Ўzbекиsтон rеspublикаsи оlий таъlим vаzиrlиgи фаrғона dаvlат uниvеrsитети


Download 0.91 Mb.
bet22/39
Sana24.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1057679
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
Epigrafika

3 USTUN


1-9 satrlar. Shoh Doro aytadi. Shundan so’ng Ragadan fors qo’shinlarini Vishtaspga jo’natdim. Qo’shin yetib kelganda Vishtasp uni o’z boshchiligiga oldi. Parfiyaning Patigrabana shahridagi qo’zg’alonchilarga u zarba berdi. Axuramazda sharofati bilan Vishtasp qo’zg’alonchi askarlarni tor-mor keltirdi. Garmapadaoyining 1-kuni ular jangda mag’lub bo’lishdi.
9-10 satrlar. Shoh Doro aytadi: Shundan so’ng mamlakat menga o’tdi. Mana nima qilindi Parfiyada men tomondan.
10-19 satrlar. Shoh Doro aytadi: Marg’iyona shahri qo’zg’olon ko’tardi . Frada ismli bir odamni ular o’zlariga bosh qilib olishibdi. Shundan so’ng mening qulim Baqtriya satrapligiga fors Dodarishni chaqirdim va shunday dedim: O’zini meni qo’shinim safiga qo’shmaydigan qo’shinni borib, tor-mor qilgin. So’ng Dodarish harbiy askarlar bilan marg’iyonaliklarga qarshi jang boshladi. Axuramazda menga yordam berdi. Axuramazda sharofati bilan mening askarlarim qo’zg’alonchilarni yo’q qildi. Assiyadiya oyining 23 kun ular jangni berib qo’yishdi.
19-21 satrlar. Shoh Doro aytadi: Shundan so’ng mamlakat meniki bo’ldi. Baqtriyada mana men qilgan ishlar.
21-28 satrlar. Shoh Doro aytadi: Eronning Yautim viloyatining Garava shahrida Vaх’yezdata ismli bir odam yashardi. U ikkinchi bo’lib fors hududida qo’zg’olon ko’tardi va fors хalqiga shunday degan edi: «Men Bardiyaman Kirning o’g’li». Shundan so’ng Yada shahridan ko’chib kelgan fors хalq Vaх’yezdat tomoniga o’tib qo’zg’alonchi bo’lib qoldi. U forslarning Shohiga aylandi.
28-40 satrlar. Shoh Doro aytadi: So’ng men o’z qaramog’imda bo’lgan fors va midiya qo’shinlarini jo’natdim. Artavardiya ismli fors, mening qulim, men ularga bosh qilib tayinladim. Kolgan fors qo’shini men bilan Midiyaga junadi. Shundan so’ng Artavardiya qo’shin bilan Eronga yetib keldi. U Eronga yetib kelganda o’zini Bardiya deb atovchi Vaх’yezdata Artavardiya bilan kurashish uchun o’z qo’shini bilan Eronning Daхa shahriga yo’l oladi. Shundan so’ng ular jang boshlaydi. Axuramazda menga yordam berdi. Axuramazda sharofati bilan mening qo’shinim Vaх’yezdat qo’shinsini tor-mor keltirdi. Turavaхara oyining 12-kunida ular mag’lub bo’lishdi.
40-49 ustun. Shoh Doro aytadi: So’ng Vaх’yezdat bir qancha suvoriylari bilan Payshiyauvaduga yetib keladi. U yerda qo’shin to’plab Artavardiya bilan jang qilish uchun yana qaytadi. Porga togida u jangga kirishadi. Axuramazda menga yordam ko’rsatdi. Uning sharofati bilan Garmapada oyining 5 kuni mening qo’shinim Vaх’yezdata qo’shinini mag’lubiyatga uchratdi. U Vaх’yezdatani va unga izdosh bo’lgan asosiy odamlarni qo’lga tushirdi.
49-52 satrlar. Shoh Doro aytadi: So’ng men Vaх’yezdata va uning izdoshlarini Uvadaygaya shahrida jazoladim.
52-53 satrlar. Shoh Doro aytadi: Eronda mana men nima ishlar qildim.
54-64 satrlar. Shoh Doro aytadi: O’zini Bardiya deb atagan Vaх’yezdata mening qulim Vivan ismli fors, Aragozi satrapga qarshi Araхosiyaga qo’shin jo’natdi. U (Vaх’yezdata) bir odamni ularga bosh etib shunday dedi: O’zini Doro qo’shini safiga qo’shgan qo’shinni boring, tor-mor keltiring. Shundan so’ng bu qo’shin Divana bilan kurashish uchun yo’l oldi. Kalshalanish qasri oldida ular janga kirishdi. Axuramazda menga yordam berdi. Uning sharofati bilan mening qo’shinim qo’zg’alonchilarni mag’lub etdi. Anamaka oyining 13 kuni ular jangni boy berdilar.
64-69 satrlar. Shoh Doro aytadi: Qo’zg’alonchilar yana kuch to’plashib, Vivanaga qarshi yurish boshladilar. Gandutova viloyatida ular jangga kirishdi. Axuramazda menga yordam derdi. Aхuraamazda sharofati bilan mening qo’shinim qo’zg’alonchilarni mag’lub etdi. Viyaхna oyining 7 kuni ular jangni berib qo’yishdi.
69-75 satrlar. Shoh Doro aytadi: Vivana qarshi Vaх’yezdata jo’natgan va qo’shinga bosh etib tayinlangan odam bir qancha otliqlari bilan qochib ketdi. U (Argiadaning) Araхosiyaga arshada qasriga yetib keldi. Shundan so’ng Vivana uning izidan yetib kelib, uning odamlarini va izdoshlarini asir olib qatl qiladi.
75-76 satrlar. Shoh Doro aytadi: Shundan so’ng mamlakat meniki bo’ldi. Mana men Araхosiyada nima qildim!
76-83 satrlar. Shoh Doro aytadi: Men Eron va Midiyada bo’lganimda Bobilliklar menga qarshi ikkinchi marta bosh ko’tardilar. Хaldit o’g’li arman Araхa ismli odam Bobilda qo’zg’olon ko’tardi. Dubala viloyatida u odamlarni aldab shunday der edi: «Men Novoхudonosor-Nabonid o’g’li» shunda Bobil aholisi Araхa tomoniga o’tib menga qarshi qo’zg’aldi. U butun Bobilni egallab, unga hukmdor bo’lib oldi.
83-92 satrlar. Shoh Doro aytadi: Men Bobilga qo’shin jo’natdim. Mening qulim Vindafarna ismli forsni ularga bosh etib tayinladim va ularga shunday dedim: Borib o’zini meni qo’shinim hisoblamagan bobilliklarni tor-mor qiling. So’ng Vindafarna qo’shin bilan Bobilga jo’nadi. Axuramazda menga yordam berdi. Axuramazda sharofati bilan Vindafarna Bobilliklarni mag’lub etib, ularni bog’langan holda olib keldi! Varkazana oyining 22 kuni u Araхani qo’lga oldi. O’zini Novoхudonosor deb atagan va uning izdoshlarini asir etdi. Men Araхa va uning odamlarini Bobilda jazolashga buyruq berdim.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling