Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таьлим вазирлиги ислом каримов номидаги тошкент давлат техника университети


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/30
Sana13.05.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1456713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Quyosh elektrostansiyalari. Bir necha quyosh batareyalarini bir – biriga ulab 
quyosh elektrostansiyalarini tashkil qilish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda juda 
ko‘plab quyosh elektrostansiyalari qurilib ishga tushirilgan. 
Mamlakatimizning Samarqand viloyatida, Osiyo taraqqiyot bankining 
yordamida, dunyoda eng yirik quyosh fotoelektrik stansiyasi qurilishi rejalashtirildi. 
Quyosh elektrostansiyasi 400 ga maydonga joylashib, uning quvvati 100 MW ni, 
yillik elektroenergiya ishlab chiqarish esa, 
200mln.kW soat 
ni tashkil qiladi. 
Elektrostansiyaning qurilishi 5 yil davom etib, 2019 yilning mart oyida ishga 
tushirilishi kutilmoqda [5]. 
«O‘zbekenergo» DAK mutaxassislarining hisoblariga qaraganda O‘zbekiston 
Respublikasi hududi, quyosh energiyasi bo‘yicha juda katta imkoniyatlarga ega. 
Mamlakatdagi barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining 99 % ni quyosh 
energiyasi tashkil qilib, 50 mlrd. Tonna neft ekvivalentiga teng ekanligi aniqlandi. 
Hukumatning noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish 


15
bo‘yicha olib borayotgan tadbirlari natijasida 2031 – yilda mamlakatda iste’mol 
qilinayotgan elektroenergiyaning 21 % qayta tiklanuvchi energiya manbalarida 
ishlab chiqariladigan elektroenergiya bilan qoplanadi. 
Xalqaro 
hamjamiyatning 
qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan 
foydalanish bo‘yicha tajribalari bilan tanishish uchun, Hukumatimiz tomonidan 
ko‘plab halqaro ilmiy anjumanlar tashkil qilinmoqda. «Qayta tiklanuvchi energiya 
manbalari Markaziy Osiyoda, oziq – ovqat xavfsizligini ta’minlashda hamda uzoqda 
joylashgan aholi punktlarini ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarini yaxshilovchi muhim 
omildir» mavzusida 2008 – yil noyabr oyida o‘tkazilgan halqaro anjuman ham, 
ushbu sohada olib borilayotgan ilmiy, ilmiy – tadqiqot, konstruktorlik va 
qaytalanuvchi energiya manbalariga o‘rnatilgan energetik qurilmalar bilan tanishish 
imkonini berdi [58]. 
Hozirgi kunda quyosh energiyasidan foydalanish uchun juda katta investitsion 
mablag‘lar kiritilmoqda. 2013 – yilning noyabr oyida mamalakatimizning birinchi 
Prezidenti tashabbusi bilan Toshkentda, «Quyosh energetikasi texnologiyalarining 
istiqbollari va yo‘nalishlari» mavzusida «Quyosh energiyasi bo‘yicha Osiyo 
forumi» ning 6 – yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi [28]. Ushbu yig‘ilishda Prezidentimiz, oxirgi 
5 yilda quyosh energiyasidan foydalanishga kiritilayotgan investitsiyalar miqdori 
520 mlrd. Dollarni, shundan 2012 yilda 143 mlrd. Dollarni tashkil qilganini, 2012 – 
yilda quyosh energiyasidan elektroenergiya ishlab chiqarish 113 mlrd. kVt/soatni, 
shundan fotoelektrik quyosh stansiyalari bilan 110 mlrd.kVt/soat elektroenergiya 
ishlab chiqarilganini ta’kidlab o‘tdilar [28]. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling