Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети инглиз филологияси кафедраси
I.2. Milliy kalorit, ekstrolingvistika va realiya tushunchalari
Download 0.64 Mb.
|
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè áóõ
I.2. Milliy kalorit, ekstrolingvistika va realiya tushunchalari.
Ba’zi olimlar masalan, Renat Doniyorov va Olim Usmonovlar “milliy kolorit” ni lotincha so’z “rang”dan olingan deydilar. Ular “rang”, “bo’yoq” ma’nosidagi lotincha color, italyancha colorito orqali rus tiliga va u orqali o’zbek tiliga o’tgan, demoqchidir.1 Tilshunos olima Olima Ольга Сергеевна Ахманова esa, bu inglizcha colour so’zidan olingan, degan ma’lumotni beradi.2 Kalorit (rang, bo’yoq) asarning g`oyaviy mazmuni bilan bog`liq bo’lib, san’atkor ifodalamoqchi bo’lgan g`oya va badiiy obrazni yaqqolroq ko’rsatishga xizmat qiladi. O’y-niyat, g`oya, muddaoni ifodalashda obrazni gavdalantirishda bo’yoqlarga alohida e’tibor beradigan san’atkor kolorist-rossom ataladi. Bu atamaning ikkinchi ma’nosi biron narsaning o’ziga xos tomonlari majmuini, ya’ni yig`indisini anglatadi. Masalan, badiiy asarning o’ziga xos xarakter xususiyati, milliylik, davr, ma’lum joyning o’ziga xos jihatlari ifodasi. I.S. Axmanovaning “Лингвистик атамалар луғати” da kalorit badiiy asarning o’ziga xos xususiyatlari, personajlarining nutq xarakteristikasi sifatida ta’riflanib, ularning nutqida biron davr tilidan yoki shevalaridan olib, o’zlashtirilgan tilning o’ziga xos belgilari, biron mamlakat yoki joyning tushunchalari (realiya) majmuidan iborat, deb ko’rsatiladi. Jumladan sharq kaloriti, G`arb koloriti va maxalliy koloritga doir so’z va istilohlar misol tariqasida keltiriladi. Badiiy adabiyotning asosiy materiali so’z ekan, demak, badiiy tarjimada ham faqat insoniy ashyolar ya’ni so’zlar bilan bog`liq kolorit o’rganilmog`i kerak degan xulosaga kelish mumkin. Biroq masalaning boshqa jihatlarini ham nazardan soqit qilib bo’lmaydi, chunonchi tasviriy san’at, musiqa va badiiy adabiyot bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. “Rang”, “bo’yoq” ularning har uchchalasini ham tutashtirib turuvchi unsurlardan biri hisoblanadi. Rang tuyg`usidan holi bo’lgan surat, kuy, asar quruq bo’ladi. Masalan, Sharof Rashidovning “Kashmir qo’shig`i” dostoni xorijiy mavzuda yozilgan bo’lib, hind mifologiyasi materialiga asoslangan. Asar boshdan oxirigacha lirik kayfiyat, nafis tuyg`ular va kechinmalar bilan sug`orilgan. Bu dostonni badiiy asar sifatida, so’zning sehirli kuchi orqali idrok etamiz. Mazkur asar asosida sahnalashtirilgan baletda esa Lisoniy omil - so’z janri taqozosiga ko’ra tushib qolib muallifning chuqur saodatli g`oyasi o’zga ifoda vositalari harakat, musiqa ko’rish va eshitish bilan bog`liq obraz orqali reallangan. Bunda hind kaloriti asar g`oyasi muallifning o’y muddaosini so’zdan “tashqari”da zuhur ko’rgazgan vositalar orqali ro’yobga chiqadi. Umuman rang tuyg`usi aksariyat so’z bilan “tushuntirib bo’lmaydigan sehrli, mo’jizakor tuyg`udir. Hamonki kolorit tushunchasining zamirida rang yotar ekan “maxsus rang koloriti” haqida ham gapirish mumkin. Rang tuyg`usi faqat san’at, adabiyot va musiqa janrlaridagina emas, balki shu sohada xizmat qilayotgan arboblarni ham birlashtiruvchi omillardan hisoblanadi. Masalan muallif bilan tarjimon ittifoqini olaylik. Muallif bilan tarjimachi ijodkorning didi, nigohi, tasvirlash masofasi, sodda qilib aytganda yulduzi bir-biriga mos, monand bo’lganda tarjimon muallifning hayajonlari, quvonchlari, istiroblarini xuddi o’zinikiday idrok eta olgandagina, ularning ittifoqi xayrli, barakali bo’lishi mumkin. Nozik – nafis rang tuyg`usining mushtarakligi ham juda katta rol o’ynaydi. N.A. Nekrasovning “Yomg`ir oldidan” sheridagi; На ручей рябой и пёстрей За листком летит листок Misralarini shoira Zulfiya dastlab; Atlas kabi rang-barang barglar Suvga tushar quvib bir-birin,- deb tarjima qilgan edi. N.A. Nekrasovda rus tabiatining manzarasiga mos ravishda kuzda daraxt barglarining sariq va qizil rangga kirishi tasvirlangan bo’lsa, tarjimada ularning atlas kabi rang-baranglashuvi, bu taassurotni o’zgartiradi: atlasday tovlanish, yonish ko’proq bahor bilan yoz faslining fazilatiga xos bo’lib, xazonlik emas, balki quvnoqlik, shodonlik kayfiyatlarini o’zida aks ettiradi. Bu bexosdan Rossiyaning namchil kuzi, quyoshli O’zbekiston kuzi bilan N.A. Nekrasovning tuyg`usi esa Zulfiyaning kayfiyati bilan almashinib qoladi. Buni payqagan o’tkir didli, ziyrak tarjimon tahrir davomida “atlas” dan vos kechib, sherning keyingi nashrida- “qizil-sariq rang-barang barglar” deb yaxshi tuzatgan. Milliy o’ziga xoslik deganda adabiy asarda tasvirlangan xalq hayotining moddiy hayot sharoiti, ma’naviy turmush tarzi, tabiati, o’rmon, tog`, dala, suv, zamin, osmon hamda afsona va cho’pchaklari, tarix va diniy adabiyoti va san’ati hamda boshqa maxsus narsalar haqidagi tasavvurlar, tushunchalari, atamalari tushuniladi. Kiyim – kechaklar, udumlar, urf-odatlar, pul birliklari va hokazolar ham milliy xoslik komponentlari jumlasiga kiradi. Shuni aytish kerakki, har bir asarning milliy spestifikasi, bu xoslikni tarjimada berish haqida gap borganda, o’sha adabiy yodgorlikda aks etgan kiyim-kechaklar, ovqat va ichimliklar yo bo’lmasa turli idish buyumlarning nomini sanash yoki ularni alohida olgan holda lingvistik struktural tahlilda o’tkazish, bilan ish tugamaydi. Bunda asosiy e’tibor, muayyan tarixiy jug`rofiy, mifalogik, onomastik va hokazo xos tushuncha hamda qarashlar bilan bog`liq ashyo yoki udumlar badiiy asarning ruhiga qanchalik singdirilganligi, ular asarda yoinki yozuvchining individual uslubi va mahoratida qanday ahamiyatga molik ekanligini aniqlashga qaratilmog`i darkor. “O’zbek film” kinostudiyasida ishlangan “Olovli yillar” filmida shunday lavha bor: Turkistonda biroq rus yozuvchisi N.V. Gogol kunlari munosabati bilan birinchi marta “Revizor” komediyasining namoyish etilish oldidan sahnada musulmon ruhoniysi ko’tarilib, qiroat bilan Qur’ondan sura o’qiydi. Bu shundan dalolat beradiki faqat tarjima asarning o’zigina milliylashtirilib qolmay, ba’zan bir xalqning madaniyatiga yangi kirib kelayotgan yozuvchi, uning ijodi mazmuni atrofida endigina qaror topayotgan adabiy muhitga ham o’zgacha mahalliy, milliy va ba’zan diniy ma’no berishi mumkin.1 Etmishinchi yillarda afg`on teatri sahnasida xuddi o’sha komediya “Revizor” ko’rsatilgan ekan asarda afg`on shahar hokimi va afg`on amaldorlari ishtirok etganlar.Qizig`i shundaki qahramonlarning kiyinishi ham, nomlari ham afg`oncha bo’lgan. Ganada Vilyam Shekspirning “Hamlet tragediyasi asosida qo’yilgan “hamlet” nomli film minglab tomoshabinlarni o’ziga jalb etgan. Unda “Hamlet” – “Hamilyo”, Ofeliya – “Habiba”, Poloniy “Ibrohim” ga aylangan va hokazo. Hamlet otasining ruhi boshida afrikaliklar kiyadigan shohli maskasi bilan paydo bo’larkan o’zining timsoh zahari bilan uldirilganligini aytadi. Shekspir umuminsoniydir va har bir xalq uning asarlarida o’zi ko’rishi mumkin, deb talqin etadi. Rejissiyor Tomas A. Daniels – asardagi voqeani Ganaga ko’chirishdan maqsad ulug` yozuvchining asarini tomoshabinga yaqinlashtirish, tushunarli qilib ko’rsatishga intilishdan iborat edi. Ozarbayjon shoiri “Hamlet” ning birinchi tarjimoni “Sobir” bir vaqtlar voqea joyini Daniyadan Sharqqa ko’chirgan, qahramonlarni sharq libosiga o’rab, hamda ayrimlarning ham Ozarbayjonchaga aylantirgan edi. Agar tarjima jarayonida o’zining ijobiy xususiyatlaridan tabiiy suratda bir qadar mahrum bo’lar ekan, ayni vaqtda o’zga til bag`riga o’tishi boshqa xalqning ma’naviy tarbiyasi xizmatiga safarbar bo’lishi jarayonida allaqancha yangi fazilatlarni ham orttirib oladi. Chunonchi asl nusxaning til asosiga qurilgan o’ziga xosligi yo’qolishi bilan birga, uning hamma uchun umumiy bo’lgan tomonlari bo’rtirib chiqadi, asar o’z tarjimasida birmuncha “yangilanib” oladi. Masalan “Faust” keyinchalik nemischa asl nusxasidan ko’ra franstuzcha tarjimasida “German va Doroteya” esa lotinchasiga o’girilgan nusxasiga ko’ra Gyotega yoqqanligini eslash kifoya. Lekin tarjimonning o’zga tildagi “yangilanishi” ni zinhor asarning tarjimon tomonidan sun’iy ravishda tuzatilishi, g`oyaviy,badiiy tomonlari “chuqurlashtirilib” o’zgartirilishi ma’nosida talqin etmaslik kerak. Gap har bir tilning o’ziga xos xususiyatlari ana shu alomatlari asarning lisoniy-uslubiy to’qimasiga muayyan darajada tasvir etish mumkinligi xususida bormoqda. Tarjimon oldida ko’ndalang bo’ladigan ilk muammolardan biri: asarda aks etgan tarixiy va milliy xosliklardan qay birini saqlash, shu yo’sinda aks ettirilishi kerak? degan masaladir. Tarjimonning asosiy aqidasidan kelib chiqamiz: asarni o’girish – bu uni boshqa tilda shakl va mazmun birligini saqlagan holda ifodalash demakdir. Biroq tilning o’zi millatning muomala munosabatida o’ziga xos vositalari sistemasidir. Tarjimada o’ziga xoslikning bu tarifi muqarrar rivishda yo’qoladi degan so’z. Serventesning “Don Kixot”romani o’z davrida mo’’tadil bir tilda, o’z zamonasida kitobxonga tarixiy va milliy jihatdan qandaydir arxaik ma’nodor bo’lmagan, o’z davrining adabiy tilida yaratilgan edi. Binobarin uni, asosan, xuddi shunday bo’lmagan sof til bilan tarjima qilish mantiqan to’g`ri bo’ladi, deb hisoblaydi, Irji Leviy - chex mashhur tarjima nazariyachisi. Biz milliy kolorit ma’nosini endi yaxshi tushunib oldik - yozuvchi g`oyasi uslubiyoti, ko’zda tutgan maqsadi tarjimada ham o’z aksini topishi kerak ekan. Ya’ni millatga xos, unga tegishli bo’lgan tushunchalardir. Tarjimalarda uni millat xususiyatlari bilan kitobxonni tanishtirish asosiy maqsad ekanini unutmasligimiz lozim. Endi biz “Ekstralingvistik” omillar tushunchchasini yaxshi anglab olishimiz kerak. Bu atama ham tarjima nazariyasi fani shakllanib borgan sari ko’p ishlatiladigan bo’lib qoldi. Yirik tilshunos O.S. Ahmanova bu atamaga shunday izoh beradi: “Экстралингвистический (внеязыковой) относятся к реалиям, к реальной действительности, в условиях которой осуществляется функционирование и развитие данного языка, относящиеся к физической, социальной, психологической и т.п., действительности, рассматриваемой с точки зрение отражения её в языке данного человеческого коллектива”.1 Demak tilga oid bo’lmagan til darslarida deyarli o’rganilmaydigan hayotiy faktlar ya’ni realiyalar tushuniladi. O.S. Axmanova realiya tushunchasiga xam yaxshi tushuntirish beradi: “Латинское слова “reаlia”. В классической грамматике разнообразные факторы, изучаемые внешней лингвистикой, такие как государственное устройство данной страны, история и культуры данного народа, языковые контакты носителей данного языка и т.п. с точки зрение их отражение в данном языке”.1 Realiyalarni tushunishimizcha, ular ko’proq millatlar madaniyati, etnografiyasi va millatga xos so’z terminlari ko’zda tutiladi. Bu o’rinda milliy o’ziga xoslik tarjimonshunoslikka “milliy kolorit” “nastionalnыy kolorit”nima ekanini ham tushunishimiz kerak.Biz yuqorida biroz to’xtagan edik, shunday bo’lsa ham yanada kengroq tushunib olishimiz uchun ba’zi masalalarga takroriy yondashishga to’g`ri keladi. Yozuvchi tarjimon va tarjimashunos Vladimir Rossels bu atamaga shunday izoh beradi; “Xalq badiiy faoliyatining hamma shakllari: arxitek- tura uslubi, tasviriy san’atda bo’yoqlar o’xshovi, grafika va haykaltaroshlikda tasvir uslubi, raqsda sur’at, ohang va qad, adabiyotda intonastiya izchilligi, nutq mahorati, iroqi tikma va chaplab qilingan o’ymakorlik ishlarining naqishi, uy anjomlarining, shuningdek idish-tovoq, kiyim-bosh, va hokazolarning shakli va xili bularning hammasi har bir xalqda o’z milliy xususiyatlariga monand ma’nolariga egadir.”2 Shuni alohida qayd qilishimiz kerakki, ikki tilni mukammal bilish har qanday tarjimaning asosiy shartidir. Ilmiy, badiiy va ijodiy ya’ni mofilologik tekstlar tarjimasida tarjima qilinayotgan “predmet”ni hali bilish kerak ya’ni ma’lum tasavvurga ega bo’lish kerak. Bo’lmasa tarjima ko’ngildagiday bo’lmaydi. O’girilayotgan matn ximiya, fizika, biologiya, aviastiya, badiiy adabiyot, geologiya va boshqa sohalarga tegishli bo’lsa, o’sha soha ixtisoslari bilan hamkorlikda yoki o’sha sohalardan xabardor bo’lgandan keyingina tarjimaga kirishishga jur’at qilish kerak. Biz, endi ekstralingivistik ya’ni tildan tashqari materiallar nima ekanini yaxshi tushinib oldik. Shu o’rinda yana bir masalaga e’tiboringizni qaratishimiz kerakki, endi biz tildan tashqari materiallarni “ekstralingivistik” “Milliy o’ziga xos”va “realiyalar atamalaridan”qaysi biri bilan atashimiz kerak. Bu o’rinda milliy o’ziga xos termin desak ekstralingvistika ma’nosi biroz toraygan bo’ladi. “Ekstralingvistika” esa “Milliy o’ziga xos” dan ancha keng ma’noni bildiradi. Masalan joyga xos, ma’lum iqlimga xos, ekstralingvistik predmetlar borki, ularni ma’lum millatga oid so’zlar, deb bo’lmaydi. Shimolda qorning 14 xili bor ekan, banan va odam kallasidek, yong`oqlarning ba’zi iqlimda bo’lishi, Afrika xalqi uchun “qor”ni tushuntirish kabilar “qor” ruslarniki ham Amerikaliklarniki ham emas. Realiyalarni esa ekstralingvistik materiallarning bir qismi biror bo’lagi deb tushunamiz. Demak millatga xos so’zlar - realiya - ekstraling vistika materiallaridir. Ularning qisqargan formulasini M+R=E bilan shartli belgilash mumkin. Ekstralingvistik materiallar turlarini ma’lum son bilan sanab, chegaralab bo’lmaydi, hozirgacha bizlar nisbiy ravishda quyidagi katta qismlarga bo’lamiz: Har fanga oid atamalar. Tarixiy koloritga oid tushunchalar Davlat tizimiga oid tashkilotlar nomlari va ulardagi mansab nomlari. Millatga oid, milliy o’ziga xos tushunchalaridir. Ba’zi simvolik so’z va iboralar Fraziologiyalar Iqlimga, joyga xos ba’zi realiyalar ekzotik realiyalar O’lchov birliklari Ba’zi nomlar Mazkur qismlarning har biri yana bir necha mayda bo’limlarga bo’linadi. Har bir fanga oid so’zlar negizi bir xil bo’lsa ham ular tarjimasi har xil chiqadi. Masalan, biologiyada “Crane” so’zi “Журавль”,“Turna”, texnikada esa “подьёмний кран” deb tarjima qilinadi. Ikkinchi bir so’zni olib qaradik, “vals” – fizikultura va sportda “koptok”, texnikadi “шаравой шарнир” qishloq xo’jaligida “g`o’za ko’ragi”, fizikada “yadro”, medistinada “глазное яблоко”, “ko’z qorachig`i”, musiqada “бал”, “bazm kechasi” kabi ma’nolarni beradi. Xulosa shuki, matn kontekst qaysi fanga oid bo’lsa, o’sha fan sohasi mutaxassisi hamkorligida tarjimani amalga oshirishi kerak yoki tarjimon o’sha fan sohasini o’zi o’rgansin, umuman hamkorlikda ish bajarilsa u albatta sifatli chiqadi. Tarixiy asarlarni, tarixga oid faktlarlarni, ya’ni tarixiy koloritni tarjimada tiklashda tarjimon o’sha davr, zamon koloritini tiklashi kerak. Masalan, Oybek “Navoiy” romanini yozishda Alisher Navoiy yashab ijod etgan davr tarixini, tilini, muhitini yaxshi o’rganganligi uchun kitobxon talabiga mos qilib yozdi. “Hamlet” ni Maqsud Shayxzoda tarjima qilganida ba’zi tarixiy faktlar uchraydi: Dost thou think Alexander looked o’this fashion i’the earth (H.,100). Как ты думаешь, у Александра был вот такой же вид в земле. (Стр.36) Nima deb o’ylaysan: Iskandar Rumiy ham erda yotganida shu holatda bo’lganmikan?(144 – bet ) Hamlet. That That skull had a tongue in it, and could sing once; have we know jaws it to the ground, as if it were Cain’s jaw-bone, that and that did first murder!(H.,97) У этого черепа был язык, и он мог петь когда-то, а этот мужик швыряет его оземь, словно это Каинлова челюсть, того что совершил первое убийство, (стр.132) Bu bosh chanog`ining tili bo’lgan, u ashulalar aytgandir. A, bu ablax bo’lsa, go’yo birinchi odam o’ldirgan Qobilning chakka suyagini otayotganday uni erga irg`atdi. (H.,145-bet) Birinchi misolimizdagi Alexander so’zi G`arbda “Aleksandr Makedonskiy” nomi bilan mashhur bo’lsa, Sharqda u “Aleksandr Rumiy”, “Aleksandr Zulqarnayn” nomlari bilan mashhur bo’lgan. Shuning uchun bunday asar tarjimasidek ma’suliyatni shoir, yozuvchi, adabiyotshunos, enstiklopedist olim M. Shayxzodaga topshirganlar. Yosh, tajribasiz, dunyoqarashi tor mutaxassis bu ishning uddasidan chiqmagan bo’lar edi. Ikkinchi misolimizdagi Cain G`arbda “Koin”, “Keyn” nomlari bilan atalib kelingan. M. Shayxzoda uni “Qobil” deb sharx xalqlari atamasiga, an’anasiga moslab ag`dargan. Yahudiylar payg`ambarlarining ismi G`arbda va Amerikada “Moisey” atalsa, Sharqda “Myco” yuritadilar. Tarixiy shaxs Karl V inglizcha Charle V yoziladi. Yozuvchi Charlz Dikkens ham “Charles” yoziladi. Nima uchun biri “Karl”, ikkinchisi “Charlez” o’qilar ekan, albatta, ikkicidan biri noto’g`ri tarjima qilingan. Amerikalik tilshunos olim Chomsky sobiq SSSR da “Xomskiy” deb yuritilar edi. O’zbekistonlik olim Azim Sodiqov Amerikaga borganida, u “Xomskiy” emas balki “Chomskiy” deb atalishiga guvoh bo’lgan. Shunga o’xshagan faktlar matnda, asarda ko’p uchraydi, asar yaratilgan muhit voqealarini yaxshi o’rganib tarjimani amalga oshirish kerak. Davlatlar (realiyaga) to’qilishiga oid realiyalar, tashkilot nomlari va mansab lug`aviy ma’nolari orqali tarjima qilinavermaydi. Ularning anglatgan funkstiyasini bilib, yo so’zma-so’z izoh berish sharti bilan yoki o’zimiz davlatimizda mos keladigan ekvivalent bilan berishimiz kerak, maqsad kitobxon tushunsin: masalan: State Department - so’zma-so’z davlat departamenti Aslida - AQSh Tashqi ishlar Ministrligi Secretary of State - so’zma - so’z Davlat sekretari (AQSh) Aslida - AQSh Tashqi ishlar Ministri Ministry of Foreign Affairs – Angliya tashqi ishlar vazirligi Foreign secretary - Angliya tashqi ishlar ministri Ministry of Foreign Affairs – Angliya tashqi ishlar ministri Secretary of War – so’zma - so’z urush sekretari Aslida - AQSh mudofaa ministri War ministry - Aslida Angliya harbiy ministri Secretary of state for war - Aslida Angliya harbiy ministri Department of the Interior - AQSh ichki ishlar ministrligi Home office - Angliya ichki ishlar vazirligi Ministry of Internal affairs - Angliya ichki ishlar vazirligi Secretary of Interior – Aslida AQSh ichki ishlar ministri Home secretary – so’zma-so’z uy sekretari. Aslida Angliya ichki ishlar ministri Bundan so’z, so’z birikmalari, atamalar ma’nosida bilish uchun tarjimon o’sha xalqlar tarixi, geografiyasi, davlat tuzishi shakllari kabilarni yaxshi bilish shart. Demak, har qanday til (chet tilini) bilgan kishi tarjimon bo’la olmas ekan. U enstiklopedik bilimga ega bo’lishi bilan birga, hayot tajribasiga ham ega bo’lishi kerak ekan. Buyuk Britaniyada “профсоюз”- “trade union” kasaba soyuz, hozir “kasaba uyushmasi” bor, u AQSh da ham mavjud. Ular trade union atamasini kam ishlatadi, uning o’rniga AQSh da Association, brotherhood, society so’zlari ishlatiladi. United Electricals (Us), United Automobile workers (UAW) - объединенный профсоюз рабочих автомобильной промышленности. National Maritime union (NMU)- национальний профсоюз моряков. United Steelworkers union (USU) объединенный профсоюз рабочих сталелитейной промышленности. Bunday so’z va iboralarning mag`zini chaqish uchun va uni tarjimada tiklash uchun tarjimon o’sha xalqlar tarixi, geografiyasi, davlat tuzumi muammolarini yaxshi bilish kerak. Frazeoliklar (maqol,matal va idiomalar) ma’nolari ham ba’zan milliy o’ziga xos bo’ladi, ular ma’nolari kontekst ichida ochiladi. Masalan: When pigs fly - so’zma-so’z: cho’chqalar uchganda. Aslida - tuyaning dumi erga tekkanda. A great ship asks deep water - katta kema chuqur suv so’raydi. Aslida - katta kemaga katta safar. When in Rome, do as Romance do - so’zma-so’z: Rimda rimliklarga harakat qil. Aslida: Hamsoyang ko’r bo’lsa –ko’zingni qis. To break the ice – probit lyod - muz qo’zg`aldi. Ya’ni ish boshlandi degan ma’noda Make hay while the sun shines So’zma-so’z: Quyosh yorug`ida pichan o’r. Aslida: Temirni qizig`ida bos. Endi biz bir qancha maqol, matal va ideomalarning tarjimasini ma’nosiga qarab tarjima qilamiz va ularning qanday maqsadlarda ishlatilishini, tarbiyaviy ahamiyati kabilarga to’xtaymiz. O’zimizning milliy urf-odatlarimizni chuqur o’rganish, o’zligimizni anglashimiz zarur. Bu maqol va matallarni o’zbek va rus tillarida hamda asl nusxa ingliz tilida o’rganamiz. Maqol o’zbek xalq og`zaki ijodining qadimiy an’anaviy janrlardan biridir. Ularni tarjima qilishda, albatta, biz o’z tilimizdan o’xshashini, analogirini topib beramiz yoki so’zma-so’z tarjima qilib, ularga izoh, sharhlar berib borish talab qilinadi. Masalan; when pigs fly – so’zma-so’z qachon cho’chqa uchsa degani. Evropada foydali uy hayvonlaridan biri cho’chqa ko’p, unga nisbatan to’qilgan so’z iboralari, maqollar ham ko’p. “Hech qachon bo’lmaydi” degan ma’noda mazkur frazeologiya ishlatiladi. Uni biz so’zma-so’z o’zbek tiliga o’girsak, u notabiiy bo’lib qoladi. O’zbeklarda tuya uy hayvonlaridan biri, lekin cho’lda katta erda yashaydigan va transport vositasida sifatida ishlatiladigan hayvon hamdir, u baland bo’yli, dumi kalta, osonlikga dumi erga tegmaydi, shuning uchun uning “hech qachon bo’lmaydi” degan ma’nosi “tuya dumi erga tushganda” ga to’g`ri keladi. “Sen u ishni tuyaning dumi erga tekkanda qilasan” degan ko’p gaplar ishlatiladi. Ya’ni sen hech qachon u ishni qilmaysan degan ma’noda. Ana shunday frazeologiyalarning ruscha va o’zbekcha asl ma’nosiga mos variantlarini ko’rib boramiz. Masalan: Art is long, life is short. Век живи, век учись. Beshikdan qabrgacha bilim ol. A tree is known by its fruit. От яблони яблоко, от ели шишка. Bola boshidan ma’lum. A good name is better than a gold. Oltin olma duo ol, duo oltin emasmi. Bularga xalqimizning dunyoqarashi, jamiyatda bo’lgan va axloqiy normasi o’z ifodasini topgan. Curses like chickens come to roost. Birovga chog` qazima, o’zing yiqilasan. A good health is above wealth. Salomatlik tuman boylik. It is an ill wind that blows nobody good. Yaxshilik qurbonsiz bo’lmaydi. A friend in need is a friend indeed. Do’st boshga kulfat tushganda bilinadi. kabi maqollarda xalq ommasining ma’naviy qiyofasi, ideali, orzu-umidi, intilishlari haqida yuritgan mulohazalarini sintezini, hayot tajribalari- ning umumlashma ifodasigina bo’lmay haqiqatning obrazli ifodasidir. Maqol mantiqiy mushohida namunasi bo’lib, odob va axloq qoidalarini jamuljam etgan dono so’zdir. Maqol dono xalq ifodalagan qisqa hikmatli so’zlardir, yoki chuqur ma’noli iboralar. Maqol nutqda keng qo’llanuvchi barqaror shaklga ega bo’lgan folklor janridir. Maqolda ortiqcha so’z va jumla bo’lmaydi. Maqollar to’g`ri va ko’chmanchi ma’noga ega bo’ladi. Masalan: “Temirni qizig`ida bos”. To’g`ri ma’noda cho’zish yoki yupqa qilish, umuman turli shaklga solish uchun temirchi cho’g`day qizarib turgan paytida ya’ni yumshagan vaqtida urish kerak, degan ma’noda ishlatiladi. Ko’chma ma’noda esa har bir ishni o’z vaqtida qilish kerak degan ma’noni ifodalaydi. First think, than speak. Avval o’yla, keyin so’yla. Many a true word is spoken in just. Hazilning tagi zil. Hook before you leap. Etti o’lchab bir kes. Yuqoridagi va shunga o’xshash maqollar nutq jarayonida u yoki bu vaziyat munosabati bilan fikrni lo’nda, obrazli tarzda ifodalashda juda ham qo’l keladi. Shuning uchun ham maqol badiiy asarlarda ko’p ishlatiladi. Maqollarda voqealikning mohiyati, ibratli fikr ixcham aniq tarzda ifodalanganligi uchun bu xususiyatlarni poetik tuzilishda yaqqol sezish mumkin. Maqollar shaklan ikki xil bo’ladi: a) nasriy maqollar better late, than never hech bo’lmagandan, kech bo’lgani yaxshi A good book is a good friend Kitob yaxshi do’st b) She’riy maqollar; Every time I come to town. The boys keep kicking my dog around Makes no difference if he is a hound The got to quite kicking my dog around Elga bersang oshingni Ellar silar boshingni Itga bersang oshingni Itlar g`ajir boshingni Maqollar 2 xil yo’l bilan yuzaga keladi: a) Xalqning ko’p asrlik ijtimoiy – iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy tajribalari, kuzatishlar asosida: 1. Lost time is never found Vaqting ketdi, naqding ketdi 2. Better glorious death than a shameful life Nomus o’limdan qattiq 3. Catch the bear before you sell his skin Jo’jani kuzda sana. 4. Cut your coat according to your cloth Ko’rpanga qarab oyoq uzat Ijtimoiy hayotning rivojlanishi, siyosiy tuzumning, xarakteri maqollarning yuzaga kelishi va qo’llanishda ham ta’sir etadi. Shuning uchun asrlar davomida yaratilgan maqollarning ko’pchiligi asl ma’nosini saqlagan holda-insonni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, do’stlik kabi yuksak fazilatlarni, axloq va odoblarni kamol toptirish uchun xizmat qilmoqda. No plains, no gains. Mehnatsiz rohat bo’lmas. Calamity is man’s true touchstone. Do’st kulfatda sinaladi. Don’t make a mountain out of molehill. Pashshadan fil yasama. Demak, maqollar ta’lim tarbiya jihatdan katta ahamiyatga ega. U kishilarni ogohlantiradi, maslahat beradi. Tanbeh berib, tanqid qiladi, mehnatini ulug`laydi, hajviy kulgu ostiga olib fosh etadi. Shuning uchun maqollar uzoq umrli bo’ladi. Maqollar ko’p jihatdan matallarga o’xshasa ham, ularning har qaysisi-o’ziga xos xususiyatga ega. Maqollar tom ma’noli bo’lib, ularni mazmunida tugal fikr, umumiy xulosa bor. Xalqimiz shunday deydi. Matal-gul, maqol meva. Saying is a flower, proverb is berry. Proverbs have no previous conviction. Maqol yuzasidan bahs etilmaydi: In for a lamb, in for a sheep. Semizlikni qo’y ko’taradi. Birds of a father flock together. Ko’r ko’rni qorong`ida topadi. Every bullet has is billet. Taqdirdan qochib bo’lmas. 4. Don’t teach your grandmother to such eyes. Qari bilganini pari bilmas kabi matallar u yoki bu hayotiy voqelikka emostional-ekspressiv tus beruvchi xalq orasida tarqalgan ifodalar, xalq og`zaki ijodi janrlardan biridir. Maqollarning paydo bo’lishi nutqda turg`un obrazli iboralarning yuzaga kelishi bilan bog`liqdir. Matallar so’zning ko’p ma’noligiga tayanganligi uchun nutqiy frazeologik iboralarga qarama-qarshi holda ifodadagi o’xshatish va qiyoslashlarni kuchaytiradi. Shuning uchun ham ularda qiyoslanuvchi elementlarning tafavuti yaxshi saqlanadi. Maqollar hamma vaqt tarkibiy qanday bo’lishidan qat’iy nazar, grammatik jihatdan gapning bir bo’lagi bo’lib keladi. Demak, matallar juz’iy belgi anglatuvchi ta’sirchan nutq bezagidir. Maqollarda esa har bir so’z aniq, o’z o’rnida ishlatilgan va ahamiyatli bo’lib, o’ziga xos ritm, ohang, kompozistiyasiga ega bo’ladi. Xalq donishmandligi maqollarda turmush hodisalari bilan bog`liq bo’lgan vatanparvarlik, qahramonlik, mehnatsevarlik, do’stlik, ilm-hunar, vafodorlik kabi ideal axloq namunalari ma’qullanib, nodonlik, qo’rslik, egrilik, yomonlik, umidsizlik, yolg`on gapirish, yalqovlik, ochko’zlik kabi yomon illatlar qoralanadi. Bu narsa o’zbek maqollarining ona vatanni sevish hamda uni har qanday ichki va tashqi dushmandan saqlash asosiy o’rinni egallaydi. Vatanni sevmoq iymondandir, deydi xalqimiz. Vatanparvarlik bu o’z ona yurtini, o’lkasini tug`ulib o’sgan joyini o’rganishdan boshlanadi. Maqollarda vatanga bo’lgan muhabbat va sadoqat,uni qadrlash g`oyasi obrazli tarzda ifoda etiladi. Masalan: Every country has its customs. Har bir elning o’z udumi bor. An English man’s home is his castle. O’z uying, o’lan to’shaging. Better a glorious death than a shameful life. Nomus o’limdan qattiq. A man may love his house well without riding on the ridge. Vatanni qadrini bilmagan, o’z qadrini bilmas. Every bird lives its own nest. Bulbul chamanni sevar, odam vatanni. Motherland is a gold cradle. Ona yurting,oltin beshiging. Vatanparvarlik tarbiyasi dastlab oilada, so’ng maktabda tashkil etiladi. Bu his-tuyg`u ishonch va e’tiqodlar yoshlikdan paydo bo’ladi. Uni amalga oshirishda xalq maqollarining o’rni behisob. O’zbek xalqi ijobiy xizmatlarni ulug`lovchi maqol va matallar mavjudki u sharq ma’naviyati beshigi bo’lib kelgan. Ko’rib turibmizki, maqollar ham milliy o’ziga xos, o’sha joy, o’sha xalq udumlari bilan bog`liq. Ularni tarjimada kalka yo’li bilan tarjima qilib bo’lmaydi. Ularning asl mag`zini ochish kerak, ular ham realiyalarga o’xshash bo’lib, tarjimada ularga mos ekvivalent topish zarur. Shunda matn ham, fraza ham adekvat tarjima qilingan hisoblanadi. Maqol va matallar donishmandlik ramzi bo’lib kelgan. Ular o’quvchi va tinglovchilarni fikrini chuqur, ixcham, aniq va obrazli qilib ifodalashga o’rgatadi, kishilarni, ayniqsa, yoshlarni milliy, insoniy xislatlarni egallashga muhim vosita vazifasini o’tab kelgan va o’tab kelmoqda. Endi biz ekstralingvistik omillarni tarjimada tiklash masalasi haqida fikr yuritamiz. Badiiy tarjimada personajlar portretini to’g`ri chizishda, kiyim-kechaklar nomi, asardagi xalq tirikchiligi sharoiti haqidagi matnlarni tarjimon kitobxonga to’g`ri tarjima qilib etkazishi kerak. Masalan: A gray robe of scarlet and yellow plaid, carefully made and neatly fitted, set off to advantage the dark and rich style of his beauty.(Tom tog`aning kulbasi, 35) Katak qizg`ish-sariq matodan tikilgan bejirim kostyum uning husniga husn qo’shib turardi (T., 20). Chekman, yaktakka o’xshagan ust kiyimi “robe” ni “kostyum” deb berilgani bilan biz kelisha olmaymiz. “Coat” so’zi ham “kostyum”, “palto”, “pidjak”, “po’stin”, “kamzul” deb ag`darilgan. Sovuq joyda “po’stin”, “palto” deyish mumkin, issiq o’lkalarda “kastyum”, yoki “kamzul” ma’lumot bersa bo’ladi. Jek Londonning “Shimol odisseyasi” hikoyasidan bir misol; “Of the yellow of ripe corn silk, his frost-incrusted hair swept like day across the might and fell for dawn his coat of bearskin”(p.36). Rus tilida “куртка из медвежого меха” (стр.155) deb berilgan. Qirov bosib qotib qolgan, pishgan boshoqdek sap-sariq sochlar xuddi tundagi shu’la kabi yarqirab ayiq terisidan tikilgan kamzulning yoqasidan chiqib turar edi.(11-bet). “Kamzul” emas, “po’stin” desa yaxshi, to’g`ri tarjimaga yaqin bo’lardi. Inglizcha “cap”, hat, bonnet so’zlari ham o’zbek tiliga shapka, kepka, shlyapa deb berilmoqda. Lekin shu tushunarli so’zlar, bo’la turib, uni o’zbek tiliga “qalpoq” so’zi bilan berilganiga rozi bo’lmaymiz. “At his crises Sam Contrived to have his hat brown off”(Tom tog`aning kulbasi, 100 bet). “Sem” boshidan qalpog`ini olib qattiq qichqirdi”(T.,86). “Cup” so’zi sharq mamlakatlarida “kosa”, “piyola” deb ishlatiladi, Xitoy, Koreya, Vetnamda yaratilgan ingliz yozuvchilari asarlari bor. Masalan: “Yuvosh Amerikalik”, lekin uni G`arbda “Чашка” deb berish kerak. Milliy o’ziga xos materiallardan biri diniy atamalar, urf-odatlar nomlaridir. Ular Xristian, Musulmon, Tavrut, Budd dinlari bor bo’lib, ularga rioya qilish, shariat qonunlari, tartiblari har xil. Ularni ham tarjima qilish katta bir qiyinchilikni tug`diradi. Masalan “рождество” so’zi o’zbek tiliga “rojdestvo” va “hayit” so’zlari bilan berilmoqda. “Rojdestvo” deb izoh bersa bo’lardi, lekin “hayit” so’zi ancha uzoq. Gogolning “Ванька” hikoyasidan Ванка Жуков, девятилетний мальчик, отданный три месяца назад в учение сапожнику Аляхину, в ночь под рождество неложился спать. Bundan uch oy burun Alyaxin degan etikdo’zga berilgan to’qqiz yashar bola Vanka Jukov katta hayit kuni kechasi anchagacha yotmadi. “Tom tog`aning kulbasi” romanida shunday misol bor: Den uncle Peter mustn’t sit in it, cause he always hitches he gots as singing.(63) - Lekin unga Piter tog`ani o’tirg`izish kerak emas, -dedi Den. Piter tog`a namoz o’qiyotganda kursini doim minib yuradi. “Yuvosh Amerikalik” romanidan bir misol: Even the priest who sat in a corner of the tower never changed his position as he read in his breviary (p.58). Не шевелился и священник, читавший требник в углу колокольни (285). Qo’ng`iroq xonaning bir chekkasida trebnik o’qiyotgan pop ham qimirlamaydi. Misollarimizda “katta hayit”, “Namoz o’qish”, “trebnik” so’zlari uchraydi. “Rojdestvo” ni eshitganmiz, u “hayit” ga yaqin, uni umuman “rojdestvo” deb bersa ham bo’laveradi. “Namoz o’qish” ni qanday tushunamiz, u voqea Amerikada, negrlar hayotida sodir bo’ladi albatta. Bu noto’g`ri tarjima, uchinchi so’z “trebnik” ni o’zbek kitobxonlari tushunmaydi, bunga izoh berish kerak edi. Voqea Vetnamda o’tadi, Budd diniga oid. Demak, ikki asar tillarini bilishdan tashqari, ikki xalq milliy urf-odatlari, udumlari kabilarni ham tarjimon yaxshi bilishi kerak ekan. Bo’lmasa, tarjima kitobxonga yaxshi tushunarli bo’lmaydi, yaxshi o’qilmaydi. Ba’zi frazeologik birliklarda joy nomlari, taxalluslar, simvolik so’zlar, ramzlar bilan beriladi. Ularni ham so’zma-so’z ya’ni kalka usuli bilan tarjima qilsak, u adekvat tarjima bo’lmay qoladi. Masalan: The book of Books – kitoblarning kitobi-bibliya. The Big Pond - Katta hovuz- Atlantik okeani. God’s Country – Xudo yurti – Amerika. The God of day – Quyosh xudosi- Apallon. God of heaven – Osmon xudosi- Yupiter. Son of God – Xudo o’g`li- Isus. City of Golden Gate – oltin darvozali shahar- Sanfranstisko shahri. The father of the Country – Vatan otasi – AQSh birinchi prezidenti (1732-99)- Jorj Vashingtonning taxallusi. IKE- AYK, “Isaak” so’zining qisqargan shakli ya’ni prezident Eyzenxauer taxallusi. Simvolik so’zlar, ko’pincha, kontekst ichida aniqlanadi. Obrazli so’z va iboralarning ijobiy yoki salbiy ma’noda ishlatilganini aniqlab tarjima qilish kerak. Masalan, rus tilidagi “Голубь” o’zbek tilida hech qanday obraz ma’nosida ishlatilmaydi. G`arbiy Evropa tillarida hurmatlash, erkalatish maqsadida ishlatiladi. “Sigir” hind xalqining xudosi, unga chiroyli sanamlarni va ona mehrini qiyos qilib, obrazli ifoda sifatida ishlatadilar. Qozoq va Qirg`izlarda chiroyli ko’zni “Tuya ko’z”, “bo’tako’z” deb atasa, o’zbeklarda esa “Ohu” ko’ziga qiyos qiladi. Ba’zi ingliz tilidagi asardan olingan misollarga e’tibor qilaylik. “Our father was a very good family. He was a mandarin” edi (43-bet). Othello: She was false as water (1938, 423). Отелло: она была коварно, как вода (1950,510). Otello: Oqin suvday, u aldamchi, riokor edi (1960, 327). Yago: Even now, very now, an old black ram. Is tupping your white ewe. Яго: Вы – здесь, а вашу белую овечку. Там кроет чёрной матерой баран Yago: Shu paytda, shu minutda qora va qari bitta qo’chqor ko’zingizni bosdi. Bu misollarimizdagi “mandarin” , “oqin suvday” kabi metafora va o’xshatishlarni qanday tushunish kerak. “Mandarin” – “obro’li kishi” ekan. “Oqin suvday” ni lug`atlar yordamida tarjima qilib bo’lmaydi. Unga professor M. Morozov oqadigan suv tez oqib o’tib, tez o’zgarib, yangisi, yangi suv kelib oqib turadi, ya’ni o’zgaruvchan-“foxisha” deb izoh beradi. Shundan keyin bu o’xshatish ma’nosi ochiladi. “Qora va qari qo’chqor” Evropada salbiy ma’noda ishlatiladi, ya’ni uni salbiy obraz Yago aytayotir. Xalqlarning turmushi, urf-odati, tasavvur va tushunchalari shu darajada farq qiladiki, ba’zan ayni bir hodisa ham boshqa-boshqa ma’no kasb etadi. Masalan, kishilar oldidan “qora mushuk kesib o’tishi” – nemislar, ruslar va o’zbeklarda yomonlik alomati bo’lsa, franstuzlarda yaxshilik belgisidir. O’zbeklarda “qo’y” yaxshilik timsoli bo’lsa, G`arbiy Evropada uquvsizlik, faxmsizlik timsoli sifatida qo’llaniladi. Ekstralingvistik materiallardan iqlimga xos ba’zi so’z va iboralar tarjimasidir. Ularni ko’z bilan ko’rmagandan keyin konkretlikdan umumiylikka o’tish yo’li bilan tarjima qilaveramiz. Masalan; Biror o’simlik nomi bo’lsa, u O’zbekistonda o’smasa yoki uning nomi bo’lmasa, umumiy nom “o’simlik” deb ag`dara qo’yamiz. Masalan, “So’na” romanida inglizcha so’z “Fragala” meva nomi uchraydi. Asar voqeasi Italiyada bo’lib o’tadi. Italiya iqlimiga xos, uni ruschaga “Italyanskaya zemlyanka” deb bergan. Mirzakalon Ismoiliy bu so’zni mevaga oid “parmanchak” deb o’zbek tiliga tarjima qilgan. Har holda shevalarda bor so’zdan foydalanib berishi ham yaxshi, lekin izoh berish kerak edi. “Tom tog`aning kulbasi” dan bir misol: “Trees quite welcome to do the fighting, George”, said phineas, chewing some checkerberry-leaves as he spoke (259 bet). Checkerberry leaves – AQSh da doim ko’m-ko’k o’sadigan, “Kanada choyi barglari” deb asl nusxada izoh berilgan (632 bet). O’zbekchasi:“marhamat, Jorj istaganingcha urishaver,- dedi Fineas, - tut bargini chaynab” (216). Tut bargi - inglizcha mullberry (tree) – Apc (807 bet). Demak uzoq xalqlar, har xil iqlim sharoitidagi borliq hamma xalqlarga mos kelavermaydi. Ularni yaxshi bilib olib, yoki biladigan mutaxassislar bilan maslahatlashib tarjima qilish kerak. Ekstrolingvistik omillardan yana biri o’lchov birliklaridir. Uzunlik o’lchov birliklari: Inglizcha o’zbekcha (ruscha) inch - 2,54 sm foot – 30,5 sm yard - 91 sm mile - 1609 m centimetre- santimetr metre – metr kilometre - kilometr Og`irlik o’lchov birliklari: Inglizcha o’zbekcha (ruscha) ounce - unstiya (28,32) pound (funt) – 16 unstiya (4542) gram – gramm kilogram – kilogramm tonne - tonna Suyuq jismlar o’lchovi: pint – pinta – 0,57 litr gallon – 8 pinta – 4,54 litr litre – 1,76 pinta – litr barrel - bochka – 163 l (Ang), Amer. 159 l Maydon o’lchovlari: acre – akr - 0,4 gektar- 4000 kv.metr hectore – gektar- gektar- 10.000 kv.metr Don o’lchovlari: bushel – Bushel – 27,2 kg, pud- 1,66 pud tonne – 36,9 bushel – 1000 kg pud- 62,5 pud pood - 0,6 bushel – 16 kg “Mile” - quruqlikda 1609 m.ga, dengizda 1852 m., geografik milya esa -7460 m.ga teng. Biz ko’proq 1609 m. bilan tarjima qilamiz. “Yuvosh Amerikalik” romanidagi bir misol: “At the and of it we should still have no helicopters, and the enemy would still be there, fifty miles from Hanoi” (p.78 bet). “В конце концов мы таки и останемся без вертолетов, а противник так и останется на своем месте в пятидесяти километрах” (38). “Oqibatda biz vertaletsiz qolamiz, dushman esa o’z joyida, Xanoydan 50 km narida hozirgidek qolaveradi” (70). Jek Londonning “shimol odisseyasi”dan: There was no sound now; perhaps twenty feet away there were waiting for a rustle (121). “Не было слышно ни звука, а что если в каких-нибудь десяти метрах они ждут, чтобы мы шелохнулись, кашлянули, чихнули?” (356-bет). “Qimirlab, yo’talib yoki aksirib qolmasmikin, deb atigi 10 metrcha narida bizni kutib turishgan bo’lsa-chi....” (121 bet). “So’na” romanidan bir misol: “Every inch of a ground in the Romagna is risky for you” (Gadfly, 203-bet). “Каждая пядь земли в Романье опасно для вас…”(193-bet) “Romanyaning har bir qarich eri siz uchun xavfli…”(188-bet). Birinchi misolimizda dushman 30 km yaqin keltirgan, ikkinchi misolimizdagi 20 qadam o’rniga 10 metr ya’ni 10 qadam kamaytirib, uchinchi misolda 2,5 sm emas, “bir qarich”- 20 sm.ga ko’paytirib tarjima qilgan. Har uchala misolimizda ham noto’g`ri tarjima amalga oshirilgan. Tarjimashunos S.Vlaxov va S.Florin shunday yozadi: “Badiiy adabiyotda, ayniqsa, raqamlar ancha kam uchraydi. Badiiy adabiyot vositasi -obraz, uni yaratish uchun matematika va texnologiyaning aniq raqamlari kamdan-kam kerak bo’ladi” (Сб.ст., Мастерство перевода. 1969,стр.448). Shunday-kuya, chindan ham, bular hammasi ikir-chikirlardir. Lekin tarjimon bunday ikir-chikirlarni puxta bilishi lozim. Chunki bir necha gramm, santimetr, metr, kilogrammga xato qilish voqea tasviri, hayot haqiqatiga zid kelib qolishi, o’quvchiga shubha tug`dirishi mumkin. Badiiy asar tarjimasida faqat umumiy badiiy adekvatlikka emas, badiiy detallarning aniqligiga ham e’tibor qilish zarur. Tarjima faqat estetik qimmatga emas, balki bilish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga moliqdir. Ekstralingvistik faktlardan yana biri ba’zi nomlar –joy nomlari, tashkilot, gazeta, jurnal va ba’zi kishilar ismlari ham alohida e’tiborga loyiqdir. Ularning ko’plari transkripstiya va transliterastiya yo’li bilan berilmoqda. Transkripstiya Isaac Newton – Isaak Nyuton John Wood- Jon Vud Shakespeare – Shekspir Byron - Bayron James Aldridge – Jeyms Oldrij Waterloo – Vaterloo Transliterastiya (ba’zan yarim translit.) Morning star –monning star (yarim transl.) Modern language –modern lenundjiz Downing street – Dauning strit Lekin ba’zi davlatlar nomlari na transkripstiya na transliterastiya qilinadi: Egypt – Egiped –Mucp Algeria – Aljir - Jazoir German – Germaniya - Olmoniya yoki yuqorida eslatilgan ba’zi arboblar taxalluslari – Ike- Ayk-Eyzenxaurning taxallusi ya’ni Isaac so’zining kichraytirish –erkalatish shakli Ike- Ayk bo’ladi. Demak, nomlar tarjimasida ko’plari lingvistik yo’l bilan tarjima qilinadi, ba’zilari esa ekstralingvistik metodlar bilan amalga oshiriladi. Qo’shimcha materiallarni bilish orqali amalga oshiriladi. Birinchi bob xulosasi. Ekstralingvistik materiallarni yaqin tillardan tarjima qilish birmuncha oson, qulay, uzoq tillardan o’girish ancha mushkul. Ekstralingvistik faktorlari bo’lgan matnni hayot tajribasiga ega bo’lgan, tarjimada tajribasi mavjud mutaxassisgina uddasidan chiqadi. Yaxshi tarjimon bo’lish uchun keng dunyoqarashga ega bo’lish, tildan tashqari materiallarni xalqlar tarixi, etnografiyasi, geografiyasi, badiiy adabiyoti, davlat tuzumi kabilarni yaxshi bilish kerak. Iloji bo’lsa, asar yaratilgan davlat, xalq orasida bo’lish, ma’lum muddat u erda turib, ekstralingvistik faktorlarga e’tibor berishi kerak. Biz ishimizning birinchi bobida ekstralingvistik muammolarni umumiy holda ko’rib chiqdik, ularni yaxshi bilish bilan birga, qanday tarjimani amalga oshirish lozimligi haqida tajribalarni ko’rib chiqdik. Ikkinchi qismimizda endi Amerika ekstralingvistik omillariga to’xtaymiz. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling