Ўzbекиsтон rеspublикаsи оlий таъlим vаzиrlиgи фаrғона dаvlат uниvеrsитети


Download 0.91 Mb.
bet16/39
Sana24.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1057679
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
Epigrafika

Bobil sirli yozuvlari .

Nima bo’lganda ham behustunning uch tildagi yozuvining topilishi boshqa tillardagi yozuvlarni deshifrovkasiga ham katta yordam berdi.


Qadimgi fors yozuvlaridan so’ng olimlar yaqin 400ta belgidan iborat bo’lgan ossur-bobil yozuvlarida uchraydigan muammolarni hal qilishga urinishdi.
Behustunni taхminan 100 ta belgidan iborat bo’lgan ikkinchi qatordagi yozuvga to’xtaladigan bo’lsak, uni o’qish birozga qoldirildi. Lekin bu yozuvni o’qish nisbatan qiyin bo’lmadi. Uni qaysi tillda yozilganligini anglash jarayoni qiyinroq kechdi. Olimlar bunga yaqin biror tilni bilishmas edi. Bu yozuvni o’qish va uni qadimgi elam tilida yozilganini bilishga qadar bir necha o’n yillab vaqt o’tdi.
…Eronning janubi-g’arbiy hududlarida harbiy-elam xalqlari yashar edi. Ular gaplashgan elam tili to eramizdan avvalgi birinchi ming yillikka qadar saqlanib kelgan edi. Elamliklar bu tilda Elam mustaqilligini yo’qotib Fors davlatiga qo’shib olinganidan keyin ham gaplashishardi. Oxir oqibat elamliklar forslarga qo’shilib ketib bu tilni unitishadi.
Behustun yozuvlarining uchinchi qatorini o’qishga kirishgan olimlar bu belgilarni Harsoba, Nibur, Kuyunjikdan topilgan yozuvlarga huddi o’xshashliklarini aniqlashadi.
Ma’lumki qazish ishlari olib borilgan hududda qadimda, ossur xalqlari, ulardan biroz janubroq’da bobil va haldey xalqlari yashar edi. Behustunni o’qigach olimlarning hursndachiligi cheksiz edi. Chunki ular bu yerda Gerоdot manbalaridan yetib kelgan ossur- bobilcha nomlarni aniqlashgandi. Bu esa juda muhim ochilish edi.
Manba va faktlarni solishtirib ko’rgach olimlar ossur, haldey, bobil xalqlarini semitlar bo’lishgan degan fikrga kelishadi. Demak ular qandaydir semit tilida so’zlashgan. Ko’pgini semit tillari- arab, qadimgi yahudiy, oromiy va boshqalar juda yaxshi ma’lum edi. Bu esa bobil-ossur yozuvlarini o’qishni biroz yengillashtirdi.
Biron bir rus , ukrain, chex, bolgar tallarini biluvchi olimni ko’z oldimizga keltiraylik, bu olimga polyak tilini o’raganish oson bo’lishini oldindan tahmin qilishimiz mumkin. Chunki bularning hammasi slovyan til oilasiga kiradi. Ossur-bobil tilini o’rganishda ham shunday holat sodir bo’ldi. Lekin bobil-ossur xatini deshifrovka qilishda olimlarda katta qiyinchiliklarni tug’dirdi.
Darhaqiqat bunday qiziq holatni tushuntiri bo’lmasdi. Qanday qilib bitta bo’g’in bir necha xil belgilarda turlicha ifodalansa yoki aksincha, bitta belgi har xil o’qilsa? Masaln: bitta “li” bo’g’inini 5 xil usulda ifodalash mumkin, shu bilan bir belgi ham “tam”, ham “par”, ham “lax”, ham “xish” shaklida o’qilishi mumkun.ayni bir paytda huddi shu belgi butun bir so’zni anglatadi. Masalan: “shamshu” (quyosh), yoki “umu” (kun). Yana tadqiqotchilarni ayrim soqov deb atasa bo’ladigan belgilar o’ylantirardi. Tekst bo’yicha ularni o’qish kerak emasligi ular umuman oshiqcha ekankigi bilinib turardi.
Balkim ular tinish belgilari vazifasini o’tashgandir? Yo’q bo’lishi mumkin emas. Chunki ossur-Vavilon yozuvlari butunlay tinish belgilarisiz yozilgan, umuman. Ularda tekstlar to’liq qo’shilib yozilgan. Orada bo’shliq bo’lmagan bu o’z navbatida rasshifraovkani qiyinlashtirardi.
Masalan shunday bir jumlani o’qib ko’ring:

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling