namuna uchun olingan so’rim miqdori * tuproq massasi
x – NO3 miqdori, mg/kg tuproqda;
a – NO3 miqdori, egri chiziqdagi ko’rsatkich; mg/100 ml da.
1 gektar yerdagi nitrat miqdorini hisoblash uchun tahlildan chiqqan sonni 4000000 ga ko’paytirib (1 ga yerning haydov qatlami tuproqning massasi) so’ngra 1000000 ga bo’linadi (mg ni kg aylantirish uchun)
Ma’lumki, 1 ga yerning sathi S=10000 m2, o’rtacha haydov qatlami 0-30 sm olinadi, 1 m3 tuproqning solishtirma massasi 1,200 kg ga teng, bularning hammasini bir-biriga ko’paytirib chiqqan 3600 tonna yoki 3600000 kg ni yaxlitlab, 4000000 kg hosil qilinadi.
Nazorat uchun savollar
Tuproq tarkibidagi nitrat azoti haqida tushuncha.
Nitrat azotini aniqlash uslubi nimaga asoslangan
Nitratlarning tuproqdagi tarqalish gradasiyasi (kam, o’rtacha, yuqori)
Tuproq tarkibida 22 mg/kg nitrat bo’lsa 1 ga maydondagi miqdori
MAVZU-5 TUPROQ TARKIBIDAGI AMMIAKLI AZOT MIQDORINI NESSLER REAKTIVI YORDAMIDA ANIQLASH. (6-SOAT)
Mashg’ulotning maqsadi: Nessler reaktivi yordamida singdirilgan ammoniy shaklidagi azotni aniqlashdan iborat.
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: Tuproq namunalari, chinni piyola, tarozi, ulchov kolbalari, distrlangan suv KCl ning 1% li eritmasi, Segnet tuzining 50% li eritmasi, Nessler reaktivi
Mashg’ulotning maqsadi: Nessler reaktivi yordamida singdirilgan ammoniy shaklidagi azotni aniqlashdan iborat.
Tuproq tarkibidagi ammiak organik moddalarning chirishi natijasida hosil bo’ladi va u tuproqqa singib boradi. Bu singdirilgan ammiak kaliy xlorid tuzi bilan ajratiladi. Ajratilgan ekstraktdagi ammiak kolorimetr usulida Nessler reaktivi bilan aniklanadi:
2HgK2I4+3KOH+NH3NH2IHg2O+7KI+2H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |