Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таьлим вазирлиги иқтисодий тахлил фанидан


Download 135.34 Kb.
bet1/8
Sana05.05.2023
Hajmi135.34 Kb.
#1429324
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
moloyaviy tahlil


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЬЛИМ ВАЗИРЛИГИ


Иқтисодий тахлил фанидан
Мустақил иш: Moliyaviy tahlil va uning rivojlanishi
Гурух: И-55-2
Текширди: Урманбекова И
Бажарди: Турниёзов Хусниддин

Тошкент 2021

Режа:
1. Moliyaviy tahlilning axborot manbalari (tahlil obyektlari haqidagi ma’lumotlar), ularning ochiqligi va oshkoraligi
2. Moliyaviy hisobotlar shakllari va ularning tavsifi. Jamlangan moliyaviy hisobotlar va ularni tahlil etish

Moliyaviy tahlilning axborot manbalari (tahlil obyektlari haqidagi ma’lumotlar), ularning ochiqligi va oshkoraligi
Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarning jadalligi zamonaviy buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning ham mazmunini tubdan yangi shakl va mazmunda yuritishni talab etmoqda. Hozirgi sharoitda moliyaviy hisobotlar tahlilining muhimligini shu bilan aniq izohlash mumkinki, ushbu predmet alohida fan sifatida shakllangan. Mulk egalari, sheriklar va hamkorlar, mol yetkazib beruvchi va xaridorlar, qarz beruvchi va oluvchilar, nazorat va taftish organlari, kontragentlarning keng qamrovli tarkibi xo‘jalik yurituvchi subyektining moliyaviy ahvoli va undagi o‘zgarishlarni baholashning konseptual asoslari tubdan, yangidan tuzib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining alohida qabul qilingan Buxgalteriya hisobi, Audit to‘g‘risidagi Qonunlari, qator Kodekslar (byudjet, soliq, mehnat, investitsiya) normalari asosida tashkil etilayotgan hisob xizmatlarining mazmuni tubdan o‘zgarmoqda.
Moliyaviy hisobot – xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektligi yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning jamlangan guruhiga kirishidan qat’i nazar shu xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum bir davrdagi faoliyatini ko‘rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir.
Moliyaviy hisobot – buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • buxgalteriya balansi;

  • moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

  • pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot; - xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;

  • izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.

2.1-jadval Moliyaviy hisobot shakllari va ularning axborotliligi


Download 135.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling