Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги денов тадбиркорлик ва педагогика институти


Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllanishi


Download 339.09 Kb.
bet2/4
Sana15.02.2023
Hajmi339.09 Kb.
#1199974
TuriРеферат
1   2   3   4
Bog'liq
referat Nobank kredit tashkilotlari

Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllanishi.

Ilk marotaba kredit kooperativini tashkil etish kontseptsiyasi 1850 yilda Germaniyada, aholining kam ta`minlangan qatlamlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo`lgan. Tegirmonchi va novvoylarning dastlabki kooperativ kredit jamiyatini tuzgan German SHultse-Delich va kredit uyushmalari faoliyatining asosiy qoidalarini birinchi bo`lib bayon etgan hamda keyinroq kredit uyushmalari federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko`mak bergan Frederik Rayfayzen kooperativ harakatiga asos solganlar. Frederik Rayfayzeng bu inson birinchi bo`lib kredit uyushmalar uchun faoliyat printsiplarini yozadi va keyinchalik KREDIT UYUSHMALARI ASSOTSIATSIYASINI tashkil etadi. Bu assotsiatsiyani tashkil etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, mijozlar bilan ta`minlash bilan shug’ullangan.


Kredit uyushmalari – kooperativ moliya tashkiloti bo`lib, u uyushma a`zolariga tegishli va ularga demokratik printsiplar asosida xizmat ko`rsatadi. Kredit uyushmasining maqsadi jamg’armalarni jalb qilish, umumiy mablag’lardan a`zolarga kreditlar berishda foydalanish va uyushma a`zolarining moliyaviy ahvolini yaxshilovchi boshqa moliya xizmatlarini ko`rsatishdan iborat.
Kredit uyushmalarni ro`yxatdan o`tkazish va litsenziya berishni amalga oshiruvchi organ bo`lib “Markaziy bank tug’risida”gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi. YUkorida aytilganidek, kredit uyushmalarining asosiy maksadi bo`lib o`zining a`zolariga yuqori sifatli va tezkor hizmatlar ko`rsatishdan iboratdir.
Markaziy bank to`g’risidagi qonunga, “Kredit uyushmalari to`g’risida”gi qonunga ko`ra kredit uyushmalari faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tartibga soladi. U kredit uyushmalari uchun majburiy bo`lgan moliya operatsiyalarini o`tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini belgilaydi. 298

Quyidagi xujjatlar kredit uyushmalari faoliyatini tartibga soladi:


➢O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;
➢O`zbekiston Respublikasi “Kredit uyushmalari tug’risida”gi qonuni;
➢O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining me`yoriy hujjatlari.

Kredit uyushmasining ta`sis hujjati bo`lib uning ustavi hisoblanadi. Ustav kredit uyushmasi muassislarining umumiy yig’ilishida qabul qilinishi kerak. Kredit uyushmasi a`zosi, auditor, istalgan manfaatdor shaxsning talabiga ko`ra kredit uyushmasi unga ustav bilan tanishish imkoniyatini berishi shart.


Bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat yuritadigan kredit uyushmasi o`z ishtirokchilariga moliyaviy mahsulot va xizmatlar taqdim etadi – ya`ni, u siyosat yoki hukumatga emas, balki ishtirokchilarga mo`ljallangan. Kredit uyushmasining faoliyati moliyaviy subsidiyalarga bog’liq emas. Kreditlash uchun mo`ljallangan mablag’larning asosiy manbai jamg’arma depozitlari hisoblanadi. Ushbu mablag’larning o`sishi jamg’armalarni safarbar qilishning o`sishiga, kredit uyushmasining ichida esa – kapitallashtirish (taqsimlanmagan foyda) orqali o`sishga bog’liqdir.
Kredit uyushmasi (KU) kooperativ bo`lib, unga a`zo bo`lgan har bir kishi uning sherik egasiga aylanadi. Sizning uyushmadagi pay hisob varag’ingiz sizning “ulushingiz”ni bildiradi. Biroq pay badallari birjadagi kursi o`sishi yoki tushib ketishi mumkin bo`lgan aktsiyalardan farq qiladi. Pay badallari hisob varaqlari bo`yicha dividendlar to`lanadi. Kredit uyushmasi kooperativ bo`lganligi sababli u amalda ishlab topilgan ortiqcha foydanigina taqsimlay oladi.

Download 339.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling