Ўzbекиsтон rеspublикаsи оlий таъlим vаzиrlиgи фаrғона dаvlат uниvеrsитети


-Маvzu: Eron epigrafik yodgorliklarini o’qish


Download 0.91 Mb.
bet11/39
Sana24.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1057679
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
Epigrafika

4-Маvzu: Eron epigrafik yodgorliklarini o’qish.
Rеjа

        1. Erоn miххаtlаrining o’rgаnilishi tаriхi

        2. Gеnri Grоtеfеnd kаshfiyoti

        3. Erоn miххаtlаrining o’qilishidа Gеnri Rоulinsоn хizmаti

        4. Behistun yozuvi




              1. Erоn miххаtlаrining o’rgаnilishi tаriхi

Yevropalik mixxatlarni Botto va Leyyard qazishma ishlarini olib borgan Iroqda emas balki qo’shni Eronda ko’rgan edilar. Eronda mixxatlar Iroqdagidek yer ostida emas boshqa katta qoyalarga o’yib yozilgan.


Qadimgi Eronning poytaxti Persepolda fors podsholari saroylariga yaqin yerda katta toshdan qurilgan baland ayvonli amfiteatr bor. Uning uzunligi 500, eniga 200 metrdan oshiqroq katta zinalar ayvonlar bo’ylab yo’llar, marmar plitalar, uning ramkalari,vayronadagi baland qator ustunlar, nihoyat katta sherlarning ustunlari sayyohlarni lol qoldiradi.
Bu yerda bo’lgan italyan savdogari va sayyohi P’etro della Valle juda qiziqish bilan kuzatgan. U bu yerdagi g’alati yozuvlardan tirishqoqlik bilan nusxa ko’chirgan, ustunlardagi naqsh va yozuvlardan nusxa olgan. Bu voqea 1621 yili sodir bo’lgan. Yevropaga 5 ta belgini ma’lum qilganligi uchun P’etro de Valledan xursand bo’lishimiz lozim.
Bundan keyin Eronda juda ko’p sayyohlar, savdogarlar va olimlar bo’lgan. Bir qancha olimlar P’etro de Vallega o’xshab mixxatladan nusxalar ko’chirib olib borganlar, lekin bu yozuvni qanday o’qish kerak, o’ngdan chapgami, chapdan o’ngami yuqoridan pastgami bularni bilmaganlar. Bu yozuvlarni deshifirovka qilish uchun hech qanday asos yo’q edi.
1765 yili Daniyalik olim Karsten Nibur Persepol vayronalariga sayohat qiladi. U bir necha hafta bu yerda bo’ladi. Noma’lum yozuvlardan belgima-belgi nusxa ko’chirgan. Issiqda ishlash qiyin bo’lishiga qaramay, sabr-matonat bilan ishlaydi. U erta tongdan qorong’u tushguncha, havfli sharoitda bo’lishiga qaramay tinmasdan ishlagan.
Lekin u birorta ham belgini, birorta ham so’zni o’qiy olmagan. Lekin belgilarni bir-biridan farqlanishini osongina aniglab olgan. Nibur o’z ishi davomida belgilarning bir guruhi vaqti-vaqti bilan takrorlanishini va bu yozuvlarning uch xil yozuv va tilda yozilganini payqab qoladi.
Bu yozuvda yuqoridagi yozuv past qatordagi yozuvlardan farq qilgan. Yuqori qatordagi yozuvlarda belgilar soni quyidagi qatordagi yozuvlarning sonlaridan ko’p bo’lgan.
Nibur yozuvlarni solishtirar ekan yuqoridan pastga qarab yozuvlarning murakkablashib borayotganini sezadi. Bundan yozuvlarning uch xil ekanligini payqash qiyin emas edi. Yuqoridagi yozuvda 42 ta belgi , ikkinchida 111 ta , uchinchi qatorda bir necha yuz belgidan iborat edi.
Demak, xulosa qiladi Nibur har bir belgi xitoy ieroglifidek alohida ma’noni ifoda etadi, o’rtadagi qator esa yapon yozuvidek bo’g’inli yozuv bo’lishi kerak. Yuqoridagi yozuv esa bizning alifbe yozuvimizdek yozuv bo’lgan. Nima uchun avval harfiy yozuvda, keyin bo’g’inli, keyin esa ieroglif yozuvda yozilgan? Nibur tekshirishini oxiriga yetkazadi va yakuniy xulosaga keladi. Ya’ni yuqoridagi yozuv harfiy yozuv, o’rtasidagi bo’g’inli quyidagi yozuv esa ieroglif yozuv edi.
Persepol yozuvlaridan to’liq nusxa olish Niburga nasib etmadi. Hamrohlari issiq va kasallikdan birin ketin o’lib ketgach, u ham shoshib Eronni tark etadi.
Oradan bir necha yil o’tgach Nibur Persepoldan olib kelgan barcha ishlarini nashr qilgan. Shundan keyin bularning oddiy bir naqsh ekanligi haqidagi rivoyat chippakka chiqadi.
Keyin 20 yil davomida Nibur olib kelgan ma’lumotlar ustida bir qancha olimlar ishlaganlar. Bu yozuvlar bilan birinchi ishlagan odam nemis olimi Tihsen bo’lib, u sharq tillari bo’yicha o’qituvchi edi. Tihsen bilardiki har xil harflar doimo ko’p holatlarda qo’llanilmaydi. Ba’zilari esa kam qo’llaniladi.
Har qanday ruscha kitobni ochib qarang siz albatta “o” va “a” harflarini ko’p uchratasiz. Ammo “sh” harfini butun boshli sahifada uchratmasligingiz mumkin.
Ruscha matnlarda har 1000 ta so’zda o’rtacha 112 ta “o” harfi 75 ta “a” harfi uchraydi. Bu ikki harf butun boshli matnning 1/5 qismini, ingliz tilida 1/3 qismini, nemis va fransuz tillarida esa ¼ qismini tashkil etadi.
Har holda Tihsen shunday o’ylagan. To’g’ri u noma’lun eron mixxatini ham, tilni ham bilmagan. Shunday bo’lsada barcha tillarda unli harflarning ayniqsa “a” va “e” harflarini ko’proq uchratishini faraz qilgan. Shundan keyin Tihsen ishga kirishgan. Tekstda “m” harfiga o’xshash belgi ko’p uchragan. Tihsen uni “a” harfi deb faraz qilgan. U hamma “m”shaklidagi belgilarni belgilab chiqdi.
Tihsen belgilar ichidagi qiyshiq mixxatga alohida e’tibor qaratgan. Bu belgi har 5-6 belgidan keyin takrorlangan edi. Tihsen fikriga ko’ra bu nuqta, vergul, yanayam aniqrog’i so’z ajratuvchi belgi bo’lishi mumkin edi. Tihsen yozuvni deshifrovkasini oxiriga yetkazgach yozuvni o’qishga kirishadi va quyidagicha yozuvni hosil qiladi.
“Osh patsha osh aksak zase, osh Aksak axa a malkeyush, osh Aksak yuna oua ioauhashak”
Tihsen o’z ishidan qoniqmaydi. Bunday til dunyoda yo’q edi. Lekin Tihsen uni tarjima ham qilib bo’lgan edi.
“Bu hokim, bu Aksak buyuk, bu Aksak dohiy va podshoh, bu Aksak ilohiy, hudo marhamat qilgan, ajoyib kishi edi.”
Tilni umuman bilmagan Tihsen qanday qilib bunday xulosaga kelgan. U qadimiy kitoblarda tasvirlangan rasmlar va yozuvlarga asoslanib shundat xulosaga kelgan edi. U yozuvda Aksak so’zini 3 marta takrorlanganiga, bu yerdagi qolgan so’zlar podsho unvonlari ekanligiga asoslangan. Uning qarorlarini olimlar mensimay va kulib qarshi oladilar.
Eron epigafik yodgorliklarini deshifrovka qilishga Daniyalik olim Myunter ancha yaqinlashgan. U yozuvni deshifrovka qilishda tarixga tayangan. U qaror qiladi: bunday yozuvni qaysi xalq qanday davrda qo’llagan.
Myunter shuni Persepolda bo’lgan olimlarning kitoblarini o’qishdan boshlagan. U Nibur va boshqa sayoxatchilarning turli figuralar, rasmlar, yozuvlar bilan berilgan kitoblarni sinchkovlik bilan o’qigan. Ularning kitobida baland taxtda o’tirgan sersoqol, hashamatli bir shaxs o’tirardi. Kiyimining hashamatidan uning shoh ekanligini bilish qiyin emasdi. Rasmdagi qolgan odamlar undan pastda tasvirlangan edilar. Rasmdagi tasvirlardan quyidagi odamlarning yuqoridagi shaxsga qandaydir sovg’alar olib kelayotganligini bilish qiyin emas edi. Myunter ”kiyimiga qarab bu shaxsning kim ekanligini aniqlash mumkin emasmikan ?” degan fikrga boradi. Qadimgi yunon tarixchilari o’z asarlarida forslar uzun va og’ir kiyim kiyib yurishlarini, hanjarini o’ng biqinlariga taqib yurishlarini o’rgangan edi. Rasmdagi kiyinish qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida ko’rsatilganga o’xshab ketar edi. “Demak bu yerda fors podshohi tasvirlangan” degan fikirni beradi Myunter.
Lekin fors podsholari juda ko’p. Bu yerda qaysi shoh tasvirlanganligi aniqlash qiyin edi. Rasmdagi tasvirlangan figuralar orasida Afrika xalqlari, misrliklar, nubiyaliklar va negrlar ko’p bo’lgan. Ahamoniylar tarixidan ma’lumki aynan miloddan avvalgi VI-IVasrlarda forslar Afrikani shimolini bosb olganlar. Shu yerdan Myunter to’g’ri yo’lga tushib oladi. Persepol yozuvlari qadimgi fors yozuvida yozilgan.
Xo’sh bu yozuvni qanday qilib o’qish mumkin? Zamonaviy fors tili yordam berolmaydi. Chunki 2000 yil o’tgan. Til umuman o’zgarib ketgan. Bu tilga yaqinroq tilni Myunter topa olmaydi.
Qadimgi Eron tillariga eng yaqini qadimgi hind va forslarning muqaddas diniy kitobi “Avesto” yaqin turadi degan xulosaga boradi Myunter..
Bu vaqtda “Avesto” tarjima qilingan edi. Ana shu farazni bergan Myunter, Tihsen kabi ishni arifmetikadan boshlagan. Endi bu mavhum arifmetika hisoblash emas, balki aniq arifmetik hisoblash edi.
“Avesto” kitobi urug’ nomisiz, qabila nomisiz, davrsiz bo’lib, Myunter hisobicha qadimgi eron tillariga yaqin bo’lishi kerak edi.
“Avesto” statistikasi shuni ko’rsatganki zamonaviy tillardan yozuvlarda “a” va “e” orasidagi unlilar so’zlarda ko’p uchramaydi balki ko’p uchraydigani cho’ziq ”o” va qisqa “o” lar edi. Bunday holatni qadimgi fors tillariga ham xos deb tushunadi Myunter va uni shundayligicha persepol yozuvlarga qo’llaydi. Myunter to’g’ri yo’ladan ketayotgan edi, lekin uni “Avesto” tilini bilmasligi o’z ishiga g’ov bo’ldi. Umuman “Avesto” tilini bilmasdan turib qadimgi fors tilini statistikasini va boshqa jixatlarini o’rganib bo’lmas edi. Nima bo’lganda ham uning xizmatlari besamar ketmadi. Uning izlanishlari keyingi davr olimlari uchun asos bo’lib xizmat qildi.


              1. Download 0.91 Mb.

                Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling