Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.
Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” asaridagi ekstralingvistik omillarning tarjimasini tahlil qilib, xulosalar chiqarish va bu xulosalarni tarjima nazariyasi va amaliyoti fani, stilistika va qiyosiy tipologiya fanlari uchun nazariy material berish ishimizning nazariy ahamiyatini tashkil qilsa, tarjima bo’yicha seminar, amaliy mashg`ulotlarida qiyosiy tipologiya seminar darslarida qo’llash, ulardan foydalanish ishimizning amaliy ahamiyatini tashkil qiladi.
Mavzuni o’rganish darajasi. Magistrlik dissertastiyasini tayyorlashda xorijiy mamlakatlar adabiyoti bo’yicha darslik, qo’llanmalar, adabiyot nazariyasi va tarjima nazariyasiga oid monografiya va risolalardan foydalaniladi.
Ular “История зарубежной литературы хх века”1, “Американская литература хх века ”2, “Чет эл адабиёти тарихи”3, “Highligts of American literature”4, “Readings in modern American literature”5, V.L.Rosselsning “Эстафета слова”6, G`.Salomovning “Тил ва таржима”7, Prof E.S. Aznaurova,8 Izzat Sultonning “Адабиёт назарияси”9, J.Buronovning Сравнительная типология английского и тюркских языков”10 va T.D. Tomaxinning “Реалин-Американизмы”11 asarlaridir.
Bulardan tashqari adabiyot tarixi, tarjima nazariyasiga oid ko’pgina rus va o’zbek olimlari asarlari nazariy material sifatida olindi.
Ishning yangiligi. Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” asaridagi ekstralingvistik omillar juda kam o’rganilgan, ayniqsa, ularning o’zbek tiliga tarjimasi deyarli tahlil qilinmagan.
Biz Amerika xalq xo’jaligiga, madaniyati, siyosati, iqtisodiy jihatlarini o’rganib, mazkur asarda uchragan ekstralingvistik omillar tarjimasini qarab chiqamiz, ularning ko’pchiligi rus tili variantidan o’zbek tiliga ag`darilganligi uchun farqlar anchagina topiladi, ko’p o’rinlarida ruscha nusxadan ham foydalanamiz, lekin asosiy ob’ekt materiali qilib, “Amerika fojiasi” asarining asl nusxasi olinadi va unga biz tayanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |