Ўzbекиsтон rеspublикаsи оlий таъlим vаzиrlиgи фаrғона dаvlат uниvеrsитети


Erоn miххаtlаrining o’qilishidа Gеnri Rоulinsоn хizmаti


Download 0.91 Mb.
bet14/39
Sana24.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1057679
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
Epigrafika

Erоn miххаtlаrining o’qilishidа Gеnri Rоulinsоn хizmаti

Sharqshunos olimlar qatoriga ruslardan Qozon universitetining magistorlari I.Berezen va V. Dittel kirgan.
Berezen ham yaqin sharq davlatlariga uch yillik sayohat uyushtirgan. 1843- yil bahorida u qadimgi Eron poytaxti persopolga sayohat qiladi. U bu haqida shunday yozadi: “Persopolda 1 hafta bo’ldim va u yerdagi tosh va sopolga o’yib yozilgan yozuvlardan nusxa olgach , mamlakatning janubidagi Sheroz shahriga keldim”
Berezen 8 oy davomida Eronda bo’ladi va bu yerda yangi ochilishlar qiladi. Masalan, u boshqa olimlarning nazaridan chetda qolgan yangi sopolga yozilgan tekstni topadi.
Undan bir necha oy oldin Persopolga V. Dittel tashrif buyurgan edi. U qadimgi yozuvlar topilgan joylarga borishga qaror qildi, chunki u olimlar o’qigan yodgorliklar haqidagi materiallarni shaxsan o’zi tekshirib chiqmoqchi edi va bunga erishdi ham.
Dittelni qadimgi Eron poytaxti Persopol sayohati haqidagi hisoboti saqlanib qolgan. Unda biz quyidagilarni o’qishimiz mumkin:
“Sheroz yo’lida qadimgi Persopol xarobalari joylashgan. Bu xarobalar o’zini qadimgi yozma yodgorliklari bilan mani yangi izlanishlarga tortdi va bu yerda 2 hafta atrofida qolib ketishimga sabab bo’ldi. Qadimgi Eron haqidagi ma’lumotlarga boy bo’lgan Persopol yodgorliklari ularni qaytadan tekshirib chiqishni talab qilardi. Bu yozuvlarni faqatgina ko’chirish bilan kifoyalanib qolmay, men Taxti-Jamshidning qolgan qismlarini qazishga qaror qildim. Mеni mehnatim yangi toshga o’yib yozilgan yodgorlikni topishim bilan mukofotlandi.”
Lekin oldinda uni yanayam muhim ochilishlar kutardi. Buning uchun u undan oldin hech kimni oyog’i yetmagan juda katta balandlikka chiqishi kerak edi. Lekin bu ham Dettelni to’xtatib qolmadi.
“Meni muhim kashfyotim bu Persopolni boshqa qismidan topilgan yozuvdan nusxa olganim bo’ldi”. Deb yozadi u “chunki bu yozuvdan mendan oldin birorta olim ham nusxa olmagan edi. Bu kashfiyot men tomonimdan Doroning qabri deb taxmin qilingan Naqshi Rustam qoyasida bajarildi. Bu yozuvlar juda balandlikda joylashganligi uchun boshqa olimlarning nazaridan chetda qolgan edi”
Dittel Persopolda yana marmardan ishlangan buqa haykalini topadi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling