Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish tizimi.
Kredit uyushmasi a`zolarining mumiy yig’ilishi:
➢ustavga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritadi, ustav fondini ko`paytirish yoki kamaytirishga doir o`zgartishlar bundan mustasno;
➢daromadning bir qismini kredit uyushmasining a`zolariga to`lash tartibini tasdiqlaydi;
➢kredit uyushmasi a`zolari orasidan kengash, kredit qo`mitasi, taftish komissiyasi a`zolarini saylaydi, ularning vakolatlarini bekor qiladi;
➢yillik moliyaviy hisobotni, kengash, ijroiya organi, kredit qo`mitasi va taftish komissiyasining hisobotlarini tasdiqlaydi;
➢auditorlik tashkilotini va u bilan shartnoma tuzish shartlarini belgilaydi;
➢kredit uyushmasini tugatish va qayta tashkil etish to`g’risida qaror qabul qiladi.
Hozirgi kunga kelib Resbulika hududida 30dan ortiq kredit uyushmalari faoliyat ko`rsatishmoqda, undan tashqari davlat va kredit uyushmalari orasidagi aloqani yanada yaqinroq va tezroq amalga oshirish maqsadida “O`zbekiston Respublikasi Kredit Uyumalari Assotsiatsiyasi” tashkil etilgan.
Xavfsiz va moliyaviy barqaror institut bo`lishi uchun omonat kredit uyushmasi ishtirokchilarning jamg’armalarini himoya qilish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirayotganda har tomonni o`ylab ish tutishi kerak. Butun dunyoda faoliyat ko`rsatayotgan kredit uyushmalarini takomillashtirish kredit uyushmalari faoliyatining samaradorligini ta`minlaydigan moliyaviy boshqaruv hamda ichki nazorat tizimini barpo etish yo`li bilan amalga oshirilib, institutning xavfsizligi va barqarorligiga qaratilgan va shunga asosiy e`tiborni beradi.
Kredit uyushmasi ishlab chiqarish, sug’urta, savdo-vositachilik hamda ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug’ullanishga haqli emas” deb aytilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |