Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таьлим вазирлиги ислом каримов номидаги тошкент давлат техника университети


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/30
Sana13.05.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1456713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
1.7 – rasm. 
Tashqi muhitni hisobga olgan holda “fotoelement batareya” 
faoliyatining parametrlarini kuzatish natijalari. 
o‘zgarishiga, hamda Orol dengizi qurishi dinamikasida keskin o‘zgarishlarga 
bog‘liq. Bunda cho‘l tumanlarida sirtga tushuvchi chang massasi yiliga 9 tonnaga, 
ekin ekiladigan tumanlarda tushuvchi chang miqdori 
0,1 − 1,2 �����/��� 
ga yetishi mumkin [15]. 
Yozda respublikaning markaziy va janubi – g‘arbiy qismlarida chang va qum 
bo‘ronlari yuz berishi mumkin. Tuproqning turli oqimi shamol ta’sirida fotoelement 
batareya sirtiga o‘tiradi, unda yupqa qatlam xosil qilib, uning qalinligi vaqt o‘tishi 
bilan oshadi. 
Chang bo‘ronli qumlarning o‘rtacha yillik soni mahalliy tabiiy xususiyatlarga 
bog‘liq va tekis xududlarning katta qismida 10 dan 30 gacha, qayerlardadir 
(masalan, Qarshi xududida, Amudaryo quyilishida) 50 ga yetishi, Mo‘ynoqda 64 ga 
yetadi [15]. Chiqish quvvatining pasaytirishning asosiy sabablaridan biri 
fotoelement batareya sirtining ifloslanishi (sement, chang, bor va h.k) bo‘lib, uning 


20
darajasi tashqi muxitga bog‘liq. Ushbu muammoni bartaraf etish fotoelement 
batareya sirtini har hafta artish bilan amalga oshiriladi. 
Qarshi shaxrida xususiy uyda o‘rnatilgan (20 noyabr 2011 yil) 140 W quvvatli 
fotoelement batareya elektrofizik parametrlari tekshirildi va analiz qilindi. Olingan 
ma’lumotlar analizi kunning ikkinchi yarmida 12.05.2013 yil. (o‘tgan 18 oy 
davomida) fotoelement batareya quvvati kamayib, 80,3 W bo‘lgani aniqlangan 
(bungacha 4 oy muqaddam faoliyat ko‘rsatayotgan fotoelement batareya 
monitoringi natijalarining analizi qilingan edi). Quvvatning kamayishi 88 % ni 
tashkil etdi. Sirtga ishlov berilib va shisha tozalangach quvvat 128,6 W ga oshishi 
kuzatildi. (AM 1 sharoitida qayta xisoblashda 139 W). Ximoya shishasi tuzilishida 
o‘zgarish kuzatilmadi (1.7 – rasm). 
Eksperiment natijalari bo‘yicha fotoelement batareyaning ifloslanishi asosan 
yil fasllariga va fotoelement batareyaning mamlakatimizning qaysi xududida 
joylashganiga bog‘liq deb xulosa qilishimiz mumkin. Shuning uchun ulkan 
fotoelektrik stansiyalarni loyixalashtirishda (quvvati 1 MW dan yuqori) fotoelement 
batareya sirtining ifloslanishini xisobga olish zarur. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling