2 MAVZU
1 “Balans” so‘zining ma’nosi nimani anglatadi?
Buxgalteriya balansi — buxgalteriya hisoboti aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablag‘larning sarflanishi, manbai va maqsadini taʼriflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pul hisobida aks ettiruvchi hujjat. Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning mulkiy holatini qiymat ko‘rinishida taʼriflab beradi. Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablag‘larning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi. Buxgalteriya balansi 2 qismdan iborat bo‘lib, chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni passiv deb ataladi. Aktiv va passiv bir-biriga teng bo‘ladi
2 Buxgalteriya balansi aktivi va passivining bo‘limlari nimalardan iborat?
Balans aktivining Uzoq muddatli aktivlar; Aylanma aktivlar.
Balans passivida O’z mablag’lari manbalari Majburiyatlar.
3 Buxgalteriya balansini tuzish va taqdim etish tartibi qanday?
Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining tengligidan iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu talab aktivda ham, passivda ham mablag’larning bir xil hajmda, faqat har xil guruhlanishda ko’rsatiladi, ya’ni aktivda - turlari bo’yicha, passivda - manbalari bo’yicha. Balansning nomi ham shunga asoslangan, chunki «balans» so’zi tenglik, barobarlikni anglatadi. Shuning uchun ham balans aktivi va passivi «balans» so’zi bilan belgilanadi
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 24 yanvarda ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdan 140-sonli buyrug’i bilan moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan
4 Buxgalteriya balansi necha qismdan iborat?
Buxgalteriya balansi 2 qismdan iborat bo‘lib, chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni passiv deb ataladi
5 Buxgalteriya balansi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |