Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги фарғона политехника институти


Download 48.57 Kb.
bet1/5
Sana28.07.2020
Hajmi48.57 Kb.
#124973
  1   2   3   4   5
Bog'liq
52-16 KT gruh Ro'ziyev Shavkatjon




ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ

ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

ФАРҒОНА ПОЛИТЕХНИКА ИНСТИТУТИ
КИМЁ-ТЕХНОЛОГИЯ

факультети
КИМЁ ТЕХНОЛОГИЯ

кафедраси
Ноорганик моддалар кимёвий технологияси

фанидан

Курс иши

<< Unumdorligi 24503 kg/soat bo'lgan ABT-3 uskunasida kerosin

Ishlab chiqarish sexini moddiy va issiqlik hisoblarini bajaring.

Asosiy qurilma bug'latish kollonasi. >>

Бажарди: ___________ Ro'ziyev. Sh

(имзо) (Ф.И.Ш)

Раҳбар: ___________ Anorov. R

(имзо) (Ф.И.Ш)

Тақризчи: ____________ __________

(имзо) (Ф.И.Ш)

Комиссия аъзолари: _____________ ___________

(имзо) (Ф.И.Ш)

_____________ ____________

(имзо) (Ф.И.Ш)

ФАРҒОНА 2020й

МУНДАРИЖА бет
1. Kirish…………………………………………………………………………….......................3
2.Xom ashyo mahsulotlarining tavsifi. ………………………………………….....5
3.Tayyor mahsulot tavsifi………………………………………………………..............7
4.Jarayonning fizik – kimyoviy asoslari………………………......................9
5.Texnologik sxema bayoni...............................................................11
6.Texnologik xisob
6.1.Moddiy va issiqlik hisobi…………………………………………………............13
7.Asosiy jihoz bayoni………………………….......……………………………............21
8.Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish…….......……………………..22
9.Mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish……………………………..…24
8. Xulosa. ……………………………………………………………………….....................27
9. Adabiyotlar. …………………………………………………………………..................28

Kirish
Har bir davlat o’zining rivojlanish yo’lidan borar ekan bu yo’lda o’zining resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga harakat qiladi. Har bir davlatning rivojlanishi uchun uning ishlab chiqarish va qayta ishlash salohiyatiga bog’liq deb o’ylayman.

Bu borada O’zbekiston Respublikasi ham o’zining yo’nalishiga ega davlat hisoblanadi. Har bir ishlab chiqarish rivojlanar ekan uning oldida quyidagi masalalarni hal qilish orqali rivojlanishga erishadi. Bular sifatli arzon energiya sarfi kam texnika va texnologiya va o’z navbatida raqobatbardosh maxsulot ishlab chiqarish masalasidir. Mamlakatimizda kimyo sanoatini rivojlantirishga, soha korxonalari ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish va energiya tejaydigan, ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etish, eksportga mo'ljallangan, import o'rnini bosadigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Yuqorida aytib o’tilgan masalar tasdiqi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin egallaydi. Ushbu soha nafaqat energiya ishlab chiqaradi, balki koʻplab tarmoqlar uchun zarur boʻlgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi.

Shuningdek muxtaram Prezidentim Shavkat Mirziyoev 21 fevral kuni neft-gaz va kimyo sanoatida olib borilayotgan islohotlar natijadorligini tahlil qilish, ushbu tarmoqlarni tizimli rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika sohalarini uyg‘un rivojlantirish va energiya manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu iqtisodiyot tarmoqlari va aholining energiya resurslariga ortib borayotgan ehtiyojini qondirishda muhim omil bo‘lmoqda. (1)

Farg’ona shahridagi zavod 1959-yilda ishga tushirilgan.Zavod yoqilg’i –moy yo’nalishida ishlaydi.Yengil fraksiyalar ajratib olingandan so’ng, og’ir qoldiq mazut bug'latish sharoitida ishlaydigan qurilmalarda har xil fraksiyalarga ajratiladi. Har qaysi fraksiya aloxida – aloxida tozalanib, ulardan turli moylar olinadi.Hozirgi kunda zavvodda 30 dan ortiq texnologik qurilmalar ishlab turibdi. Zavodda ilk bor yiliga 600 ming tonna neftni haydaydigan AVT-3 qurilmasi ishga tushirilgan, AVT-3 qurilmalari foydalanishga topshirildi. 1965-1968 yillarda yiliga 300 va 600 ming tonna benzinni reforming etuvchi qurilmalar ishga tushirildi.Zavodda Markaziy Osiyoda yagona moy ishlab chiqaruvchi blok qurilgan. Yiliga 500 tonna tirli xildagi moylar, zarur moy mahsulotlari bilan to’la ta’minlanadi.

Bug'latish sharoitida ishlaydigan kolonnadan olinadigan moy fraksiyalarini har qaysisini alohida–alohida qayta ishlanadi.Birinchi navbatda ularni tarkibidagi aromatic uglevodlardan va smolasimon birikmalar ajratib olinadi. Keyin yuqori molekulali qattiq parafinlar ajratib olinadi.

Kerosin (ing . kerosene, yun. keros -mum) — uglevodorodlar aralashmasi (S9—S16)dan iborat suyuqlik. Tarkibida 23—60% toʻyingan alifatik, 24—58% naften, 6—15% aromatik va 1% gacha toʻyingan uglevodorodlar bor. Qaynash temperaturasi 200—300°, zichligi 790—846 kg/m3. Neftni qayta ishlash yoʻli bilan olinadi. Kerosin ilgari faqat yoritkich lampalariga yonilgʻi sifatida ishlatilgan. Shuning uchun uni qadimda fotogen (yunon tilida "yoruglik, bunyod etuvchi" degan maʼnoni anglatadi) deb yuritilgan. Keyinchalik u motor yogi sifatida dastlab tranzitorlar uchun, soʻngra reaktiv uchuvchi qurilmalar uchun keng qoʻllanila boshlandi. (2)



2. Xom-ashyo mahsulotlarining tavsifi.
Neft o’ta muhim yonilg’i-energiya manbai bo’lib, benzin, kerosin yonilg’isi, mazut, moylash materiallari va bitumlarni olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi. neft konlari yer bag’rining turli chuqurliklarida, ayrim jinslar orasidagi bo’shliqlarni to’ldirgan holda bo’ladi.

Neft Qora yoki qoʻngʻir, baʼzan och malla rangli boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi 750–970 kg/m³. Zichligi 20° da 850 kg/m³ dan past boʻlgan Neftlar yengil,851 –885 kg/m³ — oʻrtacha ogʻirlikdagi va 885 kg/m³ dan yuqorilari ogʻir Neft hisoblanadi. Qaynash temperaturasi 28° dan yuqori. Qotish temperaturasi —60°dan —26° gacha, 50° dagi qovushoqligi 1,2—55 mm2/s, solishtirma issiqlik sigʻimi 1,7—2,1 kJ/(kg .K), yonish issikligi 43,7—46,2 MJ/kg ga teng . Chaqnash harorati 35— 120°. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, lekin suv bilan turgʻun emulsiya hosil qiladi.

Neft – yoqilg’i, mоylаr vа bоshqа mаhsulоtlаr оlishni yagоnа mаnbаidir. . Neft tаrkibidа uglerоd – 83 – 87%, vоdоrоd – 11 – 15%ni tаshkil etаdi. Qo’shimchа birikmаlаrdа kislоrоd, аzоt vа оltingugurt bo’lishi mumkin. Neft хоm аshyosi vа dаstlаbki hаydаshdа pаrаfin, nаften vа аrоmаtik uglevоdоrоdlаr yoki ulаrning аrаlаshmаsi uchrаydi. Neft er qоbig’ini 500 – 5000 m chuqurligidа jоylаshgаn bo’lib, аsоsiy qismi 800 – 2500 m.dаn nаsоslаr yordаmidа qаzib оlinаdi.

Neftni  qayta  ishlashning  fizikaviy  va  kimyoviy  usullari  mavjud.  Suyuq yonilg’ining  asosiy  qismi  neftni  to’g’ridan-togri  haydash, ya’ni  fizikaviy  usul asosida  yoki  termik  qayta  ishlash, ya’ni  kimyoviy  usul  asosida  olinadi. Neftni to’g’ridan–to’g’ri  haydash. To’g’ridan–to’g’ri  haydashda  odatda, quyidagi distilyatorlar  olinadi: avtomobil, aviatsiya  benzinlari  va  turli  eritivchilar olishda  ishlatiladigan benzin  distilyatorlari, reaktiv yonilg’I, kerasin olinadi. (3)

1958-yil 26-iyunda birinchi qurilma ELOU foydalanishga topshirildi.

1959-yil boshlarida atmosfera vakuum neftni haydash qurilmasi AVT-1ishga tushurildi.

Keyinchalik neftni qayta ishlashni chuqurlashtirish va neft mahsulotlarini tozalash, qolaversa yordamchi komponentlarni ishlab chiqarish uchun zavodda turli yillarda quydagi qurilmalar foydalanishga topshirilgan:

Birlamchi neftni qayta ishlash va gazokondensat qurilmalari

ELOU-AVT-1, ELOU-AVT-2, ELOU-AVT-3, ELOU-AVT-4, AT-5 1959-yildan 1994-yilgacha.Birlamchi haydash qurilmasida suv va tuzlardan tozalanadi,

AVT-3 qurimalarida atmosfera bosimi va vakuumda haydalib neftdan tiniq

fraksiyalar benzin, kerosin, dizel yoqilg’ilari hamda mazutdan moy

olinadi.

AVT-3 qurilmalaridan olingan benzin fraksiyalarining sifati yani

oktan soni past bo’ladi.Shuning uchun benzin fraksiyalari katalizator

ishtirokida qayta ishlanadi. .

Neftni birlamchi haydash natijasida olinadigan mahsulotlar.

1. Uglevodorod gazlari asosan gazlardan iborat. Bu fraksiyalar ma’lum tozalashdan o’tib ajratiladi. Va maishiy maqsadda ishlatiladi.

2. Benzin fraksiyalari . Atmosfera kolonasida 80°-180° C oralig’da bu fraksiyalari katalitik reforming qurilmasi uchun hom ashyo hisoblanadi.

3. Dizel yoqilg’isi 180°-350° C oralig’ida haydaladi. Ilgari bu fraksiyalarini atmosfera gazoyl deb ataladi. Dizel yoqilg’isi yoqilg’isi katalizator ishtirokida S tutgan birikmalarda tozalanadi va iste’molchilarga yuboriladi.

4. Kerosin fraksiya 120°-315° C oralig’da haydaladi. Havo

reaktiv divigatel hamda og’ir yuk tashuvchi transportlarda

yoqilg’i sifatida ishlatiladi. Bu fraksiyalar ishqorlanib ma’lum

miqdorda tozalanib ite’molchilarga yuboriladi.

5. Mazut. Uning ma’lum qismi pechlarga yoqilg’i sifatida asosiy

qismi esa vakuum kolonnasiga asosiy hom ashyo sifatida ishlatidi. [l]

3. Tayyor maxsulot tavsifi

Neft organik birikmalarning murakkab aralashmasi bo’lib, uning tarkibida 100 dan ortiq turli tuzilishli uglevodorodlar va ko’p atomli geterosiklik birikmalar uchraydi. Bunday aralshmalarni ya’ni texnik va sanoat maqsadlarida ishlatiluvchi, neftdan olinuvchi xom-ashyolarni individual holdagi moddalarga ajratish talab qilinmaydi.

Xususan "Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi" da ishlab chiqarilayotgan benzin markalari quyidagicha: avtomobillar uchun AI-80, AI-91, AI-92, aviatsiya uchun B-92 yana, tog'ridan tog'ri haydash yo'li bilan olingan ekstraksiya benzini xam ishlab chiqariladi.

Kerosin - yengil fraktsiyalar tarkibiga kiruvchi bu uchuvchan suyuqlik taxminan 180 - 300ºC oralig’ida neftning tarkibidan ajrala boshlaydi. Uning markalari: Texnik kerosin-neftni distilyatordan tog'ridan tog'ri haydash yo'li bilan olinadi. Ishlab chiqarish va texnik maqsadlar uchun ishlatiladi. Yoritish kerosini-neftni tog'ridan tog'ri haydash yo'li bilan olinadi. Maishiy isitish va yoritish uskunalarida ishlatiladi(kerosin chiroq, kerosinka).

"Nefras" (C4-130/210) neftli erituvchi - Birlamchi neftni qayta ishlash qurilmalarida rektifikatsiya jarayonida olinadi. Lak-bo'yoq olifqaynatish va boshqa sanoat sohalarida ishlatiladi.

Mazut neft yoqilg'isi - neftni qayta ishlash chiqindilaridan tayyorlanadi. Transport, statsionar qozonxona va texnologik qurilmalarda yoqilg'i sifatida ishlatiladi. Tarkibiga ko'ra ikki xil marka mazut ishlab chiqiladi: marka 40, marka 100.

Maishiy isitkich vositasi - Kommunal - maishiy ehtiyojlari va boshqa qishloq xojalik extiyojlarni hamda aholi ta'minoti uchun.

Qozonxona yoqilg'isi - Qishloq xojaligida kommunal - maishiy extiyojlarda va o'rta quvvatli issiqlik generatorlarni yoqish uchun ishlatiladi.

ТДБ-Л dizel yoqilg'isi - Tez yurar dizel va gazoturbinali dvigatellar, suv transport texnikasida yoqilg'i sifatida ishlatiladi. Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan olinadi.

TDB-U dizel yoqilg'isi - Tez yurar dizel va gazotrubinali dvigatellar, suv va transport texnikasida yoqilg'i sifatida ishlatiladi.

Moylar

Universal motor moyi, M-8DM universal motor moyi, M-10DM universal motor moyi, M-14DM universal motor moyi, MG-8A gidravlika moyi, Avtotraktor dizellar uchun M-10V2 mator moyi, M-14B2(SAE 40 CB) dizel motor moyi, M14Г2к( SAE 40 CC) dizel mator moyi, Ferganol M-63/14 mator moyi,



Ferganol SAE-140 GL-2 transmissiya moyi, Oltingugurt neftlaridan prokat stanlar uchun ПС-28 moyi, TP-22C trubina moyi, TP-30 trubina moyi, Ferganol I-8A, I-12A, I-20A, I-30A, I-40A, I-50A industrial moylari, Selektiv tozalangan tranformator moyi, KP-8C kompressor moyi, (MG-22B) AU urchuk moyi.

Dizel  dvigatelida  yonilg’ining  qovushqoqligi  katta  ahamiyatga  ega. Uning kamayishi  ham,  oshishi  ham  dvigatelning  yomon  ishlashiga  olib keladi.Qovushqoqlik – tashqi  kuch  ta’sirida  suyuqlik  zarralari  harakatlanganda bir–biriga  ko’rsatadigan  qatshilikdir. Dizel  yonilg’isining  qovushqoqligini belgilovchi  ko’rsatkich  kinematik  qovushqoqlik  deyiladi.

Dizel  yonilg’ilarining  turlari  va  ishlatilishi. Tezyurar  dizel  dvigatellari uchun  yonilg’ilar  “305–82 Dizel  yonilg’ilari. Texnik  shartlar” nomli  standart asosida  ishlab  chiqariladi. Avtomobillarda  ish sharoitiga  ko’ra  uch  turdagi dizel yonilg’ilaridan:  L (yozgi), Z (qishki) va А (arktik) ishlab  chiqaradi. Dizel yonilg’isining  barcha  komponentlari  yuqori turg’unlikka  ega  bo’lganligi  tufayli ularni  uzoq   muddat (5 yil  va  undan  ortiq )  saqlash  mumkin.  L  markali yonilg’i  tashqi  muhit  harorati 50 Cº  va  undan yuqori  bo’lganda  ishlatish uchun mo’ljallangan,  Z  markali  yonilg’i  minus  20 Cº va  undan  past  haroratli mintaqalar   (sovuq  tabiiy  iqlim  mintaqalari)  uchun, A  markali  yonilg’i  esa minus 50 Cº  va  undan  past  haroratli  mintaqalarda ishlatishga  mo’ljallangan. [l]

4. Jarayonning fizik-kimyoviy asoslari.
Kerosin so’zi grekcha “keros”-mum so’zidan olingan bo’lib, qadimgi

sotuvdagi nomi “fotogen” bo’lgan. Kerosin da qaynovchi, tarkibida oltingugurtli, azotli va kislorodli qo’shimchalar tutgan uglevodorodlar

aralashmasidan iborat, neftni fraksiyalash davrida ajralib chiquvchi kimyoviy

aralashma bo’lib, rangi rangsizdan och jigarrang tusli havorang shulalanuvchi

suyuqlik. Neftning kimyoviy tarkibi va qayta ishlash usuliga ko’ra kerosin

tarkibiga quydagilar kiradi;

a) to’yingan alifatik uglevodorodlar 20-60 %;

b) naftenli uglevodorodlar 5-25 %;

v) to’yinmagan uglevodorodlar 2 % gacha.

Aralashmaning qaynash sharoiti yakunidagi harorat qancha yuqori bo’lsa

shuncha bisiklik uglevodorodlar miqdori ko’p bo’ladi. [4]

Kerosin fizik ko'rsatkichlari




Qovushqoqligi

1,2-4,5 mm2/s (20° da)

Zichligi

P=78-0.85 g/sm3 (20° da)

O't olish temperaturasi

28-72° C

Yonish issiqlik effekti

42.9-43.1 mDj/kg

Hajm bo'yicha

1.2-8%

Download 48.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling