Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги алишер навоий номидаги


Investitsiya sohasidagi qonunchilik. Investitsiya munosabatlarini davlat


Download 354.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/28
Sana29.12.2021
Hajmi354.86 Kb.
#183583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
investtsiya faoliyati bilan bogliq munosabatlarni huquqij tartibga solish muammolari

Investitsiya sohasidagi qonunchilik. Investitsiya munosabatlarini davlat 

tomonidan tartibga solish 

Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi O’zbekiston 

Respublikasi investitsiya faoliyati, asosan, 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “chet 

el investitsiyalari to’g’risida”, “chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va 

ularni himoya qilish choralari to’g’risida”, 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 

“Investitsiya faoliyati to’g’risi”dagi qonunlar, shuningdek, ushbu sohani tartibga 

solishga qaratilgan boshqa fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 

Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi prezidentining “Iqtisodiy 

islohatlarini yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilishni 

ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”, “Eksport 

mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag’batlantirishga oid qo’shimcha 

choratadbirlar to’g’risida”, “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil 

etish va ular faoliyatini rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar 

to’g’risida”gi farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 

“tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga doir 

chora tadbirlar to’g’risida”, “Import iste’mol tovarlari olib kelish va sotishni 

takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida”gi qarorlari aynan investitsiya 

jarayonini  takomillashtirish maqsadida qabul qilingan. Shu tariqa O’zbekistonda 

investitsiya faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonunchilikning milliy tizimi 

o’ziga xos ravishda faollik bilan shakllantirilib borilmoqda. Bunga misol sifatida 

“O’zbekinvest” milliy sug’urta kompaniyasini, “O’zbekinvest” tashqi iqtisodiy 

milliy banki, Vazirlar Mahkamasi hududida BMO (YUNIDO) bilan birgalikdagi 

texnikaviy yordam loyihasi doirasida investitsiyalarga ko’maklashish xizmati, 

Davlat mulk qo’mitasi huzurida ko’chmas mulk va horijiy investitsiyalar 




13 

 

agentligini, shuningdek, halqaro moliya korparatsiyalar bilan qo’shma banklarni, 



qo’shma lizing kompaniyalarini ko’rsatish mumkin. 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 2001 yil 5 martda 

tashqi iqtisodiy aloqalar va horijiy investitsiyalar departamenti tashkil etilganligini

“2001-2002 yillarda horijiy investorlarni jalb qilgan holda korxonalarni davlat 

tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo’yicha kelgusidagi choratadbirlar 

to’g’risida” Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus qaror qabul qilinganligini 

alohida ta’kidlash joiz

2



Yuqoridagilar haqiqatdan ham O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida chet 

el investitsiyalari keng jalb etish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligi va bu 

sohada qonunchilik asoslari yaratilganligidan darak beradi. 

Investitsiya faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi. Davlat investitsiya 

faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish, soliq to’lovchilar va soliq 

solish obyektlarini, soliq stavkalarini va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi 

soliq tizimini qo’llash, normalar,qoidalar, standartlarini belgilash,manapoliyaga 

qarshi choralarni qo’llash, kredit siyosati van ax siyosatini o’tkazish va boshqa 

tabiy resurslaga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash, 

investitsiya loyhalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash va boshqa 

yo’llar bilan bunday faoliyatni amalga oshiradi. 

Investitiya deyiladigan barcha turdagimilliy va intelektual boyliklar 

tushunilib,ular tadbirkorlik faoliyati ob`yektlariga yo`naltirilib daromad keltirilishi 

yoki biron bir ijobiy samaraga erirshishi zarur. Investitsiya kiritishadan asosiy 

maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitiya 

to`g`risida O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda ko`rsatilishicha, 

investitiya bu iqtisodiy samara (foyda,daromat) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga 

erishish uchun sarflanadigan pul mablag`lari, banklarga quyilgan omonatlar, 

paylar, qimmatli qog`ozlar(aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar, 

asbob-uskunalar,litsenziyalar va samara beradigan boshqa xar qanday boyliklardir. 

                                                            

2

 O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni 



himoya qilish choralari to’g’risida”gi O”zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish 

haqida: Qonun. 2005 yil 16 sentabr// Xalq so’zi. – 

2005. № 186.16 bet. 



14 

 

Investitiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi xuquqiy 



sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolarlar berish, bu faoliyat 

subyektlarini sug`urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat 

manfaatlarni amalga oshirish yo`lida tashkil etiladi. 

Xorijiy investitiyalar –  bu chet el investorlari tomonidan yuqori daraja 

daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat 

iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha 

mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir. Xorijiy investitsiyalar qo`shma 

korxonalar tashkil etish, xorijiy investorlarga to`liq tegishli bo`lgan korxonalarni 

yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish

qimmatbaxo qog`ozlarni sotib olishi, yer va boshqa tabbiy resurslardan foydalanish 

xuquqiga ega bo`lishda, erkin iqtisodiy xududlarda faoliyat olib borishda juda katta 

va muxim axamiyatga egadir. 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy va aylanma ishlab 

chiqarish fondlarida investitsiyalarni moliyalashtirishning o`ziga xos manbalari 

shakillantirilgan bo`lib bunday manbalar korxonalarning o`z ozini moliyalashtirish 

tamoyillariga asoslanadi. Investitsiyon loixalarni moliyalashtirishning korxonalar 

uchun samarali bo`lishiga iqtisodiy infratuzilmaning markaziy bug`ini bo`lgan 

soliqlar mexanizmi xisoblanadi. Chunki soliqlar xam, xar bir korxonamiqyosida 

tuzilgan investitsiya loixalarning  iqtisodiy samarasi taqdirini xalqilishga asosiy 

o`rinni egallaydi. O`zbekistonda xam investitsiya loixalari tuzish va 

moliyalashtirish uchun qulay investitsiya muxitni yaratish bo`yicha izchil chora-

tadbirlar ishlab chiqilmoqda. 

 


Download 354.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling