Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги фарғона политехника институти
Download 48.57 Kb.
|
52-16 KT gruh Ro'ziyev Shavkatjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish
- 9. Mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish.
- 9. Adabiyotlar .
7. Asosiy jihoz bayoni Qurilma neftni fraksiyalarga ajratish uchun mojallangan past bosimda ishlaydigan bug'latish qurilmasi. Ustun quydagi parametrlarga ega: Qurilma balandligi - 38300 mm Konsentrasiya qismi - 2600 mm Kub ustunlar - 2600 mm Ajratish qismi 2600 mm Kub ustun balandligi - 5000 mm Konsentratsiya balandligi qismi - 23800 mm Ajratish balandligi qismi - 4900 mm Separator balandligi - 2500 mm Tarelka orasidagi masofa - 600 mm Tarelka o'rtasidagi masofa - 2100 mm Tarelka va konsentrasiya qismi soni - 35 Tarelka bilan ajratish qismi soni - 8 Moddiy birligi 15XM Qurilma devor qalinligi - 5 m Neft 360° gacha qizdiriladi. Ustunning konsentrasion va ajratuvchi tarelka qismlari 377x6 mm diametrli vilka orqali ajratadigan joy. Ikkinchi qo'shimcha sirkulyatsion sug'orish bir hil joyga kiradi, uning bir qismi plastinkadan so'riladi, aylanma trubadagi sof flegma bilan tarelkalar pastgi qismiga tushib, xom-ashyo yog' yoqilg'i bilan boyitilib, gaz, benzin, fraksiyalarini bug'latadi. Kerosin va dizel yoqilg'isi: Sof yoqilg'i ustuning kub qismidan chiqib ketadi 60x4 mm diametrli vilkasidan iborat fraksiya tog'ridan 1-plastinka ostida ustun kub qismi bir soatda 0,44 kg/sek suv bug'i chiqib ketadi. Diametri 25x2 mm shtuser orqali yoqilg'i va uning suyultirilgan boyitilgan fraksiyani isitish uchun 25x2 mm shtuser orqali suv bug'lari ham bo'limlarga kiradi. Isitish uchun kerosin, benzin va dizel yoqilg'isini olish ushbu fraksiya suyultirish uchun [9].
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish — mashinalashtirilgan ishlab chiqarishni nazorat qilish va boshqarish ishlarini avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklash; ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirishning yuqori bosqichi. Fan va texnika taraqqiyotinnng asosiy yoʻnalishlaridan biri. Mehnat unumdorligi, maqsulot sifati, mehnat madaniyati va omillar ishlab chiqarishni koʻrsatkichlarini yuqori darajaga koʻtarish imkonini beradi. Ishlab chiqarishning qisman (lokal), yalpi (kompleks) va toʻla avtomatlashtirish bosqichlari mavjud. Qisman avtomatlashtirish bosqichida ishlab chiqarishning alohida ish turlari (suyuqlik sathi balandligi, t-ra, bosim va b.) ni rostlab turish ishlari avtomatlashtiriladi. Yalpi avtomatlashtirish bosqichida bir necha qisman’ av-tomatlashtirilgan ish turlari boʻlim, sex, korxona miqyosida oʻzaro bogʻlangan boʻladi, yagona avtomatik majmua sifatida muayyan dastur boʻyicha boshq-ariladi. Boshqarish ishlari odam (operator) nazorati ostida oʻtadi. Toʻla avtomatlashtirish bosqichida esa ishlab chiqarish ni jarayonining barqarorligi, ish turlari oʻzgarmasligi ishning yuqori samarali boʻlishini taʼminlaydi. Odam uchun xavfli ishlab chiqarish sharoitlarida toʻla av-tomatlashtirishdan foydalanish ayniqsa oʻrinli boʻladi. Avtomatlashtirish ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirish, unumdorligini oshirish va yuqori sifatli mahsulot olishni, asosiy va yordamchi texnologik jarayonlari xavfsiz ishlashini ta’minlaydi. Lokal va avtomatik boshqarish sistemalari katta ahamiyatga ega bulib, axborot va boshqarish funksiyalarini me’yorida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Axborot funksiyalarning vazifasi - axborotni texnik parametrlarini o‘lchash, uzatish, tayyorlash va ko‘rsatishlardan iborat. ELOU-AVT-3 qurilmasida texnologik jarayon quydagicha avtomatlashtirilgan: K1 bug'latish kalonnasidagi yuqori va pastki qism harorati TIR-1 va TIR-3 orqali o'lchab boriladi. K-2 kalonnasidagi yuqori va pastki qism harorati TIRC-4 va TIRC-8 lar orqali nazorat qilinadi va K-3/1,2,3 dagi bug' orqali sozlanadi. Satx LT-5 orqali o'lchanib NS-5 klapanidan avtomatik ravishda sozlanadi. Bosim esa PIRC-9 da o'lchanib NS-9 da chiqayotgan bug' sarfini boshqarish orqali avtomatik sozlanadi. K-3/1,2,3 lardagi bosim PIRC-13,14,15 orqali o'lchanib NS-13,14,15 dan chiqayotgan bug' sarfini boshqarish orqali sozlanadi. E-2 dagi bosim PE-12 orqali nazorat qilinadi. E-1 dagi satx LIRC-15 orqali o'lchanib NS-15 dan chiqayotgan benzin sarfini boshqarish orqali avtomatik sozlanadi. K-4 dagi satx LT-11 orqali, bosim esa PE-10 orqali nazorat qilib turiladi. Vakuum bo'limida K-6/1,2,3 dagi bosim PIRC-17,18,19 orqali nazorat qilib turiladi va kolonnaga kirayotgan bug' sarfini boshqarish orqali sozlanadi. K-5 vakuum kolonnasidagi satx LE-20 orqali nazorat qilinadi. Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda avtomatlashtirish texnologiyani ajralmas qismiga aylangan. Chunki jarayonlarni avtomatlashtirish ishchi kuchi resurslarni tejashga, jarayonlarni xavfsiz olib borishga maxsulot sifatini yaxshilanishiga va energiya resurslarni tejashga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shu sababli jarayonlarni avtomatlashtiruvi yildan yilga rivojlanib bormoqda. O'ylaymanki kelajakda ko'plab ishlab chiqarish soxalarida, shuningdek neftni qayta ishlash sohasida ham jarayonlar ham to'la avtomatlashtirildi. [14]
Farg’ona neftni qayta ishlash zavodidagi atrof-muhit, mehnatni muhofazalash chora tadbirlari. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan buyon ekologik muammolarini yechish borasida qator yutuqlarga erishmoqda. O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida atrof muxit muhofazasi borasida 30 dan ortiq qonun va qarorlari tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitga ta`sirini nazorat qilib kelinmoqda. Korxonaning ishlab chiqarish sexi yong’inga va portlashga xavfli ishlab chiqarish turiga kiradi. Rejimining buzilishi va avariya xollarida zararli gazlarning ajralishi xavfi paydo bo`ladi va yoniш zaxarlanish xollari yuzaga keladi. SHuningdek eshitish kompressorlar doimiy shovqini oqibatida kasbiy kasalligi yuzaga kelishi xavfi mavjud. Ishlab chiqarish xona harorati yoz davrida 13-17 ºC ni tashkil etadi, qish davrida tashqi metireologik (iqlimiy) olimlarga bog’liq. Ishlab chiqarish xonasidagi havoning namligi, me`yoriy normalar atrofida bo`lib, o`zgarmaydi. Demak inson organizimiga ta`sir etuvchi asosiy omillari bo`lib, havo tarkibida zararli gazlar miqdorining ortib ketishi, shovqin, titralash manbalari, haroratining ruxsat etilgandan past bo`lishi hisoblanadi. Neftni qayta ishlash jarayonida vujudga keladigan ko’ngilsiz xolatlar va avariyalarni kelib chiqish sabablari. 1. Neft va neft maxsulotlarini alangalanuvchi, bundan tashqari ma’lum temperaturada o’z-o’zidan yonish xususiyatiga ega. Birlamchi qayta ishlash va bir qancha boshqa jarayonlarida neft maxsulotlari xatto o’z o’zidan yonish xaroratigacha qizdiriladi. Buning natijasida ko’plab qurilmalardagi trubkali pechda yonish manbaasi xosil bo’ladi. 2. Neftni qayta ishlash texnologik jarayonlarda ko’p miqdorda maxsulotlar, bug’ xolatda xavo bilan portlash xavfli aralashma xosil bo’ladi. Bunday aralashmalar yopiq sistemalarda, apparat ichki qismida to’planadi. Yonish kuchlanishi ortishi masalan uchqun ta’sirida aralashma portlaydi va tezlik bilan xarorat ko’tarilib ketadi. Yong’in xosil qilish manbayi uchqun elektr qurilma va jihozlarning ishdan chiqishi, nazoratsiz qolishi natrijasida va shu kabi xolatlar natijasida xosil bo’ladi. 3. Apparat ichida xosil bo’lgan portlashlar, chaqnashlar truba uzatmalarini ichki bosimi ortishi natijasida xosil bo’ladi. 4. neft, neft mahsulotlari va ko’plab reagentlar neftni qayta ishlash zavodlarida qo’llaniladi, ular o’ta o’tkir, zaxarli xidli tarkibi uglevodorodli moddalar xisoblanadi. 5. Texnologik qurilmalarda ko’plab elektrodvigatellar mavjud, probor va boshqa elektrojihozlar bilan ta’minlangan. Elektr toki bilan notog’ri muomalada bo’lish natijasida insonni butun tanasi kuyishi elektrdan jarohatlanishi natijasida inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xavfga qarshi kurashish chora tadbirlari: 1. Xamma apparatlar 0.07MPa bosim ostidan yuqori ishlaydi, klapanlar yordamida saqlanadi. Apparatlar xavfli darajada bosim oshib ketsa klapan yordamida ortiqcha gaz va suyuqlikni chiqarib yuboriladi. 2. Zavod hududida zaxarli va portlash xavfi mavjud moddalarni o’ta sezgir priborlar orqali aniqlanadi. Ular ruxsat etilgan konsentratsiyaga yaqin ishlashi bilan signal beradi. 3. Ta’mirlash vaqtida ko’ngilsiz xolatlarni oldini olish maqsadida qurilmalarga masofadan jarayonni kuzatuv moslamalari o’rnatilgan. Loyihalanayotgan qurilmamda unumdorligi 52920 kg/soat bo’lgan neftni birlamchi qayta ishlash tsexini ish jarayonini davomida atrof-muhitga turli gazlar chiqishi, tashlab yuborilishi mumkin. Shuning uchun zavod miqyosida qo’yilgan talabga binoan ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshib ketsa, ma’muriy jazo, pul ko’rinishidagi jazolash turlari ko’riladi. ELOU-AVT-3 qurilmasidan chiqayotgan, atmosferaga tashlab yuborilayotgan gazlarni ruxsat etilgan konsentratsiyasi.[16] Texnologik jarayonlarni asosiy xavfsizlik qoidalari
8. Xulosa Menga kafedramiz tomonidan Unumdorligi 24503 kg/soat bo'lgan ABT - 3 uskunasida kerosin ishlab chiqarish sexini moddiy va issiqlik hisoblari. Asosiy qurilma '' bug'latish kollonasi ” mavzusida kurs ishini bajarish berildi. Men bu kurs ishini bajarishda Neftni qayta ishlash texnologiyasi, asosiy qurilmalarni tuzilishi va ish prinspi, Xom-ashyo va tayyor mahsulot xaqidagi ma'lumotlar bilan o'qish davrida mutaxassis fanlaridan, tegishli ma'lumotlar bilan tanishdim. Kurs ishini rejada ko'rsatilgan tartibda bajardim.Kimyo sanoatining o'rni, xom-ashyo va tayyor mahsulot tavsifi, jarayonning fizik-kimyoviy asoslari , sxema bayoni, moddiy va issiqlik hisobi asosiy jihoz bayoni, tehnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish kabi masalalarga to'xtalib o'tamiz. Men ushbu kurs ishini bajarish bilan bir qatorda olgan mustahkamladim Neftni qayta ishlash texnologiyasidagi AВТ-3 uskunasini to'liq o'zlashtirdim. va kelajakda yaxshi mutaxasis bo'laman deb vada beraman.
2. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi 2000-2005 yil 3. Akramxodjayev A. M. Neft va gaz. Toshkent 1986-yil 4. Камьянов В. Ф., Головко А. К., Кураколова Е. А., Коробицина Л. Л. Высококипящие ароматические углеводороды иефтей: Преприит. Новосибирск: Ии-т химии нефти СО АН СССР, 1982. 5. Аделъсон С. В., Вишнякова Т. П., Паушкин Я. М. Технология нефтехимического синтеза. М.: Химия, 1985. 599 6. Танатаров М. А., Ахметшина М. А., Фасхутдинов Р. А., Вопошин Н. Д., Золотарев П. А. Технологические расчеты установок переработки нефти- Москва: Химияб 1987г. 7. Рабинович Г. Г., Рябых П. М., Хохряков П. А. Расчеты основных процессов и аппаратов нефтепереработки-Москва: Химия 1963г. 8. Адельсон С. В. Процессы и аппараты нефтепереработки и нефтехимии-Москва: химия 1963г 9. Коротков П. И., Исаев Б. Н., Тетеру В. Г. Первичная переработка нефти на высокопроизводительных атмосферо-вакуумных установках-Москва: химия 1975г. 10. Касатки А. Г. Основные процессы и аппараты химической технологии-Москва: химия техника 2001г. 11. Сарданашвилли А. Г., Львова А. И. Примеры и задачи по технологии переработки нефти и газа- Москва: Химия 1973г. 12. Глаголев О. Ф., Капустина В. М. Технология переработки нефти-Москва: Химия. Колосс 2005. 13. Фаромазов С. А. Оборудование нефте перерабатываюших заводов и его эксплутутция-Москва: Химия 1984г. 14. Лейбо А. Н., Хесин Э. Б., черняк Я. С. Справочник механика нефтеперерабатываюшего завода- Москва: химия 1969г. 15. Бабицкий И. Ф., Вихман Г. Л., Вольфсон С. И. Расчет и конструирование аппаратуры нефте перерабатываюших заводов-Москва: химия 1986й. 16." Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi "MChJ Reglamenti. 17. Neft va gaz O’zbekiston milliy xolding kompaniyasi 2012 18. Salomov Z. Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va uskunalari. Toshkent^ Aloqachi 2010 19. Касатки А. Г. Основные процессы и аппараты химической технологии-Москва: химия техника 2001г. Foydalanilgan internet saytlar I. Www.fnpz.uz II. Www.ziyonet.uz Download 48.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling