Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги андижон машинасозлик институти “ижтимоий фанлар” кафедраси


O„zbekistonda NNT rivojlanish dinamikasi


Download 0.79 Mb.
bet109/131
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#245328
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   131
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè àíä

O„zbekistonda NNT rivojlanish dinamikasi




  1. Jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining muhim sharti. Ma‘lumki, istiqlol yillarida milliy qadriyatlar, madaniy an‘analarni jahonning ilg‗or demokratik tamoyillari bilan boyitgan holda davlat-jamiyat hamkorligiga tatbiq etishning o‗zbek modeli tajribasi yaratildi. Bugun ko‗plab davlatlar davlat va jamiyat munosabatlarini tartibga solishning eng maqbul yo‗li sifatida qarayotgan bu amaliyot davlatimiz asosiy qonunlari shakllanishidayoq e‘tiborga olindi. Xususan, bosh Qomusimizning 56 moddasida ―O‗zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‗xatdan o‗tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e‘tirof etiladi80‖ deb, uning huquqiy ob‘ekti o‗z ifodasini topgan.

SHuningdek, O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ―Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta‘minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.


Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‗l qo‗yilmaydi‖81 kabi normalarning mustahkamlanganligi mamlakatimizda jamoat birlashmalarining shakllanishi va rivojlanishi davlat tomonidan to‗laqonli ta‘minlanganligi hamda uning organlari bilan teng huquqda hamkorlik qilishini ko‗zda tutadi.
YUrtboshimiz ―Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati rivojlantirish‖ Konsepsiyasi yuzasidan qilgan ma‘ruzasida fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish bir qator qonunlarni qabul qilish bilan bog‗liqligini ta‘kidlab o‗tdi. Unda, jumladan, «Ijtimoiy sheriklik to‗g‗risida»qonunda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari munosabatlarida bir qator o‗zgarishlar vujudga keladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling