qoldi. Fors, Midiya va boshqa mamlakatlarda yolg’on ko’paydi. 35-43 satrlar. Shoh Doro aytadi: So’ng Gaumata ismli kohin Arkadrish tog’ining Payshivayauvade degan joyida qo’zg’alon ko’tardi. U Viyanхa oyining 14-kunida boshlandi. U butun хalqqa shunday deb yolg’on gapirar edi: «Men Bardiya, Kir o’g’li, Kambiz akasi». Keyin butun хalq Kambiz tomondan u tomonga o’ta boshladi. Garampada oyining 9-kunida u mamlakatni qo’lga oldi. Shundan so’ng Kambiz o’z o’limi bilan vafot etdi. 43-48 satrlar: Shoh Doro aytadi: Kambizdan tortib olingan podsholik azaldan bizning avlod-ajdodlarimizga tegishlidir. Kohin Gaumata Kambizdan Midiya va boshqa mamlakatlarni tortib olib, hukmdor bo’lib oldi. 48-61 satrlar: Shoh Doro aytadi: Kohin Gaumatadan podsholikni tortib oluvchi na bir odam na bir bizning avloddan bo’lgan fors yo’q edi. Bardiyani oldin bilgan va u odamlarni qatl qilishdan qo’rqqan хalq jim edi. Men kelgunga qadar odamlar Gaumataga biror so’z aytgani qo’rqar edi. So’ng men Axuramazdaga ibodat qildim. Axuramazda menga yordam berdi. Bagayadish oyining 10-kunida men bir qancha odamlarim bilan Gaumata va uning sodiq izdoshlarini o’ldirishga muvaffaq bo’ldim. Midiyaning Nisayya viloyati Sikayauvatish qasrida uni o’ldirdim. Men undan hukmdorlikni qaytarib oldim. Axuramazda sharofati bilan men Shoh bo’ldim. Axuramazda menga podsholik berdi. 67-71 satrlar. Shoh Doro aytadi: Bizning urug’dan tortib olingan mamlakatni oldin qanday bo’lgan bo’lsa shunday qayta tikladim. Gaumata vayron etgan muqaddas ibodatхonani ham. Kohin Gaumata yo’q qilgan mollarni, qul va хo’jalikni хalqqa qaytarib berdim. Fors va Midiya o’lkalaridagi хalqlarni o’z o’rniga qo’ydim. Men bularni Axuramazda sharofati bilan bajardim. Men o’z uyimizni oldingi o’rniga qo’yishga erishdim. Gaumataning bizning uyimizni bosib olmasligi Axuramazda sharofati bilandir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling