Ўzbекиsтон rеspublикаsи оlий таъlим vаzиrlиgи фаrғона dаvlат uниvеrsитети
Download 0.91 Mb.
|
Epigrafika
Olimlar uchun imtihon.
Qadimgi belgi yozuvlarini deshifrovka qilish ma’lum bir yagona olimning ishi bo’lmagan, bu dunyoning turli davlatlaridagi har xil olimlarning mehnatining mahsullaridir. Bu yozuvlarni o’qish uchun olimlar uzoq yillar davomida izlanishlar olib borganlar. Lekin hamma ham ularga ishonavermagan. Xattoki ossuriologiyani fan sifatida tan olmagan va deshifrovkalarni xato deb hisoblaganlar ham topilgan. Ular - sizlar matnni o’qimaysizlar balki unga qarab fol ochasizlar, shunday ekan bu yozuvlarni hamma o’zicha o’qishimi mumkun. – deyishgan. Bu fikrlarni yolg’on ekanligini isbotlashga 1857 yildagi voqea sabab bo’lgan. 1857 yili to’satdan bir vaqtning o’zida turli mamlakatlardan bo’lgan yirik ossurologlar Londonga tashrif buyurishadi. Ularga noma’lum tildagi noma’lum yozuvlar topshiriladi va ularni o’qish, kimni xati ekanligini, qaysi davrga oidligini aniqlash, va aniq tarjimasini berish vazifasi yuklatiladi. Shu bilan birga har bir olim bu vazifani mustaqil ravishda o’zi bajarishi kerak edi. Belgilangan kuni olimlar o’zlarining ishlarini 4 ta konvertda hay’at a’zolariga topshirishadi. 4 ta konvertdan berilgan nusxaning tarjimalarini olib o’qishadi va ularni ko’rib hay’at a’zolari lol qoladi chunki to’rtala tarjimaning ma’nosi so’zma so’z bir xil edi. Farqlar faqatgina ayrim mayda chudalarda sezilardi. Bu albatta tushunarli edi. Masalan inglizcha franchuza nemischa matnlarni bir necha malakali olimlarga tarjimaga bersangiz ularning hammasi ma’no jixatdan bir xil tarjima qilishadi. Olimlarni imtihon qilgan matn miloddan avvalgi XII asrda yashagan ossuriya hukumdori Tiglatpalasar I ga tegishli edi. Bu matn uning hukumronligini dastlabki to’rt yilligi haqida ma’lumot berardi. Shunday qilib olimlarning qilgan ishlari shunchaki tasodifan bir biriga o’xshash emasligi balki rostdan ham uni deshifrovka qilganliklaridan dalolat berardi. Demak ossuriologlar qadimgi yozuvlarni o’qishadi va bu hammaga ravshan bo’ldi. Hayot har qadamda yangi paydo bo’lgan ossuriologiya faniga yangidan omadlar, zafarlar olib kelardi. Ossuriyaning hukumdori bo’lgan Ashshurbanipalga tegishli bo’lgan yana bir yodgorlikda Roulinson bir ma’lumotni o’qib qoladi. Unda Ashshurbanipalning uni ajdodlaridan bo’lgan hukumdor Tiglatpalasar yonida tasvirlashlarini buyurganligi haqidagi buyruq bitilgan edi. Bu yozuvni o’qishi bilanoq Roulinson yonidagi sheriklariga “qoyadan ikki shohning tasviri tushurilgan rasmni topinglar” deb buyruq beradi. Darhaqiqat ular tasvirni topishadi. Tasvirni ular aynan bitikda berilgan hududdan topishadi. Shubhalanishga hojat yo’q edi. Qoyadagi bareleflar rasmda Ashshurbanipal va Tiglapalasar tasvirlanganligini aytib turardi. Kutilmaganda ossuriloglarga yana bir lekin ularga hecha qanday aloqasi bo’lmagan fandan ko’mak keladi. Bu fan – astronomiya edi. Kuyundjikdan topilgan tablitsalarni olimlar tekshirishayotganda ayrim joylarda osmon yorug’ligi haqida to’xtalib o’tilganligini aniqlashadi. Ulardan nusxa olinib qadimgi yozuvlar haqida tushunchaga ega bo’lgan taniqli astronomga jo’natiladi. Yuzlab bo’laklarni o’qib chiqib, u shularning ichidan uchtasini tanlaydi va qachondir bular bitta bo’lgan degan fikrni beradi. U bunday fikrni astronomik xulosalaridan kelib chiqib aytadi. Astronom o’z xulosalari haqida tablitsalar saqlanayotgan Britaniya muzeyiga xabar beradi. Tablicalarni terib ko’rgach olimlar ularni shu qadar mos kelganliklarini ko’rib hayron qolishadi. Ular huddi hozirgina singan bo’laklarga o’xshab saqlangan edi. Xuddi o’sha topilgan tablitsalar orasidan qandaydir qaror yoki qonunlarning qoldiqlari topilgan edi. Roulinson buni Ashshurbanipal yozib qoldirgan qonunlar deb taxmin qiladi. Chunki u bu yozuvlarni Ashshurbanipal saroyidan topgan edi. Lekin yana bir ossuriolog olim Delich bu hujjatlarni sinchkovlik bilan ko’rib chiqib shunday deydi- Bu ossuriyaliklarning emas balki bobilliklarning qonunlari va bular Ashshurbanipal tug’ilishidan ming yillab ilgari tuzilgan, bu qonunlarning muallifi bobil hukumdori Xammurapi. – degan xulosani beradi. Uch yil o’tgach esa – darhaqiqat hukumdor Xamurapining 282 moddan iborat qonunlar to’plami bitilgan qora bazalt ustun topiladi. Shuncha isbotlardan so’ng ham bu fanning soxtaligiga shubhalanishimiz mimkinmi? Albatta yo’q. 1857 yildagi voqea ossuriologiyani fan sifatida shakllanishiga yordam berdi va shu kun ossuriologiya faninig tug’ilgan kuni deyilishi urf bo’ldi. Shundan boshlab qazish ishlari keskin davom eti. Qazish mumkin bo’lgan har qadam qazildi va yangi ma’lumotlar yozuvlar topildi. Katta shaharlarda qazish ishlari olib borildi ko’plab barel’eflar, haykallar topildi. Mesopotamiya hududida Ossuriya va Nineviyadan tashqari yana Bobil, Ashshur, Larsa, Ur, Uruk, Shurupak, Lagash va boshqa shaharlar qazildi. O’z davrida bularning ko’plari yirik davlatlarning poytaxtlari edi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling